Bolalar nutqini baholash – o‘rgatuvchi usul bo‘lib, unda bolaning javobi yoki hikoyasi haqida asoslangan mulohaza bildiriladi. Ko‘pincha baholar nutqning ijobiy tomoniga taalluqli bo‘ladi.
Gap - ob’ektiv borliqni kishining unga munosabati orqali ifodalaydigan leksik-grammatik va ohang butunligidan iborat nutq shaklidir.
Ifodali o`qish intonastiya – ohang yordamida asarning g`oyasi va jozibasini to`g`ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir
Ko‘rgazmali usullar – kuzatish, uning turlari: binoni ko‘zdan kechirish, ekskursiya, tabiiy buyumlarni ko‘rib chiqish.
Metonimiya - (gr.-"o‘zgacha nomlash", "boshqa narsa orqali atash") usulida ma’no ko‘chganida narsa-hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik asos qilib olinadi.
Namunali nutqqa ega bo‘lish – bu tarbiyachining kasbiy tayyorgarligi darajasidir.
Nutqiy namuna – bu tarbiyachining to‘g‘ri, ilgaridan mashq qilingan nutqiy faoliyatidir.
Nutqni rivojlantirish - dasturi ilmiy asoslarga qurilgan bo‘lib, u butun mazmuni bilan bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
O‘qitish usuli – bu metodning bir elementidir. Usullarni ko‘rgazmaviyligi va emotsionalligiga qarab so‘zli, ko‘rgazmali, o‘yinli usullarga ajratish mumkin.
Ona tilini o‘qitish – bolalarning bilish qobiliyatini rejali, aniq maqsadni ko‘zlagan holda rivojlantirish, ularning atrof-olam haqidagi eng oddiy bilimlarni va tegishli lug‘atni o‘zlashtirish, nutqiy mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonidir.
Ongli o`qish - Ongli o`qish yaxshi o`qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o`qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g`oyaviy yo`nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o`qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqeahodisalarga o`zmunosabatini ifodalay olishdir.
Qayta xotirlash faoliyati — o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan yoki darsliqsa berilgan namunaga qarab mashq bajarish faoliyatidir Bu esa o‘rganuvchining faollik darajasini chegaralaydi. U izlanishga, kashf qilishga ehtiyoj sezmaydi.
So‘zli mashqlar – nutqiy mahorat va ko‘nikmalarga ega bo‘lish hamda ularni takomillashtirish uchun bolalarning muayyan nutqiy harakatlarni ko‘p marta bajarishlaridir.
So‘zli usullar – kattalar va bolalarning so‘zlari har qanday ko‘rgazmali va amaliy metod tarkibiga kiradi.
Takrorlash – esda saqlab qolish maqsadida aynan bitta nutqiy elementdan (tovush, so‘z, ibora) bir necha marta foydalanish.
Tushuntirish – tarbiyachi tomonidan narsa yoki hodisa mohiyati ochib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |