"Feniks" jamoasi savollar paketi


Download 415.18 Kb.
bet1/3
Sana13.05.2023
Hajmi415.18 Kb.
#1457560
  1   2   3
Bog'liq
Feniks Q

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol

"Feniks" jamoasi savollar paketi.
mad_max93August 16, 2022
1. Braziliyada futbol o‘yinlarining televizion translyatsiyalari vaqtida reklama yoki o‘yinni bo‘luvchi boshqa narsalar qo‘yilmaydi. Lekin 2006-yilda Braziliyadagi mamlakat kubogi final o‘yini paytida ekranning yarmida futbol o‘yini bilan birga ekranning qolgan yarmida Qozog‘istonda yuz berayotgan voqealar translyatsiya qilingan.
Savol: Bu paytda Qozog‘iston translyatsiya qilingan ekranda aniq nima yuz berayotgan edi?
Javob: 1-braziliyalik astronavt kosmosga parvoz qilayotgan edi.
Izoh: Kosmosga odatda Qozog‘istonning Baykonur shahridagi kosmodrom orqali uchishadi. Bu hodisa braziliyaliklar uchun juda muhim voqea bo‘lgani uchun futbol bilan teng ravishda jonli efirda ko‘rsatishgan. (2006-yil 30-mart)
2. 1956 yilda Taqiyatoshdagi katta proekt qurilishi yakunlangandan keyin Qoraqalpog‘istonda bu qurilish materialiga talab keskin ortib ketdi.
Savol: Siz menga ushbu qurilish materialini yozib bering.
Javob: Ohak.
Izoh: 1956-yilda Taxiatosh IES (issiqlik elektr stansiyasi) qurilishi yakunlanadi. Buning natijasida odamlar uyiga elektr toki tortildi. Oxak esa oq rangda bo‘lib, devorlardagi oq rang nurni yaxshi qaytaradi.
3. Tarqatma material.

Savol: Siz menga bu insonning kasbini yozib bering.
Javob: Haydovchi.
Izoh: Bu inson 28 yil davomida yuk mashina haydagan va quyosh nuri yuzining chap tarafiga tushishi natijasida tezroq qarigan.
4. Natalya Batrakova romani qahramoni o‘zining 4 yoshli qizi bilan bir muassasaga tashrif buyuradi. U yerda televizorning shiftga osib qo‘yilgani onani hayron qoldiradi.
Savol: Ular qanday muassasaga tashrif buyurishgan edi?
Javob: Stomatologiya.
Izoh: Kichkina bolalarning tishini olish paytida ularni chalg‘itish uchun shiftdagi televizor orqali ularga multfilm qo‘yib berilgan.
5. U dastlab paydo bo‘lgan davlarida tabiiy materialdan tayyorlangan, shuning uchun ham qo‘ng‘ir rangda bo‘lgan. Keyin uni sintetik materialdan tayyorlashga o‘tilgach oq rangda tayyorlana boshlangan. Keyinchalik Uni ishlab chiqaruvchilar yana bitta rang qo‘shilsa yanada yaxshiroq ko‘zga tashlanishini bilishgan va hanuzgacha shunday tayyorlanib kelinmoqda.

Download 415.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling