Fiyalka (violet) guli parvarishini bilsangiz yil 12 oy gullaydi. Buning uchun faqatgina yorug'lik, yumshoq tuproq va to'g'ri suvlasangiz kifoya. Fiyalka yetishtirish uchun mahsus tuproq


Download 259.16 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi259.16 Kb.
#1705701
Bog'liq
Fiyalka


Fiyalka (violet) guli parvarishini bilsangiz yil 12 oy gullaydi. Buning uchun faqatgina yorug'lik, yumshoq tuproq va to'g'ri suvlasangiz kifoya.
- Fiyalka yetishtirish uchun mahsus tuproq sotiladi huddi o’sha tuproqdan foydalanilgan maqul. Qattiq tuproqda fiyalka nobud bo'ladi. Tuproq nam o'tkazuvchi, yumshoq va torfilga boy bo'lishi kerak
- Fiyalka guli quyosh nurini to'g'ridan-to'g'ri sevmaydi. Oftobda qolib ketsa juda tez nobud bo'ladi. Fiyalka yop-yorug' lekin oftobsiz joyda yaxshi rivojlanadi
- Ushbu gul doimiy namlikni xush ko’radi, quruqlikni sevmaydi. 2-3 kun oraliqda suvlash kerak. Suvlashdan avval barmoq bilan tuproqni tekshiring. Agar 1 sm chuqurlikda nam bo'lmasa suvlang.

Geranning 100 dan ortiq turlari bor.
Geran barglarida salomatlik uchun foydali bo’lgan efir moyi mavjud. Bargni ezganda uning o’ziga xos hidi taraladi. Gulni o’rtacha tuvaklarda o’stirgan maqul. Tepa shoxlari kesib turilsa shoxlab o’sadi va ko’p gullaydi.
- Gullash davrida tez-tez sug'orib turish kerak. Lekin tagi o’ta nam bo’lib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Qishda tuprog' yengil nam bo’lishi yetarli. O’simlik kasallanmasligi uchun barglariga suv purkash mumkin emas;
- Ko’paytirish uchun shoxchasi va urug'idan foydalaniladi. Qalamchalarini kuzda tayyorlab qo’yish mumkin bahorda ekiladi. Urug'ini bahorda ekkan maqul. Agar sovuq tushishidan oldin ekilsa keyin bahorda kerakli vaqtda o’zi unib chiqadi.
- Geran asosan noto’g'ri parvarishlash-namlik ko’payib ketishi, yorug'lik yetishmasligi va shabada joyda turib qolish tufayli kasallanadi.
Yaxshi parvarish qilinsa geran 15-30 yil yashaydi.
- Geranni yotoqxona, bolalar xonasi, dam olish xonasiga qo’yilsa uyquni yaxshilaydi, psihologiyani yaxshilashda yordam beradi.
Xitoy gibiskus yoki xitoy atirgul (lat. Hibiscus rosa-sinensis) - Hibiskus jinsining turlaridan biri.
O'simlik balandligi 3 m gacha bo'lgan doimiy yashil buta bo'lib, yaltiroq silliq to'q yashil barglari (ko'pincha palma bo'laklari) va diametri 16 sm gacha bo'lgan gul.
Xitoy gibiskusining tug'ilgan joyi - janubiy Xitoy ammo u tropik va subtropik iqlimi bo'lgan boshqa hududlarga muvaffaqiyatli kiritilgan. Bundan tashqari, xitoy atirgullari bog'dorchilikda manzarali o'simlik sifatida keng qo'llaniladi. Tabiiy sharoitda u martdan oktyabrgacha gullaydi. Xitoy atirgullari haroratni talab qiladi (qishda + 12 ° C dan past bo'lmagan, yozda + 25 ° C dan yuqori), shuning uchun shimoliy hududlarda, shu jumladan Rossiyada yopiq issiqxonada o'stiriladi.
Malayziyadagi Hibiskus xitoylari Bungaraya deb ataladi va tangalarda tasvirlangan milliy gul, mamlakat ramzlaridan biri hisoblanadi.
Kaktuslar - koʻp yillik semiz poyali oʻsimliklar, manzarali va uy oʻsimligi. Kaktuslar orasida daraxtsimon va butasimon shakllari bor. 2000 dan ortiq turni oʻz ichiga oladi. Ularning deyarli hammasi Amerika (yarmi Meksika)da tarqalgan. Yovvoyi holda tropik va subtropik choʻllarda, dengiz boʻylari, savannalarda oʻsadi. Kaktuslar bir necha guruhlarga boʻlinadi: opunsiyalar — dumaloq yoki ovalsimon yassi, bir-biriga birikib oʻsgan tanadan iborat; mamillyariyalar — soʻrgʻichsimon, chiroyli gullaydi; epifillyumlar — poyasi tasmasimon yassi.
Koʻpgina turlari chiroyli gullaydi, jan. mintaqalarda ochiq joylarda manzarali oʻsimlik, shim. mintaqalarda uylarda oʻstiriladi. Kaktuslarning mevasi va poyasi eti ovqatga ishlatiladi, chorva mollariga ozuqa; oʻtin va yengil qurilish materiali (ayrim turlarining yogʻochlangan poyalari); buta (devor) tarzida foydalaniladi.


Qirqboʻgʻim - qirqboʻgʻimdoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda dala qirqboʻgʻimi va tarnovchoʻp qirqboʻgʻim turlari uchraydi. Poyasi qattiq, tik, boʻgʻimli, qobirgʻali, sershox.
Boʻyi 40-60 sm. Boʻgʻimlaridan gʻuj shoxchalar chiqadi. Qizgʻish-koʻngʻir novdalari uchida sporali boshoq hosil boʻladi. Ildizpoyalari va sporalari koʻpayadi.
Qirqboʻgʻim bedazor, paxta maydonlari, sholipoyalarda, shuningdek, sugʻorish shoxobchalari boʻylari, zax va botqoq yerlarda oʻsadi.
Download 259.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling