Fizika fanidan mavzular bo’yicha tuzilgan
Download 1 Mb.
|
Fizika fanidan testlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish. Fizika va texnika. Kinematikaning vazifalari. Ilgarilanma harakat. Sanoq sistemalari.
FIZIKA FANIDAN mavzular bo’yicha tuzilgan TESTLAR TO’PLAMI Ushbu testlar to’plami “Fizika” fani bo’yicha o’quv dasturida ko’rsatilgan mavzular tuzilgan bo’lib, dasturdagi har bir nazariy mavzu bo’yicha mustaqil ishlashi uchun testlar berilgan. Ushbu testlar to’plami fizika fanini mustaqil o’rganuvchilar va kasb- hunar kollejlari talabalari uchun mo’ljallangan. Тuzuvchi: Mavlonova Yulduz. Xusanova O’g’iloy. Taqrizchi: Fizika-astranomiya fani o’qituvchisi Sagdullayev Sh. Kirish. Fizika va texnika. Kinematikaning vazifalari. Ilgarilanma harakat. Sanoq sistemalari. 1. Fizika so’zi… “fyuzis” so’zdan olingan bo’lib … degan ma’noni bildiradi. A) grekcha, kuch B)yunoncha, harakat C) grekcha, harakat D)yunoncha, tabiat 2. Jismning fazodagi vaziyati nechta koordinata bilan aniqlanadi? A)1 B)2 C)3 D)4 3. Jismning harakati davomida qoldirgan iziga… deyiladi. A)yo’l B)ko’chish C)trayektoriya D)moddiy nuqta 4. Quyidagi qaysi qatorda faqat vektor kattaliklar beriladi? A)vaqt, massa, kuch B)tezlik, tezlanish, kuch C)energiya, harorat,kuch D)ko’chish, tok kuchi, impuls 5.Koptok 3m balandlikdan polga tushdi va 1m balandlikka ko’tarilganda tutib olindai. Koptok qancha masofaga ko’chgan? A)3m B)4m C)2m D)5m 6. Jismning vaqt o’tishi bilan boshqa jismlarga nisbatan fazodagi vaziyatini o’zgarishiga … deyiladi. A)ilgarilanma harakat B)mexanik harakat C)trayektoriya D)sanoq jism 7.Jismning harakatini uni vujudga keltiruvchi sabablarsiz o’rganadigan mexanikaning bo’limiga … deyiladi. A) kinematika B) dinamika C) statika D)optika 8. Quyidagi qaysi qatorda faqat skalyar kattaliklar beriladi? A)vaqt, massa, energiya B)tezlik, tezlanish, kuch C)energiya, harorat,kuch D)ko’chish, tok kuchi, impuls 9. Jismning boshlang’ich va oxirgi vaziyatlarini tutashtiruvchi kesmaga … deyiladi. A)yo’l B)ko’chish C)trayektoriya D)moddiy nuqta 10. Jismning harakatini uni vujudga keltiruvchi sabablari bilan o’rganadigan mexanikaning bo’limiga … deyiladi. A)kinematika B) dinamika C) statika D)optika 11. Quyidagi qaysi qatorda faqat asosiy kattaliklar beriladi? A) metr, Nyuton,kg B)metr, sekund, kg C)Jaul, Amper, mol D)Amper,Volt, sekund 12. Jismning hamma nuqtalari bir xil harakat qiladigan holdagi harakatga …deyiladi. A) ilgarilanma harakat B) aylana bo’ylab harakat C) tebranma harakat D)mexanik harakat 13. Sanoq sistemasini nimalar tashkil qiladi? A)sanoq jismi, koordinatalar sistemasi, soat B)kooordinatalar sistemasi, maddiy nuqta, sanoq jismi C)materiya, soat, sanoq jismi D)sanoq jismi, koordinatalar sistemasi 14.Jismlar sistemasining muvozanat shartlarini o’rganadigan mexanikaning bo’limiga … deyiladi. A)kinematika B) dinamika C) statika D)optika 15. Muayyan sharoitda o’lchamlarini e’tiborga olmasa ham bo’ladigan jismga … deyiladi. A)moddiy nuqta B) materiya C)sanoq jism D)ko’chish 16. Fizika atamasi ilk bor qaysi olim asarlarida uchragan? A) Lomonosov B)Aristotel C)N’yuton D)Arximed 17. Tabiatda real mavjud bo’lgan narsalar fanda … deyiladi. A)moddiy nuqta B) materiya C)sanoq jismi D)ko’chish 18. O’rganilayotgan jismning vaziyati qaysi jismga nisbatan o’zgarsa o’sha jismga … deyiladi. A)moddiy nuqta B) materiya C)sanoq jismi D)yo’l 19. Fanga qaysi olim fizika nomini bergan? A) Lomonosov B)Aristotel C)N’yuton D)Arximed 20. Mexanika so’zi grekcha “ michanike” so’zidan olingan bo’lib … degan ma’noni anglatadi. A) tabiat B) harakat C) mashinalar qurish haqidagi ta’limot D)ta’sir Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling