Fonetik hodisalar


Download 115.43 Kb.
bet1/4
Sana05.04.2023
Hajmi115.43 Kb.
#1273547
  1   2   3   4
Bog'liq
Fonetik hodisalar


Fonetik hodisalar
Режа:
I. Kombinator omillar.
2. Pozitsion omillar.
3. Turkiy so‘zlarning an`anaviy fonetik tarkibiga moslashish
Tayanch tushunchalar:
Assimilyatsiya- bir xil kategoriyadagi tovushlarning so‘z tarkibida o‘zaro moslashuvi. Akkomodatsiya- turli kategoriyadagi tovushlarning so‘z tarkibida o‘zaro moslashuvi. Nazalizatsiya- unli tovushlarning so‘z tarkibidagi burun sonantlari ta`sirida rezonator ton bilan aytilishi. Reduksiya- urg‘usiz bo‘g‘indagi unlining kuchsizlanishi. Spirantizatsiya- portlovchi undoshning intervokal holatda sirg‘aluvchi undoshga o‘tishi. Proteza- so‘z boshida tovush orttirilishi. Epenteza- so‘z o‘rtasida tovush orttirilishi. Epiteza- so‘z oxirida tovush orttirilishi. Prokopa – so‘z boshidagi tovushning tushib qolishi. Sinkopa - so‘z o‘rtasidagi tovushlardan birining tushib qolishi. Apokopa- so‘z oxirida tovush tushish hodisa. Sandxi- so‘zning analitik shakllarida birinchi so‘z oxiridagi tovush bilan ikkinchi so‘z boshidagi tovush o‘rtasidagi singishuv natijasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar. Aferezis- sandxining bir ko‘rinishi. Metateza-so‘z tarkibidagi ayrim tovushlarning o‘rin almashinuvi. Dissimilyatsiya- so‘z tarkibidagi ikkita bir xil (yoki o‘xshash) tovushlardan birining noo‘xshash tovushga ko‘chishi. Geminatsiya- so‘z tarkibida bir xil undoshlarning qavatlanishi. Degeminatsiya- so‘z tarkibidagi geminatsiyaning yo‘qolishi. Sinerezis- so‘z tarkibidagi ikki unlining diftonglashuvi
Fonemaning nutq oqimida turli ottenkalarda namoyon bo‘lishi, bunday ottenkalarning yuzaga kelishida kombinator, pozitsion yoki aralash (kombinator- pozitsion) va b. omillarning ishtiroki borligi yuqorida aytib o‘tilgan edi. Fonetik hodisalar ham aslida ana shu omillar mahsuli sifatida sodir bo‘ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
I.Kombinator omillar ta`sirida sodir bo‘ladigan hodisalar ( qo‘shni tovushlar tasirida miqdor va sifat belgilarining o‘zgarishi):
1.Assimilyatsiya bir xil kategoriyadagi tovushlarning (mas, undosh bilan undoshning) o‘zaro moslashuvidir. Bunday moslashuvning quyidagi turlari bor, a) progressiv assimilyatsiya- oldingi tovushning keyingi tovushni o‘ziga moslashtirishi. ketdi>ketti (td>tt), ekgan>ekkan (kg>kk), qishloqga>qishloqqa (qg>qq) kabi. b) regressiv assimilyatsiya. Keyingi tovushning oldingi tovushni o‘ziga moslashtirishi/ tuzsiz>tussiz (zs>ss), birta>bitta (rt>tt) kabi. v) to‘liq assimilyatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga aynan moslashadi (ular o‘rtasida neytrallashuv sodir bo‘ladi), nonvoy>novvoy (nv>vv), terakga>terakka (kg>kk) kabi.
g) to‘liqsiz assimilyatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga qisman moslashadi, tan-bur>tambur (nb>mb), shanba>shamba (nb>mb) kabi. Bu so‘zlarda «n» (til-tish undoshi) lab-lab «b»ga faqat artikulyatsiya orni jihatdan moslashgan (lab-lab «m»ga o‘tgan), ammo boshqa belgilari moslashmagan. qiyos qiling, «m»-sonor, «b»- shovqinli. «m»- yumuq fokusli burun tovushi, «b»- sof portlovchi kabi. d) kontakt assimilyatsiya - ketma-ket joylashgan tovushlarning o‘zaro moslashuvi (q. yuqoridagi misollar). e) distant assimilyatsiya - so‘z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o‘zaro moslashuvi, sichqon>chichqon, soch>choch kabi.
O‘zbek tilida o‘zak bilan affiksdagi unlilar assimilyatsiyasi ham uchraydi. Assimilyatsiyaning bu turi singarmonizm (unlilar uyg‘unlashuvi) deb ham nomlanadi. Bunda unlilarning uyg‘unlashuvi lab garmoniyasi va til garmoniyasi (lingval garmoniya) shaklida namoyon bo‘ladi. Masalan, keldi-»e» (old qator), «i» (old qator). Bunda o‘zak va affikslar tarkibidagi har ikkala unli old qatordir (til garmoniyasi). qoldi- «o» (orqa qator), «i» (orqa qator). Bunda affiksdagi old qator «i» o‘zakdagi orqa qator «o»ga moslashgan- «i»ning orqa qator ottenkasi yuzaga kelgan (bu ham til garmoniyasi hisoblanadi). lab garmoniyasi ko‘proq shevalarda uchraydi, O‘g‘lim (adabiy tilda)- ulum (qipchoq lahjasi shevalarida). Bunda o‘zak va qo‘shimchalardagi unlilarning lablanish jihatdan moslashuvi sodir bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida assimilyatsiyaning bu turi deyarli uchramaydi. Assimilyatsiyada fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi (o‘zgarish tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida bo‘lganligi uchun).
2.Akkomodatsiya – turli kategoriyalardagi tovushlarning, masalan, unli bilan undoshning o‘zaro ta`siri tufayli yuzaga keladigan moslashuv. Masalan, kisht (kisht, «i»ning old qator ottenkasi, u sayoz til orqa «k» undoshiga moslashgan)- qish (qish, «i»ning orqa qator ottenkasi, u chuqur til orqa «q» undoshiga moslashgan). Ba`zan unli undoshga emas, aksincha, undosh unliga moslashadi. Masalan, lab-tish (labio-dental) «f» undoshi lablashgan «u» unlisi ta`sirida lab-lab «f»ga aylanishi mumkin. qiyos qiling, faqat («f»- lab-tish), nufuz(«f» –lab-lab), aft («f»- lab-tish)- ufq («f»- lab-lab), saf («f» –lab-tish)- tuf («f»- lab-lab) kabi. O‘zaro ta`sirda bo‘lgan tovushlarning bir-biriga nisbatan oldin yoki keyin kelishiga ko‘ra akkomodatsiya quyidagi ikki turga bo‘linadi:
  • progressiv akkomodatsiya. Bunda oldingi tovush keyingi tovushga ta`sir qiladi, kulmoq so‘zida sayoz til orqa «k» undoshi orqa qator «u»ni old qator «u» ga aylantirgani kabi. qiyos qiling, qul («u»- orqa qator unli)- kul («u»- old qator unli), qo‘l («o‘»- orqa qator «o» unlisi)- ko‘l («o‘»- old qator «θ« unlisi).
  • regressiv akkomodatsiya. Bunda keyingi tovush oldingi tovushga ta`sir qiladi. Masalan, to‘k so‘zida sayoz til orqa «k» undoshi orqa qator «o‘» unlisini old qator «o‘»ga aylantiradi. Assimilyatsiyada bo‘lganidek, akkomodatsiyada ham fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi.

3. Dissimilyatsiya - so‘z tarkibidagi bir xil (yoki o‘xshash) tovushlardan birining boshqa tovushga ko‘chishi, birorta>bironta (ror>ron), kissa-kista (ss>st) kabi. Bu hodisani assimilyatsiyaning aksi deyish mumkin. Dissimilyatsiya hodisasi yo‘nalishiga qarab ikki xil bo‘ladi,
  • progressiv dissimilyatsiya. Bunda keyingi tovush o‘zgaradi, zarur>zaril kabi.
  • regressiv dissimilyatsiya. Bunda oldingi tovush o‘zgaradi, maqtanmoq>maxtanmoq kabi


Download 115.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling