Foydali hasharotlar


Download 0.65 Mb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#184048
  1   2   3   4
Bog'liq
Foydali hasharotlar


Foydali hasharotlar
Qishloq xo‘jalik ekinlarida uchrab zarar yetkazadigan hasharotlarda yirtqichlik yoki parazitlik qilib hayot kechiradigan, natijada zararkunanda hasharotlarning miqdori kamayishiga sabab bo‘ladigan hasharotlar foydali hasharotlar deyiladi.

Respublikamizda yetishtiriladigan g‘o‘za, bug‘doy, sabzavot, poliz va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlariga zararkunanda hasharotlar, kanalar va boshqa bo‘g‘imoyoqlilar yetkazadigan zarar oqibatida hosildorlik sezilarli darajada kamayadi. Zararkunandalarga qarshi uzoq yillar davomida asosan kimyoviy kurash choralari keng qo‘llanildi. Kimyoviy moddalarni keng miqyosda qo‘llash atrof muhitni zararlanishi, suvning ifloslanishi, tabiatdagi foydali hayvonlar miqdorining kamayishi, ekologiyaning buzilishi, tuproqdagi mikroorganizmlarning nobud bo‘lishi hamda aholi o‘rtasida turli kasalliklarning kelib chiqishiga olib keladi.

O‘simliklarning zararkunandalariga qarshi atrof muhit va inson uchun mutlaqo zararsiz biologik kurash usulini ilmiy asosda qo‘llash zarurati vujudga keladi. Mamlakatimizda o‘simliklarning biologik himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, foydali hasharotlar ko‘paytiriladigan biolaboratoriyalar soni O‘zbekistonda 1972-yilda 18 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda 800 ga yaqin biolaboratoriya faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur biolaboratoriyalarda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 7 mln gektardan ortiq maydonni zararkunandalardan himoya qilish uchun foydali hasharotlar ko‘paytirilmoqda.

Qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalarida juda ko‘p sondagi hasharotlar tabiiy kushandalik qilib hayot kechiradi. Masalan, ninachilar, beshiktebratarlar va xonqizilar kabi hasharotlar yirtqichlik qilib hayot kechiradi. Lekin ular o‘simliklarni biologik himoya qilishda amaliy ahamiyata ega emas. Chunki ninachi, beshiktebratar kabi hasharotlar juda kam sondagi qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalari bilan oziqlanadi. Xonqizi kabi hasharotlarning esa laboratoriya sharoitida ko‘paytirish muammoligi uchun qo‘llanilmaydi. Qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda eng ko‘p qo‘llaniladigan foydali hasharotlar jumlasiga oltinko‘z, trixogramma va brakon kiradi.



Yetti nuqtali xonqizi Lichinkasi



Ikki nuqtali xonqizi Lichinkasi



yirtqich qandala-antokaris telenomus


oltinko‘z voyaga yetgan bosqichi lichinkasi va barg ustidagi tuxumlari


taxin pashshasi trixogramma


qora vizilloq qo‘ng‘iz yaydoqchi



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling