Fransiya umumiy ma’lumot
Download 1.7 Mb.
|
FRANSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- FRANSIYA IQTISODI
FRANSIYA FRANSIYA UMUMIY MA’LUMOTUshbu mamlakatni iqlim oʻzgarishlariga qarab uch xil mintaqaga boʻlish mumkin: Okean mintaqasi (Gʻarbdan), Oʻrta yer dengiz mintaqasi (Janubdan) va Kontinental mintaqa (mamlakat markazi va Sharqdan). Mamlakat hududining 82 foizi, aniqrogʻi 45 million gektar maydoni qishloq xoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlardan iborat. Oʻrmonzorlar salmogʻi jihatidan Fransiya Yevropa Ittifoqida faqatgina Shvetsiya va Finlyandiyadan keyingi uchinchi oʻrinda turadi. Mamlakat aholisi 62 million kishi (2016 yilgi maʼlumot)dan ortiq boʻlib, bir kv. km.ga 105 kishi toʻgʻri keladi. Aholining teng yarmidan ortiqrogʻi shaharlarda yashaydi. Aholi soni jihatidan Fransiya Yevropada Germaniyadan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Mavjud aholining 93 foizini fransuzlar tashkil etadi. Fransiya – dinga erkinlik bergan davlat. Bu yerda qaryib barcha dinlarga mansub aholi istiqomat qiladi, yaʼni katoliklar 81,4 foizni, musulmonlar 6,9 foizni, protestantlar 1,6 foizni, iudistlar 0,4 foizni va boshqa dindagilar 8,1 foizni tashkil etadi.FRANSIYA IQTISODIFransiya keng taraqqiy etgan industrial – agrar davlat. U koʻpgina yerosti qazilma boyliklariga ham ega. Yaʼni bu yerdan temir rudasi, toshkoʻmir, uran rudasi, boksit va kaliy tuzi koʻp miqdorda qazib olinadi. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) va sanoat mollari ishlab chiqarish jihatidan u dunyoda toʻrtinchi (AQSH, Yaponiya, Germaniyadan keyingi) oʻrinni egallaydi. Chetga mahsulot eksport qilish (asosan, mashina va zamonaviy texnologiyalar) boʻyicha ham toʻrtinchi, qimmatli zahiralarga egaligi boʻyicha esa uchinchi (AQSH va Yaponiyadan keyingi) oʻrinni band etgan. Shuningdek, Fransiya Yevropada qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish borasida birinchi oʻrinda turadi.Mamlakat Gʻarbiy Yevropadagi integratsiyalashuv jarayonlarida ham faol ishtirok etadi. Fransiya iqtisodiyoti uchun xarakterli jihatlardan biri yirik monopoliya mahsulotlari ishlab chiqarishdir. Ayni kunda ikkita yirik kompaniya poʻlat eritish va undan mahsulot tayyorlash boʻyicha 70 foizlik ulushni, elektrli va elektr texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqarish boʻyicha 50 foizlik ulushni va avtomobil ishlab chiqarish boʻyicha qaryib 100 foizlik ulushni oʻz qoʻlida ushlab turibdi. Eng monopollashgan ishlab chiqarish harbiy sohadagi sanoat mollaridir.Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling