Galvanik vannalarning konstruktiv modullari va texnologik yo’ldoshlari
Download 1.74 Mb.
|
galvanik vannalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vannalarga quyidagi talablar qо‘yiladi
GALVANIK VANNALARNING KONSTRUKTIV MODULLARI VA TEXNOLOGIK YO’LDOSHLARI Har qanday AGT larning asosiy muhim qismlaridan biri, bu vannalar yig‘indisi bо‘lib, buyumga ishlov beruvchi barcha jarayonlar shu vannalarda olib boriladi. Elektrolitik vanna – bu tо‘g‘ri burchakli (parallelopiped) yashiksimon idish bо‘lib, eritmalar quyishga mо‘ljallangan bо‘ladi. Ularga quyilgan elektrolitlarda asosiy metal qoplash jarayonlarini, va qoplashdan avvalgi va keyingi jarayonlarni olib borish amalga oshiriladi. Vannalar korpus, isitgich, sovutgich, barbotyor va boshqa qismlardan iborat bо‘ladi. Vannalarga quyidagi talablar qо‘yiladi: germetiklik; korpusning eritmaga nisbatan kimyoviy faolsizligi; issiqlik rejimining ushlab turilishi; hizmat kо‘rsatishga qulayligi va xavfsizligi va boshqalar, Vannalar ichki о‘lchamlarining bog‘liqligi: qoplanayotgan buyumlarning о‘lchamlariga; galvanik tizimning ishlab chiqarish quvvatiga; vanna ichiga о‘rnatiladigan modullarga; vanna ichidagi elektrodlar soniga va oraliq о‘lchamlariga. Amalda elektrolitik vannalar ichiga, uchta yoki beshta elektrod qatorlari joylashtirilib, shunga yarasha ikkita anod va bitta katod, yoki uchta anod va ikkita katod shtangalari bilan jixozlangan bо‘ladi. Elektrodlar orasidagi о‘lchamlar, qoplanayotgan buyumlar о‘lchamlariga qarab, 150-300 mm gacha bо‘ladi. Buyum-katod bilan anodning oralig‘i qancha kichik bо‘lsa, tokning va metallning buyum sirtiga taqsimlanishi shunchalik yomon bо‘ladi. Demak qoplamaning sifati va qalinligi buyumdan anodgacha bо‘lgan masofaga bog‘liq bо‘ladi. Elektrolitik vannalar xaqida GOST 23738-85 “Yuzalarga kimyoviy va elektrokimyoviy ishlov berish va qoplamalar olishda ishlatiladigan av-tooperatorli tizimlar vannalari. Asosiy parametrlari va о‘lchamlari.” da mavjud 4 xil vanna korpuslari va ularning ichki о‘lchamlari: uzunligi, eni va balandliklari keltirilgan. 15-26-rasmlarda vannalarning turlari, ularning chо‘ntaklari, tо‘kish quvurlari, kirish va chiqish yо‘nalishlari kо‘rsatilgan. GOST 23738-85 bо‘yicha vannalarning ichki о‘lchamlari 320x320x320 mm dan 8000x2000x2500 mm gachani tashkil qiladi. Galvanik ishlab chiqarishda eng kо‘p uchraydigan vannalar о‘lchamlari: uzunligi L = 1000 - 4000 mm, eni B = 500 - 1400 mm, chuqurligi N = 800 - 2000 mm ga teng bо‘ladi. Qanday ishlar bajarilishiga qarab, turli vannalar qо‘llaniladi. 23- rasmda kо‘rsatilgan chо‘ntaksiz vannalar quyidagi texnologik operatsiya-larda qо‘llaniladi: elektrolitik qoplamalar о‘tkazish; travleniye (yemirilish); yig‘ib olish; faollantirish; faolsizlantirish; yorqinlatish; oksidlash; alyuminiyni bо‘yash; neytrallash; kimyoviy va elektrokimyoviy silliqlash, yaltiratish; sifatsiz qoplamalarni ketkazish; shlamni ajratib, chiqarib olish. 16-rasmda kо‘rsatilgan chо‘ntakli vannalar asosan sovuq va qaynoq suvli yuvishlarda, kimyoviy va elektrokimyoviy yog‘sizlantirishlarda, alyuminiyni yemirishlarda qо‘llaniladi. 16 va 17-rasmlarda keltirilgan vannalar esa, ikki va uch bosqichli qarama-qarshi harakatli yuvish uchun mо‘ljallangan. Nodir metallar bilan ishlashning oxirgi yuvish vannalari odatda, qimmatbaxo metallarni kamroq yо‘qotish maqsadida, kо‘p bosqichli qilib tayyorlanadi. Bu vannalarda toza suv avval yuvishning oxirgi bosqichiga, va asta sekin birinchi bosqichga kelib, bu suv “tozalov” dan о‘tib, yana “yuvish” ga qaytariladi. Bu kо‘p kaskadli yuvish usuli GOST 9.305-84 “Noorganik nometal va metal qoplamalar” da kо‘rsatib о‘tilgan. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling