Galvanik vannalarning konstruktiv modullari va texnologik yo’ldoshlari
Download 1.74 Mb.
|
galvanik vannalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30-rasm.
28-rasm. Tо‘rt burchak kesimli shtangali kasseta.
Bu rasmda tо‘rt burchak kesimli shtangali bir qatorli kasseta keltirilgan. Kassetani manipulyator yordamida olib yurilishi uchun shtanga 3 da ikkita, ilgak 5 lari mavjud maxsus kronshteyn 4 lar maxkamlangan bо‘ladi. Har bir kronshteyn ikkita yon qovurg‘a7lar va ularga svarka qilingan devor6lardan iborat. Shtanganing mustaxkam-ligini oshirish uchun boltlar yordamida, ikkala oxirlari 60o qilib egilgan ugolok 2lar qatirilib, ular shtangani tayanch 1 ga joylashishiga hizmat qiladi. Kronshteyn 4 lar, steklotekstolitdan tayyorlangan plastina 11 lar va izolyatsiyalovchi vtulka 10 lar yordamida shtanga 3 ga maxkamlanadi. 29-rasmda shtangalararo masofasi о‘zgaruvchi kassetalar keltirilgan. Bu kasseta, parallelogram mexanizm 3,4,5 yordamida о‘zaro yaqinlashib-uzoqlashuvchi ikkita shtanga 2 lar, rama 1 va shina 6 lardan iborat bо‘ladi. Har bir shina, yuza 9 ning о‘yiq yо‘li 8 larda harakatlanauvchi rolik 7 lardan tashkil topadi. Harakatchan shtangalarning oxirlarida rolik 10 bо‘lib, shtangaga yondan berilgan ta’sir natijasida shinalar bir biriga oson yaqinlashtirilib-uzoqlashtiriladi. Anod shtangalari anodlarni vannaga tushirib chiqarishga va ularni tok bilan ta’minlashga hizmatqiladi. Iluvchi moslamalar buyumlarni vannaga tushirishga va tok о‘tkazib berishga hizmat qiladi (30-rasmga qarang). Ular buyumning vazni, tuzilishi va vannaning о‘lchamlaridan kelib chiqib, har bir jarayonning elektrolitiga chidamli materialdan, buyumga tok bermaydigan qismlari izolyatsiya qilinib, tayyorlanadi. Masalan metallash jarayonlari uchun uglerodli pо‘lat, zanglamaydigan pо‘lat, titan yoki latunlardan diametri 5-20 mm. dumaloq kesimli iluvchi moslamalar, polivinilxlorid, ftoroplast, poliamid, epoksid, plastizol D-2A kabi materiallar bilan izolyatsiyalab, tayyorlanadi. 30-rasm. Iluvchi moslamalar 2.Elektrod shtangalari: -katod shtangalari kesimi aylana bо‘lib, bir qator yoki ikki qator qilib joylashtiriladi. Buyumlarni ilgichlar yordamida katod qilib ilishga (katodlarga tok yetkazib berishga) xizmat qiladi. Vannaning uzunligi 2000 mm dan oshmasligi zarur. Latun shtangalar uchun tokning zichligi 0.5 A/mm2 va misliklari uchun 1.5-2.0 A/mm2 . Shtangalar ularni manipulyatorlarga oson ilinishlarini ta’minlash uchun maxsus izolyatsiyalangan kronshteynlar bilan jihozlangan bо‘lib, diametrlari 25-40 mm ni tashkil qiladi. -kesimi tо‘rtburchak bо‘lgan shtangalar, kesimi aylana bо‘lgan shtangalardan og‘irroq yukni va kо‘proq tok kuchini kо‘tara oladi. -anodlarni maxkamlash uchun kesimi tо‘rtburchak anod shtangalaridan foydalaniladi. Bularda ham maxsus transport kronshteyni va elektr kontaktini mustaxkam ushlovchi moslama mavjud bо‘ladi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling