Galvanik vannalarning konstruktiv modullari va texnologik yo’ldoshlari


Vannalarning konstruktiv modullari


Download 1.74 Mb.
bet4/7
Sana15.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1200156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
galvanik vannalar

Vannalarning konstruktiv modullari.
1.Aralashtirgichlar: -gidravlik aralashtirgich - texnologik eritma-larni aralashtirib butun vannaga bir meyorda yoyishga hizmat qiladi. Bu usul kо‘pincha ishchi eritma va elektrolitlarni filtrlash bilan birga olib boriladi;
-pnevmatik (barbotyor) moddalarni eritmada teng taqsimlanishini ta’minlaydi. Bu pnevmatik aralashtirgich bо‘lib, bir tomonlari birlashtirilgan, quvurlar 1.1-1.5 mm li teshikchalar tо‘g‘ri chiziqda joylashtirilgan. Barcha teshikchalar yig‘indisi quvur kо‘ndalang kesimi yuzasidan 1.5-1.8 marta kam bо‘ladi. Uzunligi 2 metrli vannalarda parallel qilib uchta quvurlar joylashtiriladi.
-mexanik aralashtirgichlar – krilchatka bilan jixozlangan elektr motordan iborat bо‘lib, kam ishlatiladi.
Vannalarning texnologik yо‘ldoshlari ikki xil kassetalar xolida bо‘ladi: 1-xil – kо‘chiriluvchi ilgichli shtangalar, kо‘chib yuruvchi barabanli shtanga, kо‘chib yuruvchi korzina yoki savatli shtanga;
2-xil – vannadagi tayanchlarga joylashadigan sapfali barabanlar.
Shtangalar va barabanlar xam vannaga maxkam joylashtiruvchi moslamalar sapfalarga, ham manipulyatorlarga maxkam ilinadigan moslamalar transport kronshteynlariga ega bо‘ladi.
Ilgichli shtangalar yirik buyumlarni katod qilib ilib ishlov berish uchun hizmat qilsa, barabanli shtanga, korzina va savatli shtanga va barabanlar mayda detallarga ishlov berish uchun qо‘llaniladi.

III.GIDROELEKTROMETALLURGIYA
3.1 MAVZU: ELEKTROD SHTANGALARI
Elektrod shtangalari.
Vannadagi elektrod qatorlar miqdoriga qarab, bir yoki ikki qatorli kassetalar tayyorlanadi. 27-rasmda dumaloq mis yoki latun prutokdan tay-yorlangan shtanga 2 li bir qatorli kasseta kо‘rsatilgan. Manipulyator kassetani kо‘tarishi uchun shtanga 2 ga, izolyatsiyalovchi vtulka 7 yordamida, yuqorisida ilgak 1 li kronshteyn 9 о‘rnatilib maxkamlanadi. Kronshteyn 9 pо‘lat listdan 60o ga egib tayyorlanadi.
Vanna devorlari ustiga kassetani joylashtirish uchun kronshteyn 9 va ilgich 5 larni vertikal holda vannaga tushirilishi uchun shtanga 2 ning ikki chekkasida, B-B kesimda kо‘rsatilganday 90oli burchak qilib kesilgan, mis yoki latundan tayyorlangan, tayanch 10 ga yarasha tushadigan bashmaklar о‘rnatiladi. Shtanga 2 ning bir chekkasiga, izolyatsiyalovchi vtulka 8 (V-V kesimda) orqali, kassetani vannaga tushirilganda, maxsus ushlovchiga tushadigan fiksator 4 о‘rnatiladi. Prizmasimon tayanch 10 va ushlovchidan iborat tayanch tizim, kassetani vanna ustiga aniq doimiy о‘z о‘rniga joylanishini ta’minlaydi. Kassetaga yuqori qismida shtangaga mos qilib yasalgan ilgaklari (kesim A-A) bо‘lgan podveska 5 ilinadi. Kassetani harakatlantirilganda podveskaning tebranishini oldini olish uchun, shtangaga podveskaning yuqori qismi kirib qoladigan, maxsus о‘yig‘i bor kronshteyn 6 о‘rnatilgan bо‘ladi. B-B kesimda toksiz vannalarga о‘rnatiladigan tayanch 10 kо‘rsatilgan.


27-rasm. Dumaloq kesimli shtangali bir qatorli kasseta.

27-rasmda ikkita tok keltiruvchi shtangalari 2 bо‘lgan, kо‘ndalang bog‘lovchi 6 va ilgak 1 lardan iborat kasseta kо‘rsatilgan. Bu ikkala shtangalarning chekkalarida, vanna chet devorlariga о‘rnatilgan tо‘rtta prizmasimon tayanchlarga joylashadigan tо‘rt dona latun yoki misdan tayyorlangan vtulka 3 lar maxkamlangan bо‘ladi.




27-rasm. Dumaloq kesimli shtangali ikki qatorli kasseta.
Shtangalar bir tomonidan, fiksator 7 maxkamlangan bog‘lovchi 4 yordamida qо‘shilgan bо‘ladi. Shtangalarni bog‘lovchi 4 va 6 lar stek-lotekstolit vtulkalar bilan izolyatsiya qilingan bо‘ladi. Buyum ilingan podveskalarning harakat vaqtida tebranmasliklari uchun shtangalarda maxsus kronshteyn 5 lar о‘rnatilgan bо‘ladi.



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling