G’arb allomalari geraklit Efeslik


Download 19.14 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi19.14 Kb.
#1415340
Bog'liq
G’ARB ALLOMALARI


G’ARB ALLOMALARI
Geraklit Efeslik
Geraklit Efeslik (qadimgi yunoncha: Ἡράκλειτος ὁ Ἐφέσιος - Herakleitos Ephesios) (mil. av. taxminan 544—483) — yunon faylasufi, Ioniya faylasuflaridan biri. Oliy aristokratlar oilasida tugʻilgan. Falsafa tarixida birinchi boʻlib obyektiv dialektika tamoyillarini koʻrsatib bergan. Uning dunyoqarashiga Sharq falsafasi, xususan zardushtiylik falsafasi jiddiy taʼsir koʻrsatgan.
John Locke
John Locke , Ingliz faylasufi, hamda liberalizm asoschisi(29-avgust 1632 – 28-oktabr 1704). Asosiy falsafiy asari "Inson aqli toʻgʻrisida tajriba" (1690) inson bilimlarining kelib chiqishi, turlari va imkoniyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Locke "tugʻma gʻoyalar" va axloq tamoyillari haqidagi nazariyalarni tanqid qilib, barcha gʻoyalar 2 asosiy manba – tashqi tajriba (sezgi) va ichki tajriba (refleksiya) dan kelib chiqadi, deydi. Locke taʼlimotiga koʻra, tashqi tajribaning manbai sezgi aʼzolarimizga taʼsir etuvchi obektiv reallik, ichki tajribaning manbai esa kishining ichki hissi va kechinmalaridir. Locke oʻzining davlat haqidagi taʼlimotida davlat faoliyati eng zaruriy narsalar bilan cheklanishi va xalq, suvereniteti asosidagi konstitutsiyaviy hukumat boʻlishi lozim, deb hisobladi.
Lev Nikolayevich Tolstoy
Lev Nikolayevich Tolstoy (Лев Николаевич Толстой, 28 avgust (9 sentabr), 1828, Yasnaya Polyana, Tula guberniyasi — 7 (20) noyabr, 1910, Astapovo stansiyasi, Tambov Guberniyasi) — keng ommaga mashhur rus yozuvchisi, publitsist va diniy namoyonda, tolstovchilar harakatining ideologi.
Tolstoy Lev Nikolayevich [1828. 28.8(9.9), Tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlogʻi — 1910.7(20). 11, Lipetsk viloyati, hozirgi Lev Tolstoy bekati; Yasnaya Polyanada dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1873), faxriy akademik (1900). 1844—47 yillarda Qozon universitetining arabturk va huquqshunoslik ftlarida oʻqigan.
Aleksandr Sergeyevich Pushkin
Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-yil 26-may (6-iyun) Moskva — 1837-yil 29-yanvar (10-fevral) Sankt-Peterburg) - ulugʻ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi, dramaturg va nasr yozuvchi.Otasi Sergey Lvovich qadimiy dvoryanlar avlodidan, gvardiya ofitseri boʻlib, fransuzcha she'rlar yozib turardi. Onasi Nadejda Osipovna Pyotrning tarbiyasida boʻlgan habash A.P. Gannibal (asli ismi Ibrohim) ning nevarasi edi. Ota-onasi yosh Pushkinning buvisi Mariya Alekseyevna va enagasi Arina Rodionovna tarbiyasiga topshirgan. 1833-yil dekabrida Nikolay I Pushkinni kamer — yunker qilib tayinlagan. 1837-yilda yosh fransuz ofitseri Jorj Dantes bilan duelda Pushkin ogʻir yaralanib, vafot etadi.
Konstantin Aleksandrovich Fedin
Konstantin Aleksandrovich Fedin [1892.12(24), 2. Saratov 1977.15.7, Moskva] — rus yozuvchisi va jamoat arbobi, akademik (1958), Mehnat Qahramoni (1967). "Shaharlar va yillar" (1924) romanida fuqarolar urushi davridagi ziyolilarning hayot yoʻli hikoya qilingan. "Yevropaning oʻgʻirlanishi" (1—2kitob, 1933—35) va "Arktur" sanatoriysi" (1940) romanlarida yangi jahon urushi arafasida Gʻarbiy Yevropadagi siyosiyijtimoiy muhit tanqid qilingan. Ikkinchi jahon urushi yillarida "Tuygʻular sinovi" pyesasini (1942), "Aholi yashaydigan bir necha punkt" hikoya va ocherklar toʻplami (1943)ni yozgan. Urush yillari yozgan trilogiyasi ("Dastlabki sevinchlar", 1945; "Ajoyib yoz", 1947— 49; "Gulxan", 1—2kitob, 1961—65) da 1910-yildan Ikkinchi jahon urushi oxiriga qadar boʻlgan voqealar qamrab olingan. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. tarixiy vokealar ham aks etgan.
Download 19.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling