Geoaxborot tizimi va texnologiyalari


Download 1.16 Mb.
bet1/9
Sana04.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1165431
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Geoaxborot tizimi va texnologiyalari


Geoaxborot tizimi va texnologiyalari


Reja:

  1. Turizmda geoaxborot tizimning tuzilishi

  2. Geoaxborot tizimning vazifalari

  3. Geoaxborot tizimi funksiyalarining odatiy to‘plami

Turizmda geoaxborot tizimning tuzilishi


Hozirgi vaqtda plan va kartalarni yaratish ikki usulda olib boriladi: Erda geodezik ishlarni olib borish bo‘yicha va joyning masofadan turib olingan rasmini deshifrovka qilish (o‘qish) natijasida. Bunday rasmlar Erning turli sun’iy yo‘ldoshlaridan, ya’ni kosmik kemalar, samolyotlar va vertolyotlardan olingan yarim tonalli (rangliga o‘xshash) yoki oq-qora kosmik va aerofotosuratli tasvirlaridan iborat.
Er resurslarini kompleks kartaga olish ishlarining texnologik jarayoni 2-rasmda keltirilgan.

2-rasm. Er resurslari kartasini yaratishning blok-chizmasi Ushbu chizmada bir nechta yirik tizimlar ajratilgan, masalan:
Fotogrammetrik tizim. Oq-qora va rangli fotosuratlarni EHM xotirasiga kiritish, ularni raqamli ko‘rinishga aylantirish va ma’lum darajada ularga ishlov berish, so‘ngra ortofotoplanlarni (joy uchastkasi tasvirining ortogonal proeksiyasida tuzilgan plan) yoki shtrixli kadastr planlarini hosil qilish;

  • Ortofotoplan va kartalarni raqamlash tizimi – bu tizim yordamida plan va kartalar raqamli ko‘rinishga (vektorli holatga) o‘tkaziladi;

  • Kartografik ma’lumotlarga ishlov berish, ularni saqlash va tasvirlash tizimi – joy yoki xududning rastrlangan tasviri orqali ularning raqamli modelini tuzish, vektorli ko‘rinishga aylantirish, mavzuli qatlamlarni tuzish, ma’lumotlar va elektron kartalar maxsus bazasiini yaratish, tayyor mahsulotni saqlash, rangli er kadastri va boshqa turdagi mavzuli kartalarni tuzish.

Geoaxborot tizimning vazifalari


Tan olish kerak transportni onlayn rejimda boshqarish – doim aniq va ishonchli ma’lumotlarni, transport vositasining real vaaqtdagi joylashgan joyi va yo’nalishlarini ko’rsatib aniqlab beradi.
«ArsGIS» geografik axborot tizimi – geografik axborotlarga kirish va ulardan foydalanish uchun qulay axborot dasturi. «ArsGIS» fazoviy ma’lumotlarni tasvirlash, o’rganish, ma’lumotlarni aniklash va taxlil qilishda juda katta imkoniyatga ega dastur.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling