Geodeziya, kartografiya va geografiya


Download 15 Kb.
bet1/3
Sana17.11.2023
Hajmi15 Kb.
#1783018
  1   2   3
Bog'liq
Shaxsiy ish reja. Baxtiyorova Maftuna


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA GEOGRAFIYAKAFEDRASI
ILMIY ISH BILAN
SHUG‘ULLANAYOTGAN(BO’LG’USI NOMZODLIK DISSERTATSIYASI USTIDA ISHLAYOTGAN) IQTIDORLI TALABA
BAXTIYOROVA MAFTUNA MAQSUD QIZINING
SH A X S I Y V A R A Q A S I
URGANCH-2021

IQTIDORLI TALABA TO‘G‘RISIDA MA`LUMOTNOMA


  1. Ismi sharifi: Baxtiyorova Maftuna Maqsud qizi

  2. Tug‘ilgan yili: 08.01.2002

  3. Tug‘ilgan joyi: Xorazm viloyati, Shovot tumani

  4. Millati: O‘zbek

  5. Tahsil olayotgan Oliy talim muassasasi va fakultet nomi, talim yo‘nalish kursi: Urganch Davlat Universiteti, Tabiiy fanlar fakulteti, “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishi, 3-kurs talabasi.

  6. Tadqiqot yo‘nalishi: Kartografiya

  7. Ilmiy ish mavzusi: “Aholi migratsiyasi xaritalarini loyihalash va tuzish”

  8. Ilmiy rahbar (maslahatchisi): Sa`dullayeva Nodira

  9. Kutilayotgan natija: Aholi migratsiyasi kartalarini loyihalash, tuzish va tahlil qilish
    1. IQTIDORLI TALABA ILMIY ISHI MAVZUSI VA MAZMUNI Aholi migratsiyasi xaritalarini loyihalash va tuzish


Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi davrda aholi migratsiyasi ilmiy tadqiqotning dolzarb va shu o`rinda qiziqarli bo`lgan yo`nalishlaridan biridir. Umumiy migratsiya jarayonlari tarkibida ichki va tashqi mehnat migratsiyasi tobora katta muhim rol o`ynamoqda. Mehnat migratsiyasi yoki aholining ish qidirish maqsadidagi migratsion harakati zamonaviy dunyoning eng keng tarqalgan yo`nalishlaridan biridir. 2020-yil ma`lumotlariga ko`ra dunyoda qariyb 181 mln dan ortiq kishi migrant hisoblanadi. Qochoqlarni hisobga olmaganda ularning eng katta qismini mehnat migrantlari tashkil etadi va ularning aksariyat qismi rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga, qishloqlardan shaharlarga, kichik shaharlardan katta shaharlarga ketayotgan migrantlar tashkil etadi.
Shuni alohida ta`kidlab o`tish joizki, migratsiya jarayonlarini o`rganish jahon moliyaviy ahvolining tobora yaxshilanib borayotgan hozirgi kunda o`ziga xos dolzarblik kasb etmoqda. Chunki, jahon moliyaviy ahvolining barqarorlashib borishi natijasida dunyo miqyosida yangi ish o`rinlari yaratilishi, mehnat migrantlariga bo`lgan talab oshishi, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarning o`zida ham mehnat migrantlariga bo`lgan talabning oshishi kuzatilayotgan bir paytda migratsiya tendensiyalarida ham keskin o`zgarishlar sodir bo`lmoqda. “Aholi migratsiyasi xaritalarini loyihalash va tuzish” deb nomlangan mazkur ilmiy ish ham O`zbekistondagi migratsiya jarayonlari va ularning kelib chiqish sabablari va bu boradagi muammolarni ilmiy jihatdan yoritishga qaratilgan.

Download 15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling