Geodeziya va yer tuzish


Download 254.5 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi254.5 Kb.
#1599221
  1   2   3   4   5
Bog'liq
AMALIYOT HISOBOTI Geodeziya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ HO‘JALIGI VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI










GEODEZIYA VA YER TUZISH”


BO‘YICHA O‘QUV AMALIYOTI
HISOBOTI
Bosqich –22 – 160 gr
Amaliyot soati –30 soat.
Semestr-IV
Bajardi: 1.
2.
3.
4
5.
6.
(Izoh: Har 5-6 ta talaba uchun 1 ta hisobot tayyorlanadi)
Toshkent - 2023 y.
KIRISH
Respublikamizda qishloq xo‘jaligining samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan yerdan oqilona foydalanishni va uni muhofaza qilishni to‘g‘ri tashkil qilishga bog‘liq. Shuning uchun ham yerdan oqilona foydalanishni tashkil qilish va uni muhofaza qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu masalalarni yechish Geodeziya loyihalarini ishlashni va ularni hayotga tadbiq etishni talab qiladi.
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimida amaliy tayyorgarlik juda katta ahamiyatga ega. Talabalar amaliyot davrida ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarda egallagan nazariy bilimlarini chuqurlashtirib, mustahkamlab boradilar, ilmiy-nazariy qoidalarni tajribada sinash yo‘li bilan tekshiradilar va ularni tushunib yetadilar.
Amaliy tayyorgarlik talabalarning dunyoqarashini shakllantirishga, ularda mehnatsevarlik, ziyraklik, tashabbuskorlik, mustaqillikni va ishdagi tartibni tarbiyalashga yordam beradi.
“Geodeziya va yer tuzish” bo‘yicha o‘quv amaliyoti qishloq xo‘jalik korxonalarining hududini tashkil etish, ilmiy asosda almashlab ekishni amalga oshirish, ekish uchun yerlarni tayyorlashda tekislash ishlarini olib borish, yangi o‘zlashtirilgan yerlarga suv va yo‘l olib borish hamda intensiv texnologiyalar bo‘yicha qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish uchun ishchi loyihalarini tuzish, boshqa noqishloq xo‘jalik yerlar xududini tashkil etishda chiziq uzunligini o‘lchash, gorizontal burchak o‘lchash va uni hisoblash, nisbiy balandlikni o‘lchash, texnik nivelirlash qaydnomasini to‘ldirish, yuzani hisoblash va uni planini qog‘ozga tushirish kabi olgan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash tartibi bo‘yicha talabalarda bilim va ko‘nikmalar shakllantirishga qaratilgan.
“Geodeziya va yer tuzish” bo‘yicha o‘quv amaliyoti 60610200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari (qishloq xo’jaligida raqamli texnologiyalar) bakalavriat ta`lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga muvofiq 1-bosqich II davrasida 30 soat o‘quv amaliyoti o‘tkazish rejalashtirilgan. “Geodeziya va yer tuzish” bo‘yicha o‘quv amaliyotida talabalar 3 ta topshiriqni bajarilishi rejalashtirilgan.

Download 254.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling