Geografik globus. Globus Yer sharining kichraytirilgan modeli bo’lib, Yerning


Download 17.08 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi17.08 Kb.
#199929
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Geografik globus. Globus - Yer sharining kichraytirilgan modeli bo’lib, Yerning tashqi qiyofasini hamda uning yirik qismlari (materiklar, okeanlar, ularning bo’laklari) nisbatini eng to’g’ri va ko’rgazmali tasvir-laydi.

Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.

Globusda kartografik tasvirning xatoliklari bo’lmaydi, shuning uchun undagi turli geografik obyektlarni bir-biriga taqqoslash mumkin. Globus yuzasining hamma qismida masshtab bir xil, ya’ni o’zgarmas bo’ladi.

Maktab o’quv globuslari 1:83000000, 1:50000000, 1:40000000, 1:30000000 masshtabda tayyorlanadi.



Yunon olimi Pifagor (eramizdan avvalgi VI asr) ning Yer shar shaklida degan fikriga asoslanib, yunonistonlik Krates (er.av.II asr) birinchi globusni yasagan. O’rta Osiyoda birinchi bo’lib Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048 - y.) Shimoliy yarimsharning globusini yasagan. Birinchi mukammalroq geografik globusni 1492-yilda Martin Bexaym yasagan. Lekin unda Amerika, Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Hoji Yusuf Hay’atiy 1886-yilda ishlagan globus Samarqanddagi madaniyat va san’at tarixi muzeyida saqlanmoqda. M.




Osiyo (yun. Asia, ehtimol ossuriycha asu - sharq) - Yer sharidagi eng katta qitʼa (butun quruqlik maydonining 30 % chasini egallagan). Yevrosiyo materigining bir qismi..




Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.

Ulug’bek nomidagi O’zMU geografiya fakultetida 1984-yilda H.Hasanov rahbarligida I.Y.Oshev yasagan ulkan “Relyefli globus” o’rnatilgan.

Hozirgi vaqtda globuslarning bir necha turlari mavjud. Bular maktab globusi, relyefli globus, osmon jismlarini tasvirlovchi globuslardir.
Download 17.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling