Germaniya va avstriya Yangi davrda. Reja: Iqtisodiy tuzum xvi–xvii asr birinchi yarmida Germaniya


Download 91.78 Kb.
bet1/17
Sana17.06.2023
Hajmi91.78 Kb.
#1521404
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Герман давлатларининг бирлашиши. Отто фон Бисмарк фаолияти


GERMANIYa VA AVSTRIYa YaNGI DAVRDA.
Reja:
1.Iqtisodiy tuzum
2. XVI–XVII asr birinchi yarmida Germaniya
3. German imperiyasida Avstriyaning holati. Siyosiy kurash
4.XVII asr ikkinchi yarmida Germaniyaning siyosiy holati
5. Vena kongressidan sung German ittifoqidagi holat
6. Iqtisodiy rivojlanish.Birlashish uchun kurash
7. Frankfurt parlamenta
8. Foydalanilgan adabiyotlar
9. Otto fon Bismark aytmishlari, hikmatlari Xurshid Davron tarjimasi

Iqtisodiy tuzum. XVI asr boshlarida Germaniya1 aholisining asosiy qismini qaram dehqonlar tashkil qilar edi. Ularning haqhuquqlari to‘liq xo‘jayinlarining irodasiga bog‘liq hisoblanardi. Shaharlarda, jumladan yirik shaharlarda ham, sex ishlab chiqarishi hunarmandchilikning asosini tashkil qilardi. Sex magistratlariga patritsiylar xonadonining a’zolari va boy byurgerlarning vakillari kirar edi.
XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi va mehnat taqsimoti xalqaro savdo aloqalarining sezilarli rivojlanishiga olib keldi. Savdo yo‘llarida joylashgan Germaniya jahon savdosida markaziy o‘rinni egallab turardi.
To‘g‘ri, golland va ingliz savdogarlari raqobatiga bardosh bera olmagan shimoliy german yerlari, xususan Ganza XV asr oxirlaridan tanazzulni boshidan kechiradi, Buyuk geografik kashfiyotlar esa jahon savdosining tez orada Atlantik okeani qirg‘oqlariga siljishidan dalolat berardi. Shunga qaramasdan, XVI asr o‘rtalarigacha Shimoliy Italiyaning va uning vositachiligida butun Sharqning G‘arbiy Yevropa bozorlari bilan aloqalari german yerlari orqali o‘tardi. Nemis shaharlari, ayniqsa Augsburg, Nyurnberg va Reyn bo‘yi hamda yuqori Dunaydagi boshqa ba’zi shaharlar Yevropa savdosining yirik markazlari bo‘lib qolaverdi. Nemis savdogarlari Yevropaning savdo portlarida imtiyozga egaligidan va jahon savdosining yangi yo‘nalishidan ham yaxshigina foyda olishardi. Germaniyaning xalqaro iqtisodiy roli shunda ifodalanardiki, o‘sha paytda u mis qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turardi, mis esa savdodagi asosiy vosita hisoblanardi. Amerika oltini va kumushining Yevropaga oqib kelishi faqat XVI asr o‘rtalaridan sezila boshlaydi. Savdo yo‘llaridagi qulay joylashuv hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning oshishi va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishning o‘sishiga olib keldi. Bu hol ayniqsa XVI asr boshlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shimoliy nemis shaharlari gullaydi, boylik va zeb-ziynatlar mujassamligining ifodasiga aylanadi. Augsberglik Fuggerlar xonadoni to‘g‘risida,
ular urush va tinchlik taqdirini o‘z qo‘llarida ushlab turganligi haqida oldingi boblarda so‘z yuritgan edik. Fuggerlar, Velьzerlar va boshqa shu kabi xonadonlar o‘sha davr o‘lchami bo‘yicha haqiqiy jahon savdosini olib borishar, ko‘plab mamlakatlarda o‘zlarining doimiy idoralariga ega edilar. Yirik janubiy german firmalariga ega mamlakatda va boshqa mamlakatlarda boy tog‘-konlari ularga tegishli edi.
Ko‘plab nemis shaharlari qulay aloqalari bilan mashhur edi.
Mashhur nemis gumanisti Yakov Vimpfeling o‘sha paytdagi Kyolьn haqida shunday deb yozadi: «Bu shahar o‘zining keng savdosi va behisob boyliklari bilan Reyn shaharlarining shohi sanaladi». Nyurnberg – metallga ishlov berish sanoatining yirik markazi –
XVI asrda 20 mingga yaqin aholiga ega edi. Elьzas shaharlari ichida Strasburg o‘zining savdo aloqalari bilan, Mayn bo‘yidagi Frankfurt esa Gollandiya, Flandriya, Angliya, Polьsha, Chexiya, Italiya va Fransiyadan savdogarlarni yig‘adigan yarmarkasi bilan mashhur qismidan ko‘proq mis qazib olinardi. 1670 –1730 yillari Germaniya iqtisodiy jihatdan Yevropaning eng ilg‘or mamlakatiga aylanadi va Reformatsiya deb atalgan diniy inqilobning markazi bo‘lib qoladi. Reformatsiya va undan keyingi Dehqonlar urushi Germaniya tarqoqligini yanada avj oldirdi.

Download 91.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling