Germaniya va avstriya Yangi davrda. Reja: Iqtisodiy tuzum xvi–xvii asr birinchi yarmida Germaniya
XVII–XVIII asrlarda Brandenburg-Prussiya
Download 91.78 Kb.
|
Герман давлатларининг бирлашиши. Отто фон Бисмарк фаолияти
XVII–XVIII asrlarda Brandenburg-Prussiya. XVII–XVIII asrlarda Germaniya tarqoqlik oqibatida imperiya yerlariga hukmronlik qilish uchun kurashayotgan ikkita kuchli davlat – Avstriya va Brandenburg kurfyurstligi (1240 yildan poytaxti Berlin shahri)
ajralib chiqdi. Gogensollernlarning Brandenburg kurfyurstligi XVII asr boshlarida Polьsha qirolidan Prussiya gersogligini (sobiq Tevton ordeni yerlari) oldi va Pruss gersogi bo‘lib Polьshaga vassallikni qabul qildi. Keyinchalik Brandenburg Germaniyaning g‘arbidagi yerlarni (Reyn viloyatida) qo‘lga kiritdi hamda o‘ttiz yillik urushdan so‘ng esa Sharqiy Pomeraniyaning bir qismini va boshqa hududlarni ham egalladi. Ammo Brandenburg davlatining hududi uchta alohida, bir-biri bilan tutash bo‘lmagan yerlardan tashkil topgan edi. Brandenburg–Germaniyaning markazida, Prussiya gersogligi – sharqda va Reyn yerlari g‘arbda joylashgan edi. Gogensollernlarning siyosati shu hududiy tarqoqlikni bartaraf qilishga qaratildi.Brandenburgning mavqeini mustahkamlash uchun muhim qadamlar Fridrix-Vilьgelьm hukmronlik qilgan yillari (1640 –1688) qo‘yildi. XVII asr 60-yillaridagi xalqaro nizolar paytida FridrixVilьgelьm dastavval Shvesiya tomonida bo‘ladi va Boltiq dengizidagi savdoda bir qator imtiyozlarga erishgach, Polьsha tomoniga o‘tadi va buning uchun Polьsha qiroli uni vassallikdan ozod etadi. 1657 yili Polьsha Prussiyaning suverenitetini tan oldi. Oqilona tashqi siyosat yurgizgan Fridrix III (1688 –1713) ispan taxti uchun bo‘lgan urush (1701–1714) va Shimoliy urush (1700 –1721) yillaridagi sharoitdan foydalanib Prussiyani qirollikka aylantirish uchun imperator ruxsatini oldi. 1701 yildan boshlab Brandenburg kurfyurstligi Prussiya qirolligi bo‘lib, kurfyurst Fridrix III Prussiya qiroli Fridrix I bo‘lib oldi. Prussiyaning yuksalishiga faqat qulay xalqaro sharoit emas,balki nemis davlatlarining kuchsizligi ham sabab bo‘ldi. Mamlakat iqtisodiyoti ham yuksalib bordi. Prussiyada katta yer egaligi va krepostnoy tuzum hukmron bo‘lib, katta yer egalari Yevropaning ilg‘or mamlakatlariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanar edi. Yunkerlar (katta yer egalari shunday atalgan) pruss qirollarining asosiy tayanchi bo‘lganligi sababli qator imtiyozlarga ega edi. Ular g‘alladan olinadigan soliq va boshqa yig‘imlardan ozod qilingan, mamlakatdan g‘alla, jun va boshqa mahsulotlar olib chiqishda imtiyozga ega edilar. Bundan tashqari qator toifaviy imtiyozlar ham mavjud edi. Pruss davlatida armiya alohida rolь o‘ynaydi. Armiya faqat tashqi siyosat quroligina bo‘lib qolmasdan, ichki krepostnoy tuzumni ushlab turishda ham muhim vosita bo‘lib qoldi. Armiya nufuzining oshib borishi natijasida Prussiya militaristik davlatga aylandi. XVIII asr oxirida u hududi jihatidan Yevropada uchinchi o‘rinni, aholi soni bo‘yicha – o‘n ikkinchi o‘rinni egallasa, armiyaning soni jihatidan to‘rtinchi o‘rinda turardi. Prussiya sanoati juda sekinlik bilan rivojlandi. Asosan armiyaga xizmat ko‘rsatuvchi sohalargina o‘sib bordi. Prussiyaning ichki – soliq, bojxona va agrar siyosati ham yagona maqsadga – mamlakatni militarizatsiyalashga, uning harbiy qudratini oshirishga qaratilgan edi. Ammo kuchli armiya tuzgan Fridrix-Vilьgelьm I undan o‘z maqsadida foydalanmadi. 1740 yili taxtga kelgan qirol Fridrix II hukmronlik qilgan yillari (1740 –1786) Prussiyada absolyutizm o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetdi. Militarizm ham o‘zining yakunlangan ko‘rinishiga ega bo‘lib, pruss armiyasi son jihatidan Yevropaning eng katta armiyasiga aylandi. O‘zini ma’rifatchilik tarafdori hisoblagan Fridrix II ma’rifatli absolyutizm ruhidagi qator islohotlarni o‘tkazishga jazm qildi. Biroq bu islohotlarning aksariyati qog‘ozdagina qolib ketdi. Fridrix II hukmronlik qilgan davrda Prussiya bir qator urushlarda ishtirok etdi. Dastlab 1740 –1748 yillari Avstriya taxti uchun bo‘lgan urushda ishtiroki Prussiyaning Avstriya, Fransiya va Buyuk Britaniya bilan munosabatlarini murakkablashtirdi. Fridrix II ning Markaziy Yevropada Avstriya bilan raqobatlashuvi uni Karl VI ning qizi Mariya Terezani Avstriya taxtining vorisi deb tan olishga bergan va’dasidan voz kechishga olib keldi. Tanaffuslar bilan davom etgan urush 1748 yili Aaxen sulhi bilan yakunlandi. Unga ko‘ra Gabsburglar o‘zlarining ko‘plab yerlarini saqlab qoldi, ammo deyarli butun Sileziya Prussiya tarkibiga o‘tdi. Bu esa Prussiyaning Yevropadagi mavqeini yanada mustahkamladi. 1756 yili boshlangan Yetti yillik urushda qatnashish Prussiyaga katta muvaffaqiyat keltirmadi. U Buyuk Britaniya va Portugaliya bilan birgalikda Fransiya, Avstriya, Shvesiya, Rossiya, Saksoniya va Ispaniyaga qarshi kurashib, 1757 yil noyabrь va dekabrь oylarida Avstriya va Fransiya qo‘shinlarini mag‘lub etgan bo‘lsa-da, 1759 yili Kunersdorf yonida rus qo‘shinlariga mag‘lub bo‘ldi, 1760 yili ruslar ma’lum muddatga hatto Berlinni ham egallashdi. Faqat ittifoqchilar orasidagi kelishmovchilik va rus taxtiga kelgan Petr III ning siyosatigina Prussiyani batamom halokatdan saqlab qoldi. Yetti yillik urush natijasiga ko‘ra, 1763 yilgi Gubertsburg sulhiga binoan Prussiya faqat Sileziyanigina o‘zida saqlab qoldi. 1772 yili Polьshaning birinchi taqsimlanishidan so‘ng Visla daryosining quyi oqimidagi yerlarga (Gdanьsk shahridan tashqari) ega bo‘lib, o‘z mavqeini yanada mustahkamladi. Fridrix II hukmronligining oxiriga kelib Prussiya yerlari 118,9 ming kv2 dan 194,8 ming kv2.ga kengaydi, aholisi esa ikki barobardan ham oshib, 2 mln 240 ming kishidan 5 mln 430 ming kishiga yetdi. Prussiya Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Shunday qilib, ushbu davrda Germaniyada milliy-siyosiy birlik hali shakllanmagan edi. U o‘rta asrlardagidek «German millatining Muqaddas Rim imperiyasi», ya’ni yuzlab mustaqil knyazliklarning juda omonat birikmasi bo‘lib qolayotgan edi. Bundan tashqari, imperiyaga gegemonlik qilayotgan Avstriya tarkibiga kiruvchi boshqa millatlar o‘zlarining Germaniyanikidan farqli bo‘lgan tarixiy taqdiri, alohida milliy madaniyatlari, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot yo‘liga ega edilar. Shunga qaramasdan, XVIII asrda, juda sekinlik bilan bo‘lsada, nemis millatining shakllanish jarayoni davom etdi. Mamlakat siyosiy jihatdan hali ham tarqoq bo‘lib, XVIII asrning birinchi yarmida uning turli hudulari orasida iqtisodiy aloqalar ham juda sust edi. Keyinchalik, iqtisodiy hayotning jonlanishi bilan yagona milliy bozor shakllanib bordi, ammo Germaniyaning tarqoqligi bunga hamon to‘siq bo‘lib qolaverdi. Download 91.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling