Siyosatdagi xatolar sil kasalligiga o‘xshaydi — davolab bo‘ladigan paytda ular hali sezilmaydi, yuzaga chiqib seziladigan bo‘lganida davolashning iloji qolmagan bo‘ladi.
O Muhammad! Sening zamondoshing bo‘lmaganimdan qayg‘udaman. Insoniyat faqat bir martagina sening buyuk qudratingga guvoh bo‘ldi, afsuslar bo‘lsinkim, endi boshqa ko‘rolmaydi. Men sendan hayratdaman.
Yomon qonunlar va yaxshi amaldorlar bilan davlatni boshqarsa bo‘ladi. Ammo, amaldorlar yomon bo‘lsa, eng yaxshi qonunlar ham ham yordam bermaydi.
Urush paytida,ovdan qaytganda va saylovlar oldidan yolg‘onning bozori qaynaydi.
Har bir davlatning o‘qituvchiga bo‘lgan siyosiy munosabatida o‘sha mamlakatning qudrati yoki zaifligi namoyon bo‘ladi.
Axmoqlar «Yo‘l qo‘ygan xatolarimiz tajribasidan o‘rganamiz» deyishadi,men bo‘lsam,boshqalarning yo‘l qo‘ygan xatolaridan xulosa qilaman.
Erkak bilan ayolning do‘stligi tun cho‘kkandan keyin omonat narsaga aylanadi.
Siz bilim olish yo‘lida xuddi hech qachon o‘lmaydiganday harakat qiling, ammo, xuddi ertaga o‘ladiganday hayot kechirishga intiling.
Diplomat bo‘lish taqdiri birinchi aprelda tug‘ilganim sharofatidan peshanamga yozilgan bo‘lsa kerak.
Dunyoni axmoq qilishni istasangiz, haqiqatni gapiring.
Hayot menga ko‘p narsalarni kechirishni, ammo ulardan-da ko‘proq tavba qilishni o‘rgatdi.
Ozodlik,shunday boylikki,unga hammayam erisholmaydi.
Amaldorlar — betinim ishchi asalarilardek,inson hayotini azobga aylantiradigan qonunlarni yozish bilan erta-yu kech band bo‘ladilar. Nima uchun vazirlarning oylik ish haqi doimo bir xil,nega bu haq Prussiya aholisining turmush darajasi yaxshi-yomonligiga qarab o‘zgarmaydi? Agar ularning oyligi xalq turmush darajasiga qarab pastu baland bo‘lib turganida edi, bu nodonlar qonunlarni kamroq yozib, ko‘proq fikr qilardilar…
Siyosat har qanday muammoni hal qilish san’atidir.
Har qanday inqilobni daholar tayyorlaydi, fanatiklar amalga oshiradi, uning mevalaridan esa muttahamlargina bahramand bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |