Germaniya va avstriya Yangi davrda. Reja: Iqtisodiy tuzum xvi–xvii asr birinchi yarmida Germaniya


Download 91.78 Kb.
bet12/17
Sana17.06.2023
Hajmi91.78 Kb.
#1521404
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Герман давлатларининг бирлашиши. Отто фон Бисмарк фаолияти

Fransiyadagi 1830 yil iyulь insilobining Germaniyaga ta’siri. Reaksiya kuchlarining vaktincha galabasi German ittifok;ida ipkilobiy-demokratik xarakatning asoslarini yuk kila olmadi. Illy sababli Fransiyadagi inqilob, Burbonlarning kuvilishi va YaNGI burjua monarxiyasining tashkil kilinishi Germaniyada ham keng xalk ommasini harakatga keltirib yubordi. Kurgessen va Brauishveygda ommaning siquvi ostida monarxlar taxtlaridan voz kechib, urniga yangilari keldilar. Gannoverda hukumat kuzg‘olonlarni bostirishga erishdi, ammo konstitutsiyaviy tartiblar joriy kilishga majbur buldi. Xalk chiqishlari Saksoniyada xam kirolni ma’lum yon berishga majbur qildi.
Iyulь inkilobining ta’siri ayniksa Elьzas bilan chegaradosh bulgan Bavariyaning Pfalьs xududida aloxida namoyon buldi. 1832 yil 27 mayda demokratik muxolifat vakillari Gambax shaxrida ommaviy siyosiy namoyish uyushtirdilar. Unda Germaniyaning turli viloyatlaridan 30 mingdan ziyod kishi xam da polyak va fransuz zmigrantlari ishtirok etdilar. Suzga chikuvchilar Germaniyaning birlashishini, respublikaning e’lon kilinishini va Yevropada federativ respublika tuzishni talab k;ildilar. Xuddi shunday na moyishlar Janubi-Garbiy Germaniyaning boshka shaharlarida ham bulib utdi. Gambaxga kushin kiritilib, namoyishning faol ishtirokchilari qamokka olindi. 1832 yil 28 iyunda Ittifoq seymi matbuot erkinligini, siyosiy ittifoqlar, xalq yiginlarini va boshka bir kator erkinliklarni bekor kilish hakida qaror kabul kildi.Ittifok seymining reaksion tadbirlari demokratik ziyolilar va talabalar tomonidan keskin noroziliklar bilan kutib olindi. Ta’qib va qatagonlar natijasida inkilobiy elementlarning Germaniyadan emigratsiyasi boshlandi. Ular chet ellarda ham inqilobiy faoliyatlarii tuxtatmadilar va u yerdai turib Germaniyadagi xolatga ta’sir utkazishga uriidilar. 1834 yili Shveysariyada «Yosh Germaniya» tashkiloti tuzilib, ular Germaniyani birlashtirish va respublika tuzumini urnatishni maksad qilib kuydilar.
Fransiyadagi Iyulь inqilobidan va Angliyada 1832 yilgi islohotdan keyin burjuaziya erishgan iktisodiy va siyosiy muvaffaqiyatlar nemis burjuaziyasi orasida, ayniqsa Prussiyada
muxolifatchilik kayfiyatining usishiga turtki buldi. Prussiya burjuaziyasining rahbarlaridan biri fabrikant David Ganzeman edi. Nemis burjuaziyasining siyosiy platformasi mu’tadil bulib, ularning dasturida umumpruss vakillik organining yigilishini
chaqirish, Germaniya bojxona ittifoqini tashkil kilish, yunkerlarning hukuqiy va boshka imtiyozlarini bekor kilish kabi talablar olga surilgan edi. Ganzeman va boshqalar monarxiyani bekor kilish tarafdori bulmasdan, aksincha, mamlakatni birlashtira oladigan qudratli monarxiya tarafdori edilar.
Burjua muxolifatchilarining siquvi ostida Prussiya 1818 yili tukkizta nemis davlatlari bilan Bojxona ittifokini tashkil kilish tugrisida shartnoma imzolagan edi.
1834 yilga kelib
Ittifok 23 mln axoliga ega bulgan 18 ta davlatni birlashtirdi.
Shimoliy dengizga chikish yuliga ega bulgan va Angliya bilan savdodan katta foyda oladigan davlatlar Ittifok tarkibiga kirmadi. Ittifoqda asosiy rolь Prussiyaga tegishli edi. Bojxona
ittifoqining tashkil kilinishi ichki bozorning kengayishi va nemis sanoatining rivojlanishiga katta ta’sir kursatib, Germaniyaning birlashuvi jarayonini tayyorladi. Ammo bu xol radikal kayfiyatdagi mayda burjuaziya va ziyolilarni qanoatlantirmas edi. Ularning karashlari ayniqsa Lyudvig Bern va Genrix Geyne ijodida aksini topgan.
1848 yilning bahoriga kelib Germaniya 38 ta mayda mustakil davlatlarga bulinib ketgan edi. Shulardan 20 tasining orasida Bojxona chegaralari mavjud bulib, ulardan tovar olib utish shu
tovarni Amerikaga eltishdan kimmat turardi. Iqtisodiy inqiroz nemis xalqining ahvoliga ogir ta’sir kursatdi. 1847 yilga kelib Prussiyaning davlat xazinasi bum-bush edi. Kirol Fridrix Vilьgelьm IV pul surash uchun asosan dvoryanlardan iborat bulgan landtag' yigilishini chaqirishga majbur buldi. Qirol yig‘ilganlarga murojaat etib: «Men bizning samodagi xudomiz bilan mamlakatimiz ortasida kandaydir yozib tashlangan kog‘oz varaqlarii bulishiga
“|konstitutsiyani nazarda tutib - Sh.E.) yul kuymayman», - dedi.
Yig‘ilganlar kirolga kredit berishdan bosh tortdilar va yigilish shu kuni tarqatib yuborildi.
Fransiya va Italiyadagi inqilobiy jarayonlar Berlinda ham kuzg‘olonni tezlashtirib yubordi. 18 mart kuni shaharda barrikadalar qad kutardi. Kungiroq chalinib, Berlin atrofidan minglab
hunarmand va ishchilar shahar markaziga yigildilar. Yigilganlarga qarshi kushin tashlanib, janglarda 400 dan ziyod kishi uldirildi mingdan ziyod kishi yarador buldi.
Kirol liberal burjuaziya vakillari bilan vaktinchalik kelishuvga rozi buldi. Ushbu kelishuvning mahsuli sifatida yangi hukumat tuzildi: Ganzeman moliya vaziri, reynlik liberallar rahbari Kampgauzen esa bosh vazir etib tayinlandi. Bundan
tashkari, kirol kushinlarni poytaxtdan chiqardi va milliy gvardiyaning tuzilishiga rozilik berdi. Shu tariqa Berlinda kuzg‘olon g‘alaba kozondi. Germaniyaning kuplab boshka shaharlarida ham boshlangan quzg‘olonlar galaba bilan yakunlandi. Ayrim qishloq joylarda ham dehkonlar kuzgolon kutarib, feodal majburiyatlarni bajarishdan bosh tortdilar. Mamlakatning janubi-g‘arbida dexqonlar feodal hukuqlarning bekor kilinishiga erishdilar.
Sileziya va Poznanda dehqonlar kuzgolonlari milliy-ozodlik haarakati tusini oldi.

Download 91.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling