Germaniya va avstriya Yangi davrda. Reja: Iqtisodiy tuzum xvi–xvii asr birinchi yarmida Germaniya
Download 91.78 Kb.
|
Герман давлатларининг бирлашиши. Отто фон Бисмарк фаолияти
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy rivojlanish.
Frankfurt parlamenta. 1848 yilgi nemis inqilobining asosiy muammosi Germaniyani birlashtirish masalasi edi. Muxolifatchi tomonlar urtasidagi kurash ham shu masala atrofida buldi. Liberal burjuaziya vakillari Germaniyani ikkita kuchli nemis davlatlari Avstriya va Prussiyaning biri atrofida birlashtirish rejasiii taklif qildilar. Bu yul ijtimoiy iqtisodiy sohalarda katta uzgarishlarga olib kelmasdan, konstitutsiyaviy monarxiyaning
urnatilishi bilan cheklanishni kuzda tutardi. Shunday hoolatda 1848 yil 18 may kuni Muqaddas Pavel ibodaxonasining kung‘iroqlari jarangi ostida Mayn buyidagi Frankfurt shahrida Germaniyaning barcha aholisi tomonidan saylangan umumgerman parlamenti - Frankfurt milliy majlisining birinchi yigilishi ochildi. Parlament deputatlari fukarolarning demokratik xuquqlari e’lon kilingan umumgerman konstitutsiyasining loyihasini ishlab chiqdilar. Imperiya taxtiga Prussiya qiroli Fridrix-Vilьgelьm IV ni taklif qilishdi, ammo u pisand qilmasdan bu taklifni rad etdi. Obrusini yuqotgan parlament 1849 yil iyunda quvib yuborildi. Qirol mart voqealaridan sung tashkil kilingan pruss Milliy majlisini ham tarkatib yuborishni buyurdi. Shunga qaramasdan, qirol Fridrix-Vilьgelьm IV farmon e’lon qilib, unga kura mamlakatda tabaqaviy tizimni va kirolning veto hukuqini mustahkamlovchi, yukori mulkiy senz bilan chegaralangan saylov huquqini joriy qiluvchi konstitutsiya «in’om» etildi. Germaniyada inqilob uz oldiga k;uygan vazifa - nemis davlatlarini birlashtirishni amalga oshira olmadi. Inqilob mag‘lubiyatga uchragan bulsada, uning ta’sirida mamlakatda kapitalizmning rivojlanishiga olib kelgan ijtimoiy uzgarishlar amalga oshirildi. Iqtisodiy rivojlanish. Inqilob nemis davlatlarining keyingi idtisodiy rivojlanishiga anchagina ta’sir kursatdi. Burjua inkiloblari g‘alaba qozongan boshqa Yevropa mamlakatlariga nisbatan Germaniyada kapitalizm, ayniqsa kishloq xujaligida, uzgacha yul bilan qaror topdi. Bu yul tarixda kapitalizm rivojlanishining «prusscha» yuli nomini olgan. Prusscha yulning xarakterli jihati shundaki, krepostnoy pomeshchik xujalik shakli kapitalistik xujalikka juda sekinlik bilan usib utadi. Hukumat kator islohotlarni amalga oshirib, ularda feodal imtiyozlarning bekor kilinishi pomeshchiklar uchuy xam ma’k;ul bulgan iktisodiy va siyosiy kompensatsiyalar orkali amalga oshirildi. 1850 yilgi «Pomeshchiklar va devdonlar urtasidagi munosabatlarpi tartibga solish tug‘risida»gi farmon faqat ikkinchi darajali feodal qaramliklarnigina bepul bekor kildi. Asosiy karamliklar esa sotib olinishi kerak edi. Bu islohotlar, arzon ishchi kuchi na qulay konьyunktura shartlari, yunker xujaliklarining musahkamlanishiga olib keldi. Inqilobdan keyingi un yil sanoat uchun xal kiluvchi yil buldi. Yosh burjuaziya butun uzining kuchini ishlab chikarish sohasiga yunaltirdi. Xalqaro doiradagi sanoatchilar paydo buldi. Ulardan XIX asr 50-60-yillarida dunyoda eng yirik hisoblangan lokomobilь zavodining egasi Borzig, kuplab davlatlarni kurol bilan ta’minlab turgan Alьfred Krupp, dengiz kabellari va telegraf simlarining egalari Simens va Galьske, temir yullar quruvchisi fon Unru va boshqalar juda mashhur edi. Biroq nemis davlatlarining sanoat taraqqiyotidagi muvaffakiyatlari ancha nisbiy edi. Prussiyada 1852 yilgi aholini ruyxatga olish natijalari buyicha 17 million mamlakat aholisining 12 millioni qishloqlarda yashardi, 984 ta shaharning fakat 12 tasida 100 mingdan ziyod aholi yashardi, 500 ta shaharlar aholisi har biri 2,5 mingdan oshmasdi. Provinsiyalarda ham sanoat ishchilari soni 11 % dan 37% gachani (bu faqat Brandenburgda, yirik mashinasozlik markazita aylangan Berlin shahri xisobiga) tashkil qilardi. Download 91.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling