Germaniya va avstriya Yangi davrda. Reja: Iqtisodiy tuzum xvi–xvii asr birinchi yarmida Germaniya
Download 91.78 Kb.
|
Герман давлатларининг бирлашиши. Отто фон Бисмарк фаолияти
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosatdagi xatolar
- Otto fon BISMARK AYTMIShLARI,HIKMATLARI Xurshid Davron tarjimasi
Mavzu buyicha savollar
1. Germaniyadagi siyosiy tarqoqlikning asosiy sabablari nimada edi? 2. Xalqaro savdo yo‘llarining Atlantik okeaniga ko‘chishi nima uchun Ganza ittifoqi shaharlarining inqiroziga olib keldi? 3. O‘ttiz yillik urushning boshlanishiga nimalar sabab bo‘ldi? Urush Germaniya iqtisodini qanday oqibatlarga olib keldi? 4. Vestfalь tinchlik sulhi O‘ttiz yillik urushning qanday muhim natijalarini tasdiqladi? 5. Urush Germaniyaning keyingi ikki yuz yillik taqdirida qanday rolь o‘ynadi? 6. German davlatlari orasida Avstriya va Prussiyaning roli iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotga qanday ta’sir ko‘rsatdi? 7. Polьshaning birinchi taqsimlanishida Prussiyaning roli qanday bo‘ldi? 8. Vena kongressi natijasida Germaniyaning birlashishi uchun kanday qushimcha to‘siqlar paydo buldi? 2. German davlatlarini birlashish sari yul tutishga majbur qilayotgan kanday ob’ektiv sabablar mavjud edi? 3. Nemis burjua mafkurasining shakllanishida Gegelь falsafasi kanday rolь uynadi? 4. 1830-yillardagi inqilobiy vokealar natijasida German davlatlarida qanday uzgarishlar yuz berdi? Siyosatdagi xatolar sil kasalligiga o‘xshaydi — davolab bo‘ladigan paytda ular hali sezilmaydi, yuzaga chiqib seziladigan bo‘lganida davolashning iloji qolmagan bo‘ladi. Har bir davlatning o‘qituvchiga bo‘lgan siyosiy munosabatida o‘sha mamlakatning qudrati yoki zaifligi namoyon bo‘ladi. Otto fon BISMARK AYTMIShLARI,HIKMATLARI Xurshid Davron tarjimasi Bismark (Bismarck) Otto Eduard Leopold fon Shyonxauzen (1815.1.4, Shyonxauzen—1898.30.7, Fridrixsru) — Germaniya davlat arbobi, diplomat, knyaz, Germaniya imperiyasining 1-reyxskansleri (1871—90). Bismark Germaniyani prus militarizmi asosida birlashtirdi; mamlakatda yunker-burjua bloki hukmronligini mustahkamladi, diniy oppozitsiya («Kulturkampf»)ga qarshi kurash olib bordi, sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun joriy qildi, ayrim ijtimoiy islohotlar o‘tkazdi. Bismark Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan Uchlar ittifoqi (1882) tashkilotchilaridan biri. Poznan va Sileziyadagi polyak aholisini nemislashtirish siyosatini tutgan. Parij kommunasiga qarshi uyushtirilgan qurolli intervensiya tashkilotchilaridan biri bo‘lgan (O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasidan). *** O Muhammad! Sening zamondoshing bo‘lmaganimdan qayg‘udaman. Insoniyat faqat bir martagina sening buyuk qudratingga guvoh bo‘ldi, afsuslar bo‘lsinkim, endi boshqa ko‘rolmaydi. Men sendan hayratdaman. *** Siyosatdagi xatolar sil kasalligiga o‘xshaydi — davolab bo‘ladigan paytda ular hali sezilmaydi, yuzaga chiqib seziladigan bo‘lganida davolashning iloji qolmagan bo‘ladi. *** Yomon qonunlar va yaxshi amaldorlar bilan davlatni boshqarsa bo‘ladi. Ammo, amaldorlar yomon bo‘lsa, eng yaxshi qonunlar ham ham yordam bermaydi. *** Agarda politsiya senga yaxshi munosabatda bo‘lishini xohlasang, Peterburg va Parijda albatta qimmatbaho kiyim va orden medallarda bo‘lishing lozim. *** Urush paytida, ovdan qaytganda va saylovlar arafasida yolg‘onning bozori qaynaydi. *** Har bir davlatning o‘qituvchiga bo‘lgan siyosiy munosabatida o‘sha mamlakatning qudrati yoki zaifligi namoyon bo‘ladi. *** Axmoqlar «Yo‘l qo‘ygan xatolarimiz tajribasidan o‘rganamiz» deyishadi,men bo‘lsam,boshqalarning yo‘l qo‘ygan xatolaridan xulosa qilaman. *** Erkak bilan ayolning do‘stligi tun cho‘kkandan keyin omonat narsaga aylanadi. *** Siz bilim olish yo‘lida xuddi hech qachon o‘lmaydiganday harakat qiling, ammo, xuddi ertaga o‘ladiganday hayot kechirishga intiling. *** Diplomat bo‘lish taqdiri birinchi aprelda tug‘ilganim sharofatidan peshanamga yozilgan bo‘lsa kerak. *** Dunyoni axmoq qilishni istasangiz, haqiqatni gapiring. *** Hayot menga ko‘p narsalarni kechirishni, ammo ulardan-da ko‘proq tavba qilishni o‘rgatdi. *** Ozodlik,shunday boylikki, hammayam unga erisholmaydi. *** Amaldorlar — betinim ishchi asalarilardek, inson hayotini azobga aylantiradigan qonunlarni yozish bilan erta-yu kech band bo‘ladilar. Nima uchun vazirlarning oylik ish haqi doimo bir xil, nega bu haq Prussiya aholisining turmush darajasi yaxshi-yomonligiga qarab o‘zgarmaydi? Agar ularning oyligi xalq turmush darajasiga qarab pastu baland bo‘lib turganida edi, bu nodonlar qonunlarni kamroq yozib, ko‘proq fikr qilardilar… *** Siyosat har qanday muammoni hal qilish san’atidir. *** Har qanday inqilobni daholar tayyorlaydi, fanatiklar amalga oshiradi, uning mevalaridan esa muttahamlargina bahramand bo‘ladi. *** Hatto g‘olibona urush ham xalqlar donishmandligi chek qo‘yishi kerak bo‘lgan yovuzlikdan boshqa narsa emas. *** Kuchli hamisha haqdir. *** Siyosat aniq fan emas . Har bir davlatning o‘qituvchiga bo‘lgan siyosiy munosabatida o‘sha mamlakatning qudrati yoki zaifligi namoyon bo‘ladi. Otto fon BISMARK AYTMIShLARI,HIKMATLARI Xurshid Davron tarjimasi Bismark (Bismarck) Otto Eduard Leopold fon Shyonxauzen (1815.1.4, Shyonxauzen—1898.30.7, Fridrixsru) — Germaniya davlat arbobi, diplomat, knyaz, Germaniya imperiyasining 1-reyxskantsleri (1871—90). Bismark Germaniyani prus militarizmi asosida birlashtirdi; mamlakatda yunker-burjua bloki hukmronligini mustahkamladi, diniy oppozitsiya («Kulturkampf»)ga qarshi kurash olib bordi, sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun joriy qildi, ayrim ijtimoiy islohotlar o‘tkazdi. Bismark Frantsiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan Uchlar ittifoqi (1882) tashkilotchilaridan biri. Poznan va Sileziyadagi polyak aholisini nemislashtirish siyosatini tutgan. Parij kommunasiga qarshi uyushtirilgan qurolli interventsiya tashkilotchilaridan biri bo‘lgan. Agarda politsiya senga yaxshi munosabatda bo‘lishini xohlasang, Peterburg va Parijda albatta qimmatbaho kiyim va orden medallarda bo‘lishing lozim. Download 91.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling