Gis texnologiyasi va ilovalarni ishlab chiqish
Download 60.06 Kb.
|
Gis texnologiyasi va ilovalarni ishlab chiqish-fayllar.org
cisco, Tayyor, 111111111111, shox, Математика фанидан тест саволлари, 6-ma'ruza, 10.11648.j.ijp.20200803.11, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari u, 7- sinf, 3 sinf Ish reja 2020 2021 barcha fanlardan to`liq yangi , ishonchli, orta osiyoda diniy tasavvurlar va dinning paydo bolish jarayonlari tarixi, axborot xavfsizligiga oid asosiy tushunchalar, 7-sinf ona tili va adabiyot reja uy vazifa 2 (3), 3-amaliyot (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg’ulotlar mavzulari
- Jami
- Mustaqil ish mavzulari
- Namuna
Gis texnologiyasi va ilovalarni ishlab chiqish O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO’MITASI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI “GIS TEXNOLOGIYASI VA ILOVALARNI ISHLAB CHIQISH” MODULI BO’YICHA
O’quv -uslubiy majmua (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining kengashining 2015 yil __________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan. MUNDARIJA
I. SILABUS 2015/2016 o’quv yili
2.1. Ma’ruzalar mavzusi va mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlar. 2.1-jadval
2.2. Amaliy va laboratoriya (seminar) mashg’ulotlarining mavzusi (ajratilgan soati). Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlar o’tkazishdan maqsad talabalarni informatsion qidiruv tizimlaridagi ishlash jarayonlari va ulardan foydalanish usullari to’g’risida olgan nazariy va amaliy bilimlarini aniq mashg’ulotlar asosida mukammallashtirishdan iborat:
2.3. Mustaqil ish mazmuni, hisobot shakli (ajratilgan soati). Mustaqil ish ma’ruza yo’nalishi bo’yicha tuzilgan shaxsiy dastur asosida olib boriladi. Mustaqil ishning asosiy maqsadi magistrlarda o’quv va ilmiy texnik adabiyotlardan, normativ hujjatlardan mustaqil foydalanish yo’llarin o’zlashtarishdan iborat, shuningdek bunday ishni ma’ruza qo’llanmasiga qo’shimcha deb baholash mumkin. Mustaqil o’qish dasturiga quyidagi mavzular kiritilgan:
2.4. Fan uchun ajratilgan umumiy reyting ballari taqsimoti (2.2-jadval). Umumiy reyting ballari taqsimoti 2.2-jadval
2.5. Fan uchun mashg’ulot turlariga ajratilgan reyting ballari taqsimoti (2.3-jadval). Mashg’ulot turlariga ajratilgan reyting ballari taqsimoti 2.3-jadval
3. Ахборот-услубий таъминот 3.1. Асосий адабиётлар. 1. Каримов И.А. Тарихий хотира ва инсон омили – буюк келажагимизнинг гаровидир. – Тошкент.: «Ўзбекистон», 2012. 2.Геоинформационные системы : обзорная информация. Серия: геодезия, аэросъемка, картография. - М., ЦНИИГАиК, 1992, -52с. 3. Кошкарев А.В., Каракин В.П. Региональные геоинформационные системы. -М., Недра, 1987, -126с. 4. Коновалова Н.В., Капралов Е.Г. Введение в ГИС. Учебное пособие. - М., ООО "Библион", 1997, -160с. 5. Лисицкий Д.В. Основные принципы цифрового картографирования местности. - М., Недра, 1988, -261с. 6. DeMers M. Fundamentals of Geographic Information Systems. - Join Wiley & Sons, 1996, -320 pp. 7. Bernhardsen T. Geographic Information Systems. - Join Wiley & Sons, 1992, -318 pp. 3.2. Қўшимча адабиётлар. 1. Скворцов, А.В. Геоинформационные системы в дорожном строительстве: cправочная энциклопедия дорожника (СЭД). Т. VI. / А.В. Скворцов, П.И. Поспелов, В.Н. Бойков, С.П. Крысин. – М.: ФГУП "ИНФОРММАВТОДОР", 2006. 2. Основы геоинформатики: В 2-х кн. Кн. 1: учеб. пособие для студ. вузов / Е.Г. Капралов, А.В. Кошкарев, В.С. Тикунов и др.; под ред. В.С. Тикунова. – М.: Издательский центр "Академия", 2004. 3. Основы геоинформатики: В 2-х кн. Кн. 2: учеб. пособие для студ. вузов / Е.Г. Капралов, А.В. Кошкарев, В.С. Тикунов и др.; под ред. В.С. Тикунова. – М.: Издательский центр "Академия", 2004. 4. Майкл де Мерс. Географические информационные системы / Майкл де Мерс. – М.: Дата+, 2000. 5. Введение в Arc Info версии 7.1.1. – М.: ГИСпроект, 1998. 3.3.Ахборот-ресурс манбалари. http://www.intuit.ru/ www.google.ru http://gis.web.tstu.ru 4. http://loi.sscc.ru/lab/WEBLAB/OUBOOK/Glava1.htm II. FANNI O’QITIShDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL TA’LIM METODLARI Binar ma’ruza. “Binar”so’zi lotinchada olingan bo’lib, “qo’sh”, “ikki” degan ma’noda qo’llaniladi. Bunday mashg’ulotning olib borilishi ikki vakil: o’qituvchi va metodist; o’qituvchi va o’quvchi; taklif etilgan mutaxassis va o’qituvchi; o’qituvchi va tyutor (maslahatchi) o’rtasidagi interfaol suhbat, bahs-munozara va axborotlar almashinuvini namoyon qiladi. Jarayonni bunday tashkillashtirishdan ko’zlangan asosiy maqsad – yangi o’quv ma’lumotlari va axborotlarini ikki mutaxassis yoki ishtirokchi nuqtai-nazarlarini taqqoslash orqali yoritib berishdan iborat. Trening. Trening zamonaviy ta’lim shakllaridan biri hisoblanib, u interfaol mashg’ulotlarni amalga oshirishning o’ziga xos ko’rinishidir. Treninglar o’rganilishi lozim bo’lgan nazariy g’oya va fikrlarni amaliy ish hamda mashqlar davomida o’zlashtirish imkoniyatini beradi va ta’lim oluvchilarda shaxslararo o’zaro hamkorlikning samarali ko’nikmasini shakllantirishga, shuningdek, bo’lajak mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yo’naltiriladi. Har qanday pedagogik treninglarni tashkil etish kuyidagi bosqichlardan tashkil topadi: 1. Tashkiliy bosqich: guruhni yig’ish yoki shakllantirish. 2. Boshlang’ich bosqich: guruh me’yorlarini ishlab chiqish, tanishuv va mashg’ulotdan kutuvlarni aniqlash. 3. Faoliyatli bosqich: trening turi va o’tkazish metodikasini belgilash. 4. Yakuniy bosqich(refleksiya). Trening mobaynida talabalar nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish bilan birga, ularda bilish, emmotsional va xulq-atvor ko’nikmalari ham rivojlanib boradi. Videoma’ruzalar. Bunday o’qitish shaklida o’qituvchi ma’ruzasi videotasmaga yoziladi, chiziqsiz montaj usulida u multimedia, ilovalar, ma’ruzani bayon qilishning ko’rgazmali vositalari bilan to’ldiriladi. Bunday to’ldirishlar ma’ruza mazmunini nafaqat boyitadi, balki uni bayon qilishning jonliroq va tinglovchilar uchun qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi. Videoma’ruzalar o’quv markazlariga videokassetalar yoki kompakt disklarda ekaziladi. Zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlarning amaliy yo’nalishi sifatida bugungi kunda pedagogikada o’qitishning bir necha metodlari farqlanadi: 1. Passiv – ta’lim oluvchi o’qitishning “ob’ekti” sifatida namoyon bo’ladi ( tinglaydi va ko’radi); 2. Aktiv – ta’lim oluvchi o’qitish jarayonining “sub’ekti” sifatida namoyon bo’ladi( mustaqil ish, ijodiy tpshiriqlar); 3. Interfaol – pedagog va ta’lim oluvchilarning o’zaro hamkorligi.
Interfaol so’zi inglizcha so’z bo’lib, «inter» - o’zaro va «act» - harakat qilmoq ma’nolarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interfaol - ya’ni o’zaro harakat qilmoq ma’nosini anglatadi. Bunday o’zaro harakat turlariga “talaba – o’qituvchi” va “talaba-talaba”ning maqsadli harakatlarini kiritish mumkin. Interfaol o’qitishda o’qituvchi o’quv faoliyatninig faol tashkilotchisi bo’lib, o’quvchi bu faoliyatning sub’ekti sifatida namoyon bo’ladi. «Keys-stadi» metodi. Metodning maqsadi: «Keys-stadi» - inglizcha so’z bo’lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – o’rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o’rganish, tahlil qilish asosida o’qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Keys metodini amalga oshirish bosqichlari
«SWOT-tahlil» metodi. Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo’llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur metod asosida muammo to’rt yo’nalishda ko’rib chiqib, muhokama qilinadi: S – (strength) – kuchli tomonlari W – (weakness) – zaif, kuchsiz tomonlari O – (opportunitu) – imkoniyatlari T – (tnreat) – to’siqlar Namuna: O’qitishda multimedia vositalaridan foydalanishning kuchli va kuchsiz tomonlari, ichki imkoniyatlari hamda o’qitishda multimediya vositalaridan foydalanishga to’sqinlik qiluvchi tashqi xavflarni ushbu jadvalga tushiring.
«FSMU» texnologiyasi. Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o’zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg’ulotlarida, mustahkamlashda, o’tilgan mavzuni so’rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg’ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi. Texnologiyani amalga oshirish tartibi: tinglovchilarga mavzuga oid bo’lgan yakuniy xulosa yoki g’oya taklif etiladi; har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog’ozlarni tarqatiladi: F – fikringizni bayon eting. S – fikringizni bayoniga sabab ko’rsating. M – ko’rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring. U – fikringizni umumlashtiring. ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi. FSMU tahlili tinglovchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o’zlashtirilishiga asos bo’ladi. Namuna: Huquqiy madaniyat - shaxs kamolotining muhim mezoni! Fikr - Sabab - Misol – Umumlashtirish – Xulosalash» (Rezyume, Elpig’ich) texnologiyasi. Texnologiyaning maqsadi: Bu texnologiya murakkab, ko’ptarmoqli, mumkin qadar, muammoli xarakteridagi mavzularni o’rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir xil axborot beriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari bo’yicha o’rganiladi. Bu pedagogik texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda talabalarning mustaqil g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. “Xulosalash” texnologiyasidan m’ruza mashg’ulotlarida individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy va seminar mashg’ulotlarida kichik guruhlardagi ish shaklida mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlili qilish va taqqoslash maqsadida foydalanish mumkin. Texnologiyani amalga oshirish tartibi: trener-o’qituvchi ishtirokchilarni 5-6 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi; mashg’ulot maqsadi, shartlari va tartibi bilan ishtirokchilarni tanishtirgach, har bir guruhga umumiy muammoni tahlil qilinishi zarur bo’lgan qismlari tushirilgan tarqatma materiallarni tarqatadi; har bir guruh o’ziga berilgan muammoni atroflicha tahlil qilib, o’z mulohazalarini tavsiya etilayotgan sxema bo’yicha tarqatmaga yozma bayon qiladi; navbatdagi bosqichda barcha guruhlar o’z taqdimotlarini o’tkazadilar. Shundan so’ng, trener-o’qituvchi tomonidan tahlillar umumlashtiriladi, zaruriy axborotlr bilan to’ldiriladi va mavzu yakunlanadi. Namuna. Talabalar bilimini nazorat qilish
“T – chizma” metodi. Metodning maqsadi: Mazkur metod biror tushuncha, yoki mavzu bo’yicha o’rganilgan axborotlar tizimini qiyosiy tahlil etish, solishtirish, mustaqil munosabatni shakllantirishga imkoniyat yaratish maqsadida qo’llaniladi. Metodni amalga oshirish tartibi: Trener-o’qituvchi ishtirokchilarni miqdor jihatdan teng gurhlarga ajratadi; ishtirokchilarni trening o’tkazishga qo’yilgan talablar va bajarilishi zaraur bo’lgan topshiriq shartlari bilan tanishtiradi; tarqatmalar (ilovadagi) ishtirokchilar guruhiga beriladi va taklif etilgan chizma asosida qatnashchilar tushunchaga yoki muammoga nisbatan o’zining mustaqil fikrini bildiradi; bildirilgan fikrlardan asosiy farqlari ajratilib, kerakli ustunchalarga yoziladi; belgilangan vaqt (10-15 daqiqa) yakuniga etgach, barcha guruhlarning fasilitatorlari yordamida prezentatsiya tashkil etiladi; barcha guruhlarning yakuniy xulosalari o’qib eshittirilganidan so’ng, trener-o’qituvchi guruhlar ishini baholaydi va qo’shimcha to’ldirishlarni kiritadi. Namuna:
“Assesment” texnikasi (ing. tilidan “baho”) Metodning maqsadi: mazkur metod ta’lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, nazorat qilish, o’zlashtirish ko’rsatkichi va amaliy ko’nikmalarini tekshirishga yo’naltirilgan. Mazkur texnika orqali ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati turli yo’nalishlar (test, amaliy ko’nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo’yicha tashhis qilinadi va baholanadi. Metodni amalga oshirish tartibi: “Assesment” lardan ma’ruza mashg’ulotlarida talabalarning yoki tinglovchilarning mavjud bilim darajasini o’rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg’ulotlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni o’zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o’z-o’zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, o’qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o’quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo’shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin. Namuna: “O’zbekiston Respublikasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar” mavzusida assesment namunasi.
“Insert” texnikasi Metodning maqsadi: Mazkur metod o’quvchilarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilmlarni o’zlashtirilishini engillashtirish maqsadida qo’llaniladi, shuningdek, bu metod o’quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham o’taydi. “Insert” texnikasi asosida matn, darslik bilan ishlash, o’qish orqali ma’lumotlar saralanadi. Metodni amalga oshirish tartibi: o’qituvchi mashg’ulotga qadar mavzuning asosiy tushunchalari mazmuni yoritilgan input-matnni tarqatma yoki taqdimot ko’rinishida tayyorlaydi; yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta’lim oluvchilarga tarqatiladi yoki taqdimot ko’rinishida namoyish etiladi; ta’lim oluvchilar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o’z shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda talabalar yoki tinglovchilarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
Belgilangan vaqt yakunlangach, ta’lim oluvchilar uchun notanish va tushunarsiz bo’lgan ma’lumotlar o’qituvchi tomonidan tahlil qilinib, izohlanadi, ularning mohiyati to’liq yoritiladi. Savollarga javob beriladi va mashg’ulot yakunlanadi. «Charxpalak» texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi: mazkur texnologiya ta’lim oluvchilarda muayyan mavzu bo’yicha o’zlashtirilgan kasbiy axborotlarni mustahkamlash, analiz-sintez qilish, takrorlash, baholash va mustaqil-ijodiy ishlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan mavzuga mos ravishda uy vazifalarini takrorlashda, baholashda va nazorat ishlarida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Texnologiyani amalga oshirish tartibi: ishtirokchilar to’rt kishidan iborat kichik guruhlarga bo’linadi va ularga aniq mavzu bo’yicha tayyorlangan tarqatma materiallar tarqatiladi; berilgan harakat hususiyatlari ichidan o’zlari to’g’ri deb topgan harakatni ko’rsatilgan kataklar ichiga maxsus belgilar (Q, -, X, Y) bilan belgilash tushuntiriladi; har bir guruh a’zosi individual tarzda ko’rsatilgan kataklarga o’z javoblarni belgilaydi va o’qituvchi navbatdagi bosqichda guruhlarning javoblar varaqasini soat strelkasi tartibida almashtiradi; bu harakat to har bir guruhning dastlabki ishi o’ziga qaytib kelguniga qadar takrorlanadi. Tarqatma materiallar o’z egalariga etib kelganidan so’ng o’qituvchi to’g’ri javoblarni o’qib eshittiradi. ishtirokchilar to’g’ri javoblarni dastlabki belgilari bo’yicha tekshirib, har bir to’g’ri javobni «1» ball bilan baholaydilar. mashg’ulot yakunida o’qituvchi baholash mezonini o’qib eshittiradi va har bir ishtirokchi yig’gan to’g’ri javoblari bo’yicha o’z-o’zini baholaydi. (Masalan, harakatlar 14 ta bo’lsa, bunda: 14-16 to’g’ri javob uchun «a’lo», 11-13 ta to’g’ri javob uchun «yaxshi», 8-10 ta to’g’ri javob uchun «qoniqarli» baho beriladi). Trener-o’qituvchi baholarga aniqlik kiritadi va mashg’ulotning zaruriy jihatlarini umumlashtirib, xulosalaydi. Venn Diagrammasi (ingliz faylasufi Djon Venna nomi bilan atalgan). Metodning maqsadi: Bu metod grafik tasvir orqali o’qitishni tashkil etish shakli bo’lib, u ikkita o’zaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur metod turli tushunchalar, asoslar, tasavvurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali ko’rib chiqish, ularning umumiy va farqlovchi jihatlarini aniqlash, taqqoslash imkonini beradi. Metodni amalga oshirish tartibi: ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiriladilar va ularga ko’rib chiqilayotgan tushuncha yoki asosning o’ziga xos, farqli jihatlarini (yoki aksi) doiralar ichiga yozib chiqish taklif etiladi; navbatdagi bosqichda ishtirokchilar to’rt kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiriladi va har bir juftlik o’z tahlili bilan guruh a’zolarini tanishtiradilar; juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, ko’rib chiqilayotgan muammo yohud tushunchalarning umumiy jihatlarini (yoki farqli) izlab topadilar, umumlashtiradilar va doirachalarning kesishgan qismiga yozadilar. “Sinkveyn” metodi Metodning maqsadi: «Sinkveyn» so’zi frantsuzcha so’zdan olingan bo’lib, «besh misradan iborat she’r» tarjimasini beradi. Amaliyotda «Sinkveyn»: murakkab axborotlarni sintezlash quroli va tushunchalar zahirasini baholash vositasi; ijodiy ifodalilik vositasi sifatida juda foydalidir. «Sinkveyn» tayanch kasbiy tushunchalar va axborotlarni refleksiyalash, sintezlash va umumlashtirishda tezkor vosita hisoblanadi. «Sinkveyn» tuzish qoidasi quyidagicha: birinchi qatorda bir so’z bilan mavzu yoziladi - odatda ot turkumiga oid so’z bilan; ikkinchi qatorda mavzu ikki so’z bilan ta’svirlanadi - sifat turkumiga oid ikki so’z bilan; uchinchi qatorda ushbu mavzu bo’yicha xatti-harakatlar uch so’z bilan ta’svirlanadi; to’rtinchi qatorda mavzuga aloqadorlikni ko’rsatuvchi to’rtta so’zdan iborat gap yoziladi; beshinchi qator mavzu mohiyatini takrorlovchi bir so’zdan iborat sinonim shakllantiriladi. «Sinkveyn» tuzish tartibi Kompyuter Sifatli, tezkor To’playdi, saqlaydi, uzatadi Zamonaviy axborot texnologiya vositasi Intelekt Ikki qismli kundalik metodi Metodning maqsadi – mazkur metod nafaqat matnning mazmunini o’rganishga, matn mazmunini o’zining shaxsiy tajribasi bilan bog’lashga va o’zlashtirgan axborot, g’oya, yoki fikrlarga nisbatan o’z munosabatini yozma ifoda etishga imkon beruvchi oddiy va samarali usul bo’lib, o’quvchilardagi shaxsiy pozitsiyani shakllantirishga yordam beradi. Metodni o’tkazish tartibi: ish daftari vertikal chiziq bo’yicha ikkiga bo’linadi. chap tomonga talaba mavzu yuzasidan unda taassurot uyg’otgan, yoqqan yoki savol tug’dirgan tsitata, g’oya yoki fikrlarini yozadi (masalan, juda aqlli ta’rif, yoki xato tuyulishi, yoki ma’lumotning bir qismi dalil yoki sabab va boshqalar). o’ng tomonda talaba keltirilgan tsitata yoki fikrga o’zining sharhlarini yozadi, ya’ni o’z munosabatini quyidagi yo’nalishlarda bildiradi: Uni bu fikr yoki g’oyaning nimasi qiziqtirdi va yozib olishga undadi? Bu nima haqda o’ylashga majbur etdi? Bu fikr bo’yicha u qanday savollarni o’yladi? matnni o’qiyotganida talaba kerakli qo’shimcha fikrlarni aniqlab, kundalikka yozib boradi. ish yakunlagandan so’ng o’quvchilar juftliklarda ishlashlari, tahlillarini almashishlari, o’rtoqlari tahlilida ularga yoqqan fikrni muhokama etishlari va ko’rsatishlari mumkin. O’qituvchiga tavsiyalar Siz oldindan tsitatalar yoki g’oyalar sonini belgilab olishingiz mumkin (misol uchun, 2 ta, 4 yoki 5 tadan), - tsitatalar mazmuni va yo’nalishi mutaxassislik, fan yoki mavzuga mos bo’lishi, kerak. Agarda siz ijtimoiy-tarbiyaviy mavzuda bu mashg’ulotni o’tkazmoqchi bo’lsangiz g’oyalar yoki tsitatalar hayotiy-ijtimoiy mavzularda tanlanishi mumkin bo’ladi. Bularning barchasi siz o’z oldingizga qo’ygan maqsadga va sizning pedagogik uslubingizga bog’liq bo’ladi. Ish shakllari: uchliklarda ishlash; kichik guruhlarda ishlash; blits-so’rov – siz bir qator o’quvchilardan faqat bitta tsitatani va faqat birgina sharhni o’qib berishni so’raysiz; Fidbeyk(yakuniy tahlil). Yakunlar munozara tayyorlash yoki o’tkazish, insho yozish yoki asoslangan esse yozish uchun xizmat qilishi mumkin. «Blits-o’yin” metodi Metodning maqsadi: talabalarda tezlik, axborotlar tizimini tahlil qilish, rejalashtirish, prognozlash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni baholash va mustahkamlash maksadida qo’llash samarali natijalarni beradi. Metodni amalga oshirish bosqichlari: 1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu yuzasidan tayyorlangan topshiriq, ya’ni tarqatma materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan materialni sinchiklab o’rganish talab etiladi. Shundan so’ng, ishtirokchilarga to’g’ri javoblar tarqatmadagi «yakka baho» kolonkasiga belgilash kerakligi tushuntiriladi. Bu bosqichda vazifa yakka tartibda bajariladi. 2. Navbatdagi bosqichda trener-o’qituvchi ishtirokchilarga uch kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiradi va guruh a’zolarini o’z fikrlari bilan guruhdoshlarini tanishtirib, bahslashib, bir-biriga ta’sir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirish, kelishgan holda bir to’xtamga kelib, javoblarini «guruh bahosi» bo’limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. Bu vazifa uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. 3. Barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, to’g’ri harakatlar ketma-ketligi trener-o’qituvchi tomonidan o’qib eshittiriladi, va o’quvchilardan bu javoblarni «to’g’ri javob» bo’limiga yozish so’raladi. 4. «To’g’ri javob» bo’limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo’limida berilgan raqamlar taqqoslanib, farq bulsa «0», mos kelsa «1» ball quyish so’raladi. Shundan so’ng «yakka xato» bo’limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo’shib chiqilib, umumiy yig’indi hisoblanadi. 5. Xuddi shu tartibda «to’g’ri javob» va «guruh bahosi» o’rtasidagi farq chiqariladi va ballar «guruh xatosi» bo’limiga yozib, yuqoridan pastga qarab qo’shiladi va umumiy yig’indi keltirib chiqariladi. 6. Trener-o’qituvchi yakka va guruh xatolarini to’plangan umumiy yig’indi bo’yicha alohida-alohida sharhlab beradi. 7. Ishtirokchilarga olgan baholariga qarab, ularning mavzu bo’yicha o’zlashtirish darajalari aniqlanadi. http://fayllar.org Download 60.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling