Global qtisodiy rivojlanish strategyalari
Download 67.68 Kb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi:Teshayev.M Globallashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiyasi muammolari Reja
- 3. Jahon iqtisodiyotida xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining dinamikasi 4. Jahon moliyaviy inqirozining ishchi kuchi bozoriga ta’siri 5.
- 1. Jahon ishchi kuchi bozorining mohiyati va nazariy asoslari
Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va Turizm fakulteti 3-2 IQTKT-19 guruhi talabasi __________________ ning “Global qtisodiy rivojlanish strategyalari” fanidan. M U S T A Q I L I SH I Mavzu: Globallashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiyasi muammolari Bajardi_________________ Tekshirdi:Teshayev.M Globallashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiyasi muammolari Reja: 1. Jahon ishchi kuchi bozorining mohiyati va nazariy asoslari 2. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining asosiy yо‘nalishlari va migrantlarni о‘ziga jalb qiluvchi markazlar 3. Jahon iqtisodiyotida xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining dinamikasi 4. Jahon moliyaviy inqirozining ishchi kuchi bozoriga ta’siri 5.Globallashuv sharoitida О‘zbekistonning tashqi migratsiya jarayonlaridagi ishtiroki 6.Xulosa 7.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Jahon ishchi kuchi bozorining mohiyati va nazariy asoslari Migratsiya - lotincha sо‘z bо‘lib, bir joydan ikkinchi joyga kо‘chish ma’nosini anglatadi. Ushbu sо‘z keng ma’noda insonlar, hayvonlar, kapitallar, kimyoviy elementlarni yer qobig‘idagi kо‘chishini anglatadi. Aholining ommaviy migratsiyasi jahon hamjamiyatining XX asr ikkinchi yarmidagi hayotining eng xarakterli xususiyatlaridan biriga aylandi. Aholi migratsiyasi deganda ma’lum hududlarda insonlarning doimiy yashash joyini almashtirish yoki unga qaytish sharti bilan kо‘chib о‘tishi tushuniladi. Jahon iqtisodiyotida xalqaro (tashqi) migratsiyaning turli shakllari - mehnat, oilaviy, rekreatsion, turistik va boshqa turdagi shakllari mavjud. Xalqaro ishchi kuchi bozori milliy chegaralarni kesib о‘tuvchi turli-tuman mehnat resurslari oqimini qamrab oladi. Xalqaro mehnat bozori ishchi kuchining milliy va mintaqaviy bozorlarini birlashtiradi. Xalqaro mehnat bozori mehnat migratsiyasi shaklida namoyon bо‘ladi. Jahon bо‘yicha 1960 yilda 3,2 mln., 2004 yilda esa 35 mln.dan ortiqroq mehnatkash migrant mavjud bо‘lgan. Jahon mehnat bozori deganda ishchi kuchini sotish, sotib olish va undan foydalanishi bilan bog‘liq bо‘lgan davlatlararo ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmui tushuniladi. Jahon mehnat bozorida ishchi kuchining qiymati baholanishi bilan birga uni yollash, ish haqining miqdori, mehnat sharoitlari, ta’lim olish va kasb mahoratini о‘stirish imkoniyatlari, ish bilan bandlilik kafolatlari va boshqa bir qator shartlar aniqlanadi. Jahon mehnat bozori jahon aholisining ish bilan bandlik darajasi, uning tarmoqlar, kasb-malaka, demografiya, ishsizlik kо‘lami va о‘zgarishi kabi asosiy jarayonlarni aks ettiradi. Jahon mehnat bozori ham boshqa bozor tizimlaridek makroiqtisodiy usullarni qо‘llash sohasi bо‘lib, u bir-biriga bog‘liq bо‘lgan talab va taklifning ta’sirida о‘zgaradi. Jahon mehnat bozorining iqtisodiy talablarga javob beradigan meyorda amal qilishi bir qator shartlarning mavjud bо‘lishini taqozo qiladi. Ularning asosiylari qо‘yidagilardir: talab va taklifning erkinligini kafolatlovchi huquqiy asoslarning mavjudligi; bozor subyektlarining erkin harakat qilishi uchun zarur zamin - iqtisodiy makonning mavjudligi; jahon mehnat bozori infrastrukturasining mavjudligi; ish haqi miqdorining chegaralanmaganligi; uy-joy bozorining mavjudligi va boshqalar. Jahon mehnat bozori faqatgina bо‘sh ish joylarini yaratishga va ishsizlarga ish topib berishgagina xizmat qilmasdan, balki keng mazmundagi amaliy muammo bо‘lgan yollanma mehnat sohasini о‘rganishni ham о‘z ichiga oladi. Ana shuning uchun ham jahon mehnat bozori va aholini ish bilan band etish siyosatining obyekti bо‘lib mehnat munosabatlari va unda jalb etilgan xodimlar bilan bog‘liq keng miqyosli soha xizmat qiladi. Bunga ish haqi muammolari, mehnat sharoitlari, bajarilayotgan ishning hajmi va intensivlik darajasi, korxonalarda ish bilan ta’minlashning barqarorligi, mehnat motivlari, jahon mehnat bozorining egiluvchanligini ta’minlash, ishchi kuchini mehnatga tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqalar kiradi. Ishchi kuchiga bо‘lgan talab va taklifga ta’sir qiladigan omil ish haqidir. Ammo ushbu mexanizmdagi har bir о‘zgarish uning tarkibiga kiruvchi boshqa unsurlarning ham darhol о‘zgarishiga olib keladi. Hozirgi paytda jahon mehnat bozorining amal qilinishi va nazariy tushunchasiga har xil yondoshuvlar mavjud bо‘lib, ularni о‘rganish mehnat bozori haqidagi dunyoqarashimizni yanada boyitadi. Download 67.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling