G‘o‘za kemiruvchi va sо‘ruvchi zararkunadalari reja 1 G’oza zararkunandalarining turkumlari


Download 339.76 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi339.76 Kb.
#1521194
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
shoxidilla ko\'sak qurtiga qarshi kurash.

G‘o‘za kemiruvchi va sо‘ruvchi zararkunadalari

REJA

1 G’oza zararkunandalarining turkumlari

2 G’oza zararkunandalarining individual rivojlanishi

3 O’rgimchakkananing tuzilishi va o’simlikka ko’rsatadigan zarar

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Paxta hosilini oshirish, uning sifatini yaxshilashda Go’za zararkunandalariga qarshi kurashni to’g’riuyushtirishning ahamiyati katta. Chunki ular hosilga katta putur yetkazadi.

Go’za zararkunandalari og’iz apparatining tuzilishi va zarar keltirish xarakteriga qarab 2 xil bo’ladi: so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalar. So’ruvchi zararkunandalarga o’rgimchakkana, o’simlik bitlari, akatsiya biti, katta Go’za biti, qandalalar, beda qandalasi, dala qandalasi, sikodalar va boshqalar kiradi.

O’rgimchakkana paxta yetishtiriladigan barcha rayonlarda keng tarqalgan. o’rgimchakkanalar o’simlik qoldiqlarida, kesaklar tagida, begona o’tlarda, dala chekkalarida qishlaydi va bahorda Go’za nixollariga o’tadi. U 200 ga yaqin tur o’simlik bilan oziqlanadi. Go’za, tut, qovun, torvuz, loviya, soya, nuxat, beda, olma va boshqalarni zararlaydi, hatto parnik, teplitsalardagi bodringni ham zararlaydi. Uning Go’zaga zarari, tushish muddatiga va o’simlikda qancha turishiga bog’liq. U qancha erta tushsa shuncha ko’p zararlaydi. o’rgimchakkananing tanasi mayda, bo’yi 0,3 – 0,6 mm bo’ladi, Urg’ochisi o’zining rivojlanishida tuxum, lichinka, pronimfa, deytonimfa va imoga davrlarini kechiradi. Lichinkada 3 juft, nimfa va imogasida 4 juftdan oyoq bo’ladi. o’rgimchakkana yozda 8 – 12 kunda, bahorda 25 – 30 kunda rivojlanib avlod beradi. Yil davomida ob – havoning kelishiga qarab 12 – 20 gacha avlod beradi. Urg’ochi o’rgimchakkana 100 – 160 gacha tuxum qo’yadi, 30 – 40 kun hayot kechiradi.

O’rgimchakkana odatda shamol, o’rgimchak iplari orqali tarqaladi. U ingichka tolali G’o’zalarga sust, o’rta tolali G’o’zalarga kuchli zarar keltiradi. o’rgimchakkanalar G’o’za ostki qismiga g’uj – g’uj bo’lib, o’rnashib G’o’zaning butun o’suv davri davomida uning ashirasini so’rib oziqlanadi.


Download 339.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling