Grigoriy kalendari


Download 142 Kb.
bet1/5
Sana09.06.2023
Hajmi142 Kb.
#1472988
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Hamidullayeva Muhayyo


Farg’ona davlat universiteti Tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar)
fakulteti 22.75-guruh talabasi Hamidullayeva Muhayyoning Maxsus tarix fanlaridan tayyorlagan mustaqil ishi
Girigori kalendari: qabul qilinishi va taraqqiyoti
Reja:

  1. Kalendarga о`zgartirish kiritish

  2. Girigori kalendari

  3. Qabul qilinishi va taraqqiyoti

Eramizning 324 yili Rim imperatori Konstantin xristian dinini davlat dini deb e`lon qildi. Beruniy yozadi: Kustantin (306 - 337). U xristianlikni birinchi qabul etgan podshox, Istanbul devorlarini bino etgan. Podshoxligining birinchi yilida onasi Nilino (Iso paygambar osilgan) salib tayogini qidirdi va oxir uni topdi. О`n tо`qqizinchi yilida din raxbarlari Nikiyada tо`planib, xristian dini qonunlarini tuzdilar. (... podshoxlik muddati 21 yil).


325 yilda Nikiyada cherkov yig`ini о`tkazildi. Unda butun xristian dunyosi uchun baxorgi teng kunlik 21 martga tо`gri keluvchi Yuliy kalendarini qabul qilindi. Nikiya safarida barcha xristian mamlakatlari uchun pasxa bayramining vaqtini hisoblash qoidalarini ishlab chiqadi. Bu qoidaga binoan xristianlar pasxasi birinchi baxori tо`lgan oydan keyin keladigan birinchi yakshanbada, ya`ni eski stil (Yuliy kalendari) bо`yicha 21 martdan keyin keladigan birinchi tо`lgan oydan keyingi yakshanbada (lekin 25 apreldan kechiqmasdan) bayram qilinishi zarur bо`lgan. Sobor о`tkazilgan kun haqiqatdan ham baxorgi kun - tun tengligi kuni 21 martga tо`gri kelgan edi va dindorlar Yulian kalendarini aniq vaqt hisobi deb hisoblashgan va doim shunday bо`ladi deb о`ylashgan edilar.
Biroq Yuliy kalendari chinakamiga aniq kalendar emas. Bu kalendarga asoslangan fuqaro yili tropik yildan farq qilar edi. Agar haqiqatda shamsiy yil 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniyada teng bо`lsa, bu kalendar yilni 365 kun 6 soat hisoblardi. Buning natijasida u har yili vaqt hisobida 11 daqiqa 14 soniyaga xato qilardi. Yuliy Sezar kalendaridan xato yig`ilib borib 128 yilda 1 kunni, 384 kunda 3 kunni, 1280 yilda esa (eramizning XVI asrida kelib) 10 kunni Tashkil etardi.
Yulian kalendaridagi noaniqlik XIV asrda aniqlangan edi. 1324 yilda Vizantiyalik olim Nikifor Grigorya imperator Andronik II ga murojaat etib, baxorgi tengkunlik 21 martga tо`gri kelmasligini pasxa bayrami asta-sekin ortga surilib ketishini bildirgan edi. Shuning uchun u kalendarni tuzatib, pasxani belgilab olish lozim deb hisoblar edi. Ammo imperator islohotni amalga oshira olmasligini ba`zi provaslav cherkovlari bilan kelisholmasligini e`tiborga olib, Frigor taklifini rad etdi. Bu kalendardagi noaniqlik XIV asrning birinchi yarimida Vizantiyada yashagan grek olimi Matvey Vlastar ham ta`kidlagan edi.
Yuliy kalendarining xatosi natijasida haqiqiy baxorgi tengkunlik vaqti kalendar vaqtiga tо`gri kelmay qoladi. Kun bilan tunning baravar bо`lish payti tobora oldingi kunlarga avval 20 martga, sо`ng 19, 18, 17 va xoqazo kunlarga о`tib boradigan bо`lib qoladi. XVI asrga kelib xatto rosa 10 kunni Tashkil qilgan edi: tun - kun tengligi 21 martda bо`lishi kerak edi, haqiqatdan esa 11 martdayoq kun - tunga baravar bо`lib qolgan edi. Kun - tun tengligini kalendar bо`yicha 21 martda ishlab turish xavfli edi: xristianlarning paxsa baxorgi bayrami tobora yozga yaqinlashib bormoqda edi.
Paxsa bayrami - krestga tortilgan Isoning mо`jizaviy turishi xotirasiga bag`ishlangan bayramdir. Shu tariqa, ma`lum chora kо`rish - kalendarni tuzatish, uni islox etish extiyoji tug`iladi.
Bu kalendarni islox etish lozimligini katolik cherkovi ayollari ham tushunib yetgan edilar. XIV asrda papa Klement IV ham aytgan edi. 1414 yilning martida kalendar masalasi kardinal Fyer de Alye taklifi bilan muhokama etildi. (Kardinal lotincha - katta bosh, katolik cherkovida Rim papasidan sо`nggi oliy ruxoniylik martabasi - Papaning kengashchisi).
1437 yilda Bazel soborida ham shu asosiy muammo sifatida kо`rib chiqildi. Bu yerda uygonish davrining buyuk olimi filosof Niqolay Kuzanskiy (1401-1464y) о`zining taklifi bilan chiqishh qildi.
1475 yilda papa Sikst IV kalendar islohoti va pasxani о`z vaqtida nishonlash bо`yicha islohot boshladi. Buning uchun u Rimga taniqli nemis astronomi va matematigi Regimontni (1436-1476 y) taklif etdi. Ammo olimning tasodifiy о`limi tufayli bu islohot tо`xtab qoldi. XVI asr boshlarida ham kalendar islohoti masalalari Lateranskiy (1521-1517 y) va Fredenskiy (1545-1563 y) davrlarida safarda kо`rib chiqildi. Xatto Yevropada tanilgan Niqolay Kopernik (1473-1545 y) ham Rimga taklif etildi. Ammo Kopernik bu taklifni rad etdi.
Bunday islohot 1582 yili Rim papasi Grigoriy XIII tashabbusi bilan о`tkazilgan. Maxsus komissiya Tashkil etilib, uning tarkibiga astronomlar va ruxoniylar, shuningdek Bolon universitetining о`sha vaqtdagi mashxur astronomiya va matematika fanlari professori Ignasiy Dantenni (1536 - 1586y) kiritdi. Bu komissiyaga yangi kalendar loyixasini ishlash topshirildi.
Barcha takliflar variantlari bilan tanishib chiqqan komissiya Ferudje shahar tibbiyot universiteti о`kituvchisi, italyan matematigi, astronom va vrach Aloiziy Luidje Lilio (1520-1576 y) 1576 yili taklif etgan kalendar islohoti qoidalarini kо`rib chiqdi va ma`qulladi. (Bu vaqtga kelib Lilio vafot etgan edi). Kalendar islohotining maqsadi baxorning boshlanishi kalendardagi 11 martdan 21 martga kо`chirishdan, uni yana 21 martdan boshlanadigan qilishdan, ya`ni 10 kunlik xatoni tuzatish va keyinchalik bunday xatoning takrorlanmasligiga yetishishdan iborat bо`lgan. Komissiya tomonidan ishlab chiqilgan yangi kalendar Grigoriy kalendari (yoki Yuliy kalendaridan eski stildan farqlash uchun, yangi stil) deb atalgan. Lilio variantini 1582 yilning 24 fevralida papa Grigoriy XIII qabul qildi va maxsus bulla chiqarib, sanoq kunlarini 10 kun oldinga, 1582 yilning 4 oqtabr deb hisoblandi.
Kalendarga о`zgartirish kiritish ancha qiyin kechdi. Buning uchun tropik yil uzunligini bilish kerak edi.
Bu vaqtga kelib, nemis astronomi va matematigi Erazm Reyngoldning (1511-1553 yillarda) 1551 yilda "Pruss jadvali" nashr qilingan edi. Unda tropik yilning davomiyligi 365 kun 5 soat 49 daqiqa 16 soniya bо`lib, Hozirgi vaqtdan 30 soniya kam edi, xolos. Bu yil uzunligi Yuliy kalendar yilining uzunligidan yiliga 10 daqiqa 44 soniya, 135 yilda 1 sutka, 400 yilda 3 kundan ziyodroq farq qilardi. Demak, Yuliy kalendari xatosini tо`grilash uchun har 400 yilda vaqt hisobidan 3 kunni chiqarib tashlab turishga qaror qilingan. Yuliy kalendari bо`yicha har 400 yilda 100 ta kabisa yili bо`lishi kerak edi. Islohotni amalga oshirish uchun, demak 400 yil ichidagi kabisa yillar sonini 97 ga tushirish kerak. Loyixa avtori Lilio Yuliy kalendaridagi yuzlik sonlarni 4 ga bо`linmaydigan asriy yillarni oddiy yil hisoblashni taklif qilgan edi. Demak, yangi kalendar bо`yicha yuz yilliklarni bildiruvchi sonlarni 4 ga qoldiqsiz bо`linadigan asr yillarigina kabisa yillari qatoriga kо`shiladi. Masalan, 1600, 2000, 2400, 2800 va boshqa yillar ana shunday yillardir. 1700, 1800, 1900, 2100 kabi yillar esa oddiy yil hisoblanadi. Shunday qilib, Grigoriyning kalendari islohotidan keyin kalendar yili tropik yilga yaqinlashdi. Bu kalendar ancha aniq kalendar. Lekin u ham bari bir, tropik yildan 24soniya farq qiladi. Endi bu kalendarning xatosi yig`ilib 1 kunga yetishi uchun 3300 yil kerak bо`ladi.
Grigoriy taqvimi о`z afzalliklariga qaramay dunyoda tez tarqala olmagan.
Grigoriy Kalendarning joriy yetishi:





Mamlakatlar

Joriy etilgan yillar

1.

Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Polsha, Fransiya, Lotaringiya, Gollandiya, Luksemburg

1582.

2.

Avstriya (qismi), Bavariya Tirol Avtriya (qismi), Shvetsariya, Siliziya, VestbaliY.

1584.

3.

Avstriya (qismi), Bavariya Tirol

1583.

4.

Vengriya

1587

5.

Prussiya

1610.

6.

Protestant nemis davlatlari

1610.

7.

Daniya

1700.

8.

Buyuk Britaniya

1752.

9.

Shvetsiya

1753.

10.

Finlyandiya

1753.

11.

Yaponiya

1873.

12.

Xitoy

1911.

13.

Bolgariya

1916.

14.

Rossiya

1918.

15.

Serbiya

1919.

16.

Ruminiya

1919.

17.

Yugoslaviya va Gretsiya

1924.

18.

Eron

1925.

19.

Turkiya

1927

20.

Misr

1928

21.

Vyetnam

1967.




Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling