Hakimov Sardor Qabul qildi: Muslimov Otabek reja


Download 187.4 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi187.4 Kb.
#1369950
  1   2   3   4
Bog'liq
hakimov IAKT 1


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS
TAʼLIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Budjet hisobi va g’aznachilik fakulteti ILXKM-70 guruhi talabasi HAKIMOV SARDORNING


Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI

MAVZU: Axborat tizimlarining texnik va dasturiy ta’minoti

Topshirdi:Hakimov Sardor


Qabul qildi:Muslimov Otabek

REJA:

1. Axborot komplekslarida texnik va dasturiy ta’minoti tamoyillari.


2. Multimediya vositalari va ularning ahamiyati.
3. Dasturiy ta’minot, online operatsion tizimlari va ularni rivojlantirish tendentsiyasi.


Qo’llash sohasidan qat’iy nazar, axborot tizimlari ma’lumotlarini qayta ishlashning deyarli barcha tizimlari taminlash turlari deb ataladigan tarkibiy qismlar toplamini o’z ichiga oladi. Ularni dasturiy texnik, huquqiy, axborot tashkiliy matematik va lingvistik ta’minotlarga ajralishi qabul qilingan.

*Axborot ta’minoti - axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishni tasniflash va kodlashtirish tizimlari xujjatlashtirishning unifikatsiyalashgan tizimlari, xujjat aylanmasi va xujjatlar shakli uslublarini ratsional holga keltirishni o’z ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil qilish boyicha uslublar va vositalar yig’indisidir.


*Dasturiy ta’minot - hisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig’indisidir. Dasturiy taminot tarkibiga bazaviy va Amaliy dasturiy mahsulotlar kiradi.
*Amaliy dasturiy ta’minot - axborot tizimi funktsional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun moljallangan dasturiy mahsulotlar yigindisiozida namoyon etadi. Ular ham universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, malumotlar bazasi boshqaruv tizimlari) va ham maxsus vositalar – funktsional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil obektlar sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
*Texnik ta’minot – ma’lumotlarini qayta ishlash tizimini funktsiyalashtirish uchun qo’llanuvchi texnik vositalar kompleksidir. U ma’lumotlarni qayta ishlovchi namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o’z ichiga oladi
*Huquqiy ta’minot - axborot tizimini yaratish va funktsiyalashtirishni tartibga soluvchi huquqiy meyorlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Axborot tizimini qayta ishlashning huquqiy ta’minoti AT buyurtmasiga va tayyorlovchi ortasidagi shartnomaviy ozaro munosabatlar me’yoriy aktlari, chetga chiqishlarining huquqiy tartibga solinishini o’z ichiga oladi.
*Lingvistik ta’minot - inson va EHM muloqotini ishlab chiqarish va taminlash samaradorligini oshirish uchun malumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yigindisini o’zida namoyon etadi.
* Axborot tizimlari ma’lumotlari bilan ishlash mutaxassislarga keng yordam beradi, muhandislar va loyihachilarning ish samaradorligini oshiradi. Bunday axborot tizimlarining vazifasi – tashkilotlarga yangi ma’lumotlarni integratsiyalash va qog’oz xujjatlarni qayta ishlashga yordam berishdan iborat. Sanoat jamiyati axborot jamiyatiga aylanib borar ekan, iqtisodiyot mahsuldorligi borgan sayin bu tizimlar rivojlanishi darajasiga bogliq bo’la boradi. Bunday tizimlar ayniqsa ishchi stantsiyalar va offis tizimlari korinishda bugungi kunda biznesda juda tez rivojlanmoqda.

Axborotlarni ishlab chiqarish vositlari- har xil quvvatga ega bo’lgan va xilma xil turlardagi elektron hisoblash mashinalari, hisoblash tarmoqlari, ish stansiyaalri, mini va mikro kompyuterlar hamda turli vazifalarni bajaruvchi serverlar axborot texnologiyalari texnik ta’minotining asosini tashkil etadi. Bu texnik vositalarning turlari hamda imkoniyatlsri jamiyatni avtomatlashtirish darajasi bilan mos holda doimiy ravishda va uzluksiz rivojlanib bormoqda. Agarda shaxsiy kompyuterdan kichik mahalliy tarmoqning avtomatlashtirilgan ish joyi sifatida foydalanilsa, ishlash uchu zarur barcha axborotlar markazlashtirilgan holda saklansa, unda ishlab chiqarilayotgan axborotlarning xajmi katta bo’lmaydi. Bunda ishning tezligi kompyuterning tez ishlashi bilan emas, balki operator va mashina dialogining tezligi bilan belgilanadi. Bunda kelib chiqadiki, ushbu xollarda nisbatan kichikroq tezlikka ega bo’lgan va o’rtacha tezkor xotira hajmiga ega bo’lgan EHMni qo’llash mumkin. Boshqa xollarda, agar kompyuter katta hajmli hujjatlarni muntazam tayyorlash uchun mo’ljallansa va buning uchun axborotlarning katta massivlaridan foydalanilsa, unda tashqi va ichki xotiraning katta hajmiga ega qudratli mashinalardan foydalanish lozim bo’ladi.




Download 187.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling