Halqumning o`tkir va surunkali kasalliklari o`tkir va surunkali faringitlar
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
3 - мавзу 5d859023fcb32383a497288d282562c5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bemorlarni shikoyatlari
- Kataral Gipertrofik Atrofik Kataral faringitda
- Gipertrofik faringitda
- Epidemik vaziyat
- siniflarga bo`lish maqsadga muofiqdir.
- Kataral angina.
- Kataral, lakunar va follikulyar anginalarni davolash
- Flegmonoz angina (intratonzillyar abstsess).
HALQUMNING O`TKIR VA SURUNKALI KASALLIKLARI O`TKIR VA SURUNKALI FARINGITLAR Halqum shilliq pardasining o`tkir yallig’lanishi (o`tkir faringit) aksariyat xollarda burunni bo`shlig’ini o`tkir yallig’lanishi bilan birga kechadi, ammo ba`zan, o`zini aloxida yallig’lanishi xam uchrab turadi. O`tkir faringitning paydo bo`lishida burun va burun yondosh bo`shliqlarining yallig’lanishlari, kasbdagi zararli omillar (chang, turli kimyoviy chiqindilarni ta`siri), ichkilik ichish, tamaki chekish, juda issiq va achchiq ovqat tanovul qilish kabilar sabab bo`ladi. Bundan tashqari ayrim yuqumli va qon kasalliklarda (terlama, chechak, agranulotsitoz, limfogranulomatoz va boshqalar) xam halqumda ikkilamchi o`tkir faringit kabi yallig’lanish kuzatiladi.
yo`talga bo`ladi. Tomoqdagi og’riq quruq, so`lakni yutishda kuchayadi. Og’riq burun halqumga, quloqqa tarqaladi, keyinchalik yallig’lanish jarayoni tarqalib, tanglay yoylarini qamrab olgandan so`ng, bemorlarda tomoqda yot jism borligiga shikoyat paydo bo`ladi. Ayrim xollarda toqdagi achishish xissiyoti shu darajada kuchli bo`ladi, xatto bemorlarda ko`zlaridan yosh oqadi. Bemorlarni umumiy xolati keskin o`zgarmaydi, ularda sezirarli quvvatsizlik, tana xaroratini subfebril ko`tarilishi va ishtaxani buzilishi kuzatiladi. Faringoskopiya qilinganda halqum shilliq qavatlari loklangandek qizarib, yaltirab ko`rinadi. Orqa devori shilimshiq ajralmalar bilan qoplanga, limfoid granulalar qizarib kattalashgan, qon tomirlari bo`rtgan bo`ladi. Kasallikni yon tomonlarini yallig’lanishi turida, ikki yon tomondagi valiklarni qizarib, shishganligi ko`zga tashlanadi, bunday o`zgarishlar tanglay yoylari, kichik tilga, xiqildoq ustki tog’ayi va xiqildoqni kirish qismilariga xam tarqaladi. Shiliq osti bezlarini faoliyati kuchayganligi sababli, Halqum shilimshiq ajralma bilan to`lgan bo`ladi.
Rasm 4. O`tkir faringit
O`tkir faringitni oddiy kataral anginadan, qon kasalliklarida halqumdagi ikkilamchi o`zgarishlardan va halqumni yolinidan (roja) farqlash lozim. O`tkir faringit odatda maxalliy davolanadi. Davolashni qatnab, ambulator olib boriladi va dastlab kasallikni keltrib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilishdan boshlanadi. Bemorlarga iliq suyuq ovqatlar tavsiya qilinadi, tomoqni chayish uchun iliq antiseptik dorilarni qaynatmalari (evkalipt, shalfey va romashka qaynatmalari, natriy gidrokorbanat eritmasi) buyuriladi. Kuniga 4-5 maxal ingalipt yoki kameton aerozollari sepish tavsiya etiladi va burunga moyli tomchilar (oblepixa, o`rik danagini moyi, shaftoli danagini moyi kuniga 4 maxal tomiziladi) tayinlanadi. Yog’li tomchilarni bemorlarga yotgan xolda tomizish buyuriladi, bundan yog’lar burun orqali o`tib halqumni orqa devorini yog’laydi. Natijada shilliq qavtlar yuzasida moyli ximoya qatlami xosil bo`ladi. Xarorat subfebril bo`lganda antibiotiklar va sul’fanilamid preparatalari qo`llaniladi. So`rish uchun falimint, faringosept yoki antibiotiklardan makropen qo`llash yaxshi natija beradi. Oxirgi vaqtlarda antiseptik va og’riqsizlantiruvchi xususiyatga ega bo`lgan loroben qo`lanilmoqda. Lorben sprey xolida kuniga 4-6 maxal sepish tavsiya qilinadi. Fizioterapevtik muolijalardan halqumni orqa devoriga UF nurlari bilan ta`sir etish va yog’li-ishqorli ingolyatsiya qo`llaniladi.
Surunkali faringit: kasallik asosan o`tkir faringitdan keyin rivojlanadi. Uning paydo bo`lishiga o`z vaqtida davolanmagan o`tkir faringit, burun va burun yondosh bo`shliqlari kasalliklari, oshqozon-ichak, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, diatez va qandli diabet, zararli odatlar (chekish, spirtli ichimlmklar ichish), kasbdagi turli salbiy (kimyoviy va fizik) ta`sirlar, iqlim (quruq, issiq va chang xavo) sharoitlari sabab bo`ladi. Surunkali faringitning uch turi tafovut kilinadi:
Gipertrofik Atrofik
shikoyat qiladilar. Faringoskopiyada halqum orqa devorini shilliq qavatlari qizarib shishgan, qon tomirlari bo`rtib chiqqan va yuzasida ko`p miqdorda shilimshiq ajralma bo`ladi.
namoyon bo`ladi va ikki xil - tarqalgan (diffuz) yoki chegaralangan ko`rinishda kechadi. Halqumda ko`p xosil bo`lgan balg’am reflektor qo`zg’alish keltirib chiqarib, bemorlarni doimo yo`talib tupurishga majbur qiladi. Tomoqda yot jism xissiyoti bemorlarda o`sma borligi vaximasi “rakofobiya” olib keladi va ular doimo turli yo`nalishdagi vrach mutaxasisslarga murojat qilishga majbur. Faringoskopiyada-shilliq qavatni epiteliy qatlamlarini ko`payishi xisobiga diffuz yoki chegaralangan gipertrofiya kuzatiladi. Joylarda tsilindrik epiteliy yassi epiteliyga almashadi. Gipertrofik jarayon asosida joylarda esa kistalar xolida ko`rinadi. Qon tomirlar bo`rtib chiqqan, shilliq qavat yuzasida yiring aralash balg’am bo`ladi. Klinik kechishi bo`yicha gipertrofik faringitlar granulez va yonbosh faringit turlariga bo`linadi. Granulyoz faringitda halqumni orqa devori o`rtasida, qizarib shishigan shilliq qavat asosida, joylarda qizarib bo`rtgan limfoid granullar ko`zga tashlanadi. Yonbosh faringitda bunda o`zgarishlar halqumni orqa devorini ikki yon tomonlaridagi, orqa tanglay yoyiga paralel joylashgan limfoid to`qimalarda kuzatiladi.
Surunkali atrofik faringitni ko`pincha surunkali faringitlarni yakunlanish bosqichi deb xam ataladi, chunki uzoq davom etgan surunkali yallig’lanish keyinchalik, ko`pincha atrofik jarayon bilan yakunlanadi. Bemorlarni shikoyatlari: tomoqni qurqushab qolishi, tomoqda og’riq, yutinishni qiyinligi va tomoqda yot jism borligi xissiyotiga bo`ladi. Bemorlar achchiq va sho`r taomlar istemol qilishganda yuqoridagi belgila kuchayib ketadi. Tomoqdagi quruqshash belgisi bemorldarni uyqudan bezovta qiladi. Shunin uchun xam ular tomoqni xo`llash maqsadida doimo suyuqlik ichishga majbur. Atorfik jarayon qanchalik kuchli rivojlangan bo`lsa, yutinishni qiyinligi shunchalik keskin namoyon bo`ladi. Bemorlarni og’izdan noxush xid keladi. Tomoqdagi doimiy yot jism borligi va quruq yutinganda yot jism yuqoridan pastga o`tgandek xissiyoti bemorlarda o`smaga gumon tug’diradi. Shuning uchun xam bu bemorlar doimo vrachlar xuzurida turli tashxislar bilan davolanadilar.
shaklida rivojlanadi. Shilliq qavati quruqshagan, yupqalashgan va qizargan bo`ladi, shuning xisobiga halqum shilliq qavati loklangan singari yiltirab ko`rinadi. Shilliq qavat yuzasida qo`yiq shilimshiq ajralma yoki quruq qasmoq bo`ladi . Davolash: Kasallikni davolash qilinik ko`rinishiga asoslangan xolda olib boriladi. Kasallikni qaysi ko`rinishi bo`lishidan qa`tiy nazar davolashni bemorlarga chekish va spirtli ichimliklarni ichish man etishdan boshlanadi. Tashqi muxitini salbiy ta`siri, ishlab chiqarishdagi nojuya ta`sir etuvchi omillarni bartarf qilishga erishish zarur. Surunkali faringitlarni davolashdagi asosiy yo`nalish bu ingolyatsiyalar tavsiya qilish bilan olib borishdir. Agar surunkali kataral faringit bo`lsa ingolyatsiya uchun turli o`simlik (shalfey, chinni gul, evkalipt) antiseptik xususiyatiga ega bo`lgan damlamalari, gipertrofik turida esa yuzaki kuydiruvchi va bujmaytiruvchi dorilar, atrofik ko`rinishida ishqorli-yog’li muolijalar tavsiya qilinadi. Gipertrofik faringitlarda tomoqni 5-10% taninni glitserindagi eritmasi bilan surtish yoki kattalashgan granulalarni kumush nitrat, uch xlorli sirka kislotasi eritmasi bilan aloxida-aloxida kuydiriladi. Ayrim xollarda bu kattalashgan granulalar termik yoki muzlatish (krio ta`sir) usuli bilan xam kuydiriladi. Atrofik faringitda yog’li-ishqorli ingolyatsiyalardan tashqari yana halqum shilliq kavati Lyugol’ eritmasi bilan massaj qilinadi, vitamin A yog’li eritmalari surtiladi, shilliq qavati ostiga turli bioaktiv dorilar (gumizol, aloe) yuboriladi. Fizioterapevtik muolijalardan qo`shimcha yana lazer nurlari va magnit to`lqinlari ta`sir etish usulari bilan davolash yaxshi yordam beradi. Jag’ osti soxasiga 0, 5% nikotin kislatasi eritmasi bilan elektroforez qilish davolash kuchaytiradi. Vitaminlarni qo`llash davolanish ta`sirini kuchaytiradi.
Angina o`tkir umumiy yuqumli kasallik bo`lib, bunda bitta yoki bir nechta halqum bezlarini maxalliy o`tkir yallig’lanishi namoyon bo`lishgi bilan kechadi. Anginalar kelib chiqishi bo`yicha birlamchi va ikkilamchi, boshqa kasalliklarda tomoqda angina sifatida yallig’lanish jarayoni kuzatiladi, (o`tkir yuqumli kasalliklar- bo`g’ma, ich terlama, qizilcha va tuleremiyada, qon kasalliklarida-yuqumli mononukleoz, agranulotsitoz, alimentar toksik aleykiya va leykozda). Angina keng tarqalgan kasalliklar qatoriga kirib axolini 4-6 % qismida uchraydi. . Askariyat xollarda tanglay bezlarini (1-2 bezlar) o`tkir yallig’lanishi kuzatiladi, shuning uchun xam «angina» deganda tanglay bezlarini o`tkir yallig’lanishi tushuniladi. Angina lotin tilidan kelib chiqqan so`z ”anqo”, bo`g’ilmok yoki qisilmoq ma`noni anglatadi. Angina tushunchasi ko`p adabiyotlarda o`tkir tonzillit deb xam yuritiladi. Kasallikni rivojlanishi fasllarga bog’liq bo`lib, sovuq va xavo namligi yuqori bo`lgan oylarda ko`p uchraydi. Angina xavo-tomchi va alimentar infektsiyasi qatoriga kirganligi uchun, atrofdagilarga tez yuqib tarqaladi. Kasallik asosan 17-30 yoshlarda ko`p (70-90%) uchraydi. Asosiy kasallik qo`zg’atuvchisi strepto-stafilokokklar va kam xollarda zamburug’lar (kandida) xisoblanadi. Insonda ximoya quvvatini pasayishi xisobiga ozgina sovuq o`tishi bilan halqum bezini o`tkir yallig’lanishi namoyon bo`ladi. Infektsiya ekzogen yoki endogen bo`lishi mumkin, halqum bezlarini shilliq pardasi yuzasiga ekzogen faktor sifatida kasallik chaqiruvchi mikrob xavo-tomchi va alimentar yo`l bilan yoki bemorga to`g’ridan-to`g’ri yaqin aloqada bo`lish natijasida o`tishi mumkin. Bundan tashqari odatda halqum shilliq pardasida, xalkum bezlarini lakunalarida bo`ladigan mikroblar yoki viruslardan autoinfektsiya sifatida rivojlanishi mumkin. Oddiy angina uch xil vaziyatda kelib chiqadi (BS. Preobrajenskiy bo`yicha). 1. Epizodik vaziyat: tashqi muxitni ijtimoiy sharoitlari yomonlashganda, immunologik ximoya quvvat pasayganda va sovuq ta`sir etganda autoinfektsiya sifatida paydo bo`ladi. 2. Epidemik vaziyat: bemordan yuqishi tufayli rivojlanadigan angina. 3. Surunkali tonzillitning qaytalanishi sifatida paydo bo`ladigan angina. Ko`pincha angina surunkali tonzillitning qaytalanishi sifatida kechadi. Kasalliknii mukkamal o`rganish uchun, ularni avval siniflarga bo`lish
tashxisi, davolash va oldini olish masalalarini yagona bir tizimga tushirishdan iboratdir. Bu maqsadda turli mualiflar o`zlarini muloxazalarini taklif qilishgan. Kasallikni sniflanishida uni klinik, morfologik, patofiziologik, etiologik va boshqa masalalarni qamrab olgan asoslangandir. Xozirgi kunda anginani eng ko`p tarqalagan va amaliyotda keng qo`llanilayotgan siniflanishi quydagicha: - kataral - follikulyar - lakunar, - fibrinoz - gerpetik - flegmonoz (intratonzillyar abstsess) - yarali-pardali - aralash. Anginada paydo bo`ladigan patologo-anatomik o`zgarishlarni asosida bez parenximasida mayda qon va limfa tomirlarning kengayishi, mayda venalarining trombozi, limfatik kapillyarning stazi aniq namoyon bo`lishi kuzatiladi. Quyida anginani xar bir turini aloxida ko`rib chiqamiz. Kataral angina. Bodomcha bezlarini yuza qismini yallig’lanishi bilan kechadi. Kasallikni boshlanish boqichi bir necha soatdan 2-4 kungacha davom etadi. Klinik belgilari birdaniga namoyon bo`ladi, bemorlarni shikoyatlari tomoq qurishi, qirilishi, ozgina og’riq sezishdan va yutinishda bu og’riqlarni kuchayishidan iborat bo`ladi. Bemorlarni umumiy xolsizlanish, bosh og’rig’i, bo`g’imlarda og’riq, a`zoi badanda quvvatsizlik alomatlari bezovta qiladi. Tana xarorati odatda subfebril (37- 37, 5S) bo`ladi, periferik qonda yallig’lanishga xos ozgina o`zgarish, leykotsitlar miqdori ortib, SOE tezlashganligi kuzatiladi. Faringoskopiyada tanglay bezlari va tanglay yoylarining chetlarida qizarish va shish kuzatiladi, bezlar birmuncha kattalashadi, ayrim joylari shilimshiq aralash yiringli yupqa ekssudat parda bilan qoplangan. Til quruq, karash bilan qoplangan. Ko`pincha regionar (jag’ osti va bo`yin tugunlari) limfatik tugunlarning kattalashish va ushlab ko`rilganda og’riqlik bo`ladi. Bolalarda xamma klinik alomatlar katta kishilardagiga nisbatan kuchli namoyon bo`ladi. Kasallik 3-5 kun davom etadi va sekin-asta yallig’lanish pasayib bemor tuzalishi yoki aksincha yallig’lanish alomatlari kuchayib anginani boshka og’irroq ko`rinishiga o`tishi mumkin. Follikulyar angina. Kasallikni boshlanishdagi yashirin davri uncha uzoq bo`lmaydi. Ko`pincha bir necha soat, ba`zan bir necha kun davom etadi va kasallik o`tkir, odatda tana xaroratining 38-39 S gacha ko`tarilishi va qaltirash bilan boshlanadi. YUtinganda tomoqda kuchli og’riq paydo bo`ladi, ko`pincha og’riq quloqqa, bo`yinga tarqaladi, aksariyat so`lak ajralishi kuchayadi. Bemorlarda umumiy intoktsikatsiya rivojlanib, umumiy quvatsizlik, bosh og’rig’i, bo`g’imlar va yurak soxasida og’riq va ishtaxani buzilishi paydo bo`ladi. Bolalarda kasallikni klinik belgilari, umumiy intoksikatsiya birmuncha og’iroq bo`ladi: Tana xaroratini yuqori bo`lishi bilan birga ishtaxa buziladi, ko`krak yoshidagi bolalarda ich ketishi kuzatiladi, intoktsikatsiya kuchayib, meningizm alomatlari paydo bo`ladi va bemorni ko`ngli aynib qayt qiladi. Qondagi o`zgarishlar: neytrofil leykotsitoz bo`lib, leykotsitlar soni 12000 dan 15000 gacha ko`tariladi, eozinofiliya, SOE ko`pincha soatiga 30-40 mm. ni tashkil etadi. Siydikda oqsil paydo bo`ladi. Odatda regionar limfatik tugunlar kattalashgan, ular paypaslanganda og’riydi, taloqning kattalashishi kuzatiladi.
infil’tratsiya kuzatiladi, bezlar kattalashib, kizaradi, shishadi yuzalarida yumaloq, ozgina ko`tarilib turadigan sarg’imtir yoki oqimtir sarg’ich rangda 3 mm. gacha xajimda bo`lgan ko`p sonli yiringli nuqtalar ko`rinadi. Bu yiringli ajralmalar shpatel’ bilan olinsa engil ko`chadi. Bodomcha bezlari yuzalaridagi yiringli nuqtalarni adabiyotlarda “osmon to`la yulduzlarga” qiyoslaydi. Bu yiringli nuqtalar bezlarni follikulalarini yallig’lanishi natijasidir. Kasallik besh- etti kun davom etadi, keyinchalik asta-sekin yallig’lanish jarayoni pasayib, intoksikatsiya belgilari yo`qoladi, tana xarorati mo`tadillashadi va bemor asta-sekin sog’ayib ketadi. Ayrim xollarda yallig’lanish jarayoni kuchayib bez oldi to`qimalarini yallig’lanishi (paratonzillit yoki paratonzilyar abstsesslar) bilan asoratlanishi mumkin.
Kataral angina Lakunar va follikulyar angina
follikulyar anginadagi kabi bo`ladi. . Lakunar angina follikulyar anginaga qaraganda birmuncha og’ir kechadi. Anginalarni bu turlarini lakunar va follikulyar ko`rinishlariga bo`linishi shartli xisoblanib bir bemorni o`zida bir vaqtda xam lakunar xam follikulyar angina ko`rinishi uchrashi mumkin. Ayrim adabiyotlarda lakunar angina, folikulyar anginani kelgusi bosqichi deb xisoblaydi. Folikulyar angina kabi kasallik birdaniga tana xaroratini 40 S ko`tarilishi, qaltirash, intoksikatsiya belgilarini keskin namoyon bo`lishi bilan boshlanadi. Bemorlarni tomoqda qattiq og’riq, yutinishni qiyinligi, og’izdan ko`p miqdorda so`lak ajralishi,
bosh og’rig’i, bo`g’imlar va yurak soxasida og’riqlar bezoata qiladi. Umumiy intoksikatsiyani kuchayishi xisobiga bemorlarda loxaslik va butun tanada og’irlik bezovta qiladi.
avval xosil bo`lgan oq-sarg’imtir rangli yiringli ajralmalar keyinchalik kattalashib bir-birlari bilan qo`shilib yiringli orolchalar xosil qiladi. Bunday yiringli orolchalar faqat bezni yuzasida joylashgan bo`lib, bez tashqarisiga tarqalmaydi. Ammo shilliq qavtlarni qizarib shishi atrofga keng tarqaladi. Kasallik 5-7 kun davom etadi va keyinchalik yallig’lanish belgilari asta-sekin pasayib bezni shishi va qizarishi pasayadi, bez yuzasidagi yiringli ajralmalar yo`qoladi, ammo tana xarorati umumiy intoksikatsiya xisobiga yana bir necha kun ko`tarilib turadi, kattalashgan jag’ osti limfatik bezlar uzoq vaqt og’riqli bo`lib turadi. Agar lakunar angina asoratlansa (paratonzillit va paratonzillyar abstsess), unday xolatda yallig’lanish jarayoni ancha vaqtgacha cho`zilishi mumkin.
anginalarni kelib chiqishi va klinik kechishlari deyarli bir xil bo`lganligi, amaliyotda eng ko`p uchraganligi uchun, davolash masalalari umumlashtirilgan xolda, aloxida ko`rib chiqiladi. Kasallikning birinchi kunlaridan bemorlarni uyda yotqizilib davolanadi, ularga keskin jismoniy xarakatlar qilmaslik buyuriladi, bu tavsiya kasallikning davolashda xamda asoratlarning oldini olishda eng muxim chora xisoblanadi. Kasallikni atrofdagilarga yuqishini oldini olish uchun bemorning yotgan joyi parda bilan to`sib, atrofdagilardan ajartiladi, ularga ovqatlanish uchun aloxida idish-tovoqlar va parvarish buyumlari ajratiladi, anginaga moyil bolalar bemor xuzuriga kiritilmaydi. Kasallik og’ir kechishi bilan boshlanganda bemorlar darxol kasalxonaga yotqiziladi. Parxez ovqatlar: suyuq, iliq, yumshoq, sutli ovkatlar, vitaminlar tayinlanadi. Maxalliy davolash uchun iliq natriy gidrokarbonat eritmasi (200 ml suvga 1 choy qoshiq natriy gidrokarbonat yoki natriy xlorid eritmasi), furatsillin, kaliy permanganat, vodorod peroksid, kalendula damlamalarini birortasi bilan tomoqni kuniga 5-6 maxal chayish tayinlanadi, bo`yinga kuniga 4-5 maxal spirtli isitadigan bog’lov qilinadi. Umumiy davolash uchun isitma tushiruvchi va antibakteral preparatlar buyuriladi. Antibiotiklardan penitsillinni (bemorning yoshiga qarab sutkasiga 1500000- 2500000 TB dozada odatda 5 kungacha inektsiya qilish maqsadga muvofik), yoki boshqa ta`sir doirasi kengi antibiotiklar tegishli miqdorda qo`llaniladi. Neomitsin, monomitsin, streptomitsin kabi ototoksik ta`siri bor
preparatlarni imkoniyat darajasida qo`llamaslik zarur. Bemorlarni umumiy axvolini e`tiborga olib, antibiotiklarni ichishga tavsiya qilish mumkin. Kandidozning rivojlanishini oldini olish uchun atibiotiklar bilan birga ichishga nistatin yoki levorin tavsiya qilinadi. Organizm sezgirligini pasaytirish maqsadida antigistamin dorilari (dimedrol, suprastin, diazolin va boshqalar) qo`llash maqsadga muvofiq. Yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi sifatida salitsilatlar qo`llaniladi. Bo`yin soxasiga spirtli kompreslar ( xar 3 soatda yangilanishi shart) qo`yiladi. Davolash ishlari doimo qon, siydik taxlili va kardiogramma natijalarini nazorat qilish bilan olib boriladi. Kasallikning maxalliy va umumiy alomatlari yo`qolgandan so`ng 2-3 kun kuzatiladi, agar xech qanday asorat belgilari kuzatilmasa ularga jismoniy ishlar bilan shug’ullanishiga ruxsat beriladi. Bemornnig ishga layoqatsizlik muddati o`rta xisobda 10-12 kunni tashkil qiladi.
og’ir va ko`p asorat beradigan ko`rinshiga oid bo`lib, bodomcha bezlarini ma`lum bir qismini yiringli yalig’lanib, flegmona yoki abstsess xosil bo`lishi bilan davom etadi. Boshqa turlariga qaraganda kasallik nisbatan kam uchraydi, uning paydo bo`lishi bezning yiringli yallig’lanishi bilan bog’liqdir: odatda bir tomonlama bo`ladi. Flegmanoz angina boshqa anginalardan so`ng asorat sifatida yoki bezning shikastlanishdan natijasida paydo bo`ladi. Boshlanishi keskin tomoqda qattiq og’riq, yutinishni qiyinligi, qaltirash, bosh og’rig’i, kamquvatlik, tana xaroratini yuqoriga ko`tarilishi (39-40 S) bilan boshlanadi. Tomoqdagi og’riq shu darajada kuchli bo`ladiki, bemorlar xatto boshini burishini xam iloji bo`lmaydi. Og’izdan noxush xid keladi, yutinish jarayoni og’riqli bo`lganligi sababli og’izda ko`p miqdorda so`lak to`planadi. Bemorni terisi oqimtir-kulrang, yopishqoq ter bilan qoplanadi, bu xolat umumiy intoksikatsiyani kuchli ekanligidan darak beradi.
Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling