Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga EGA va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi


Download 24.8 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi24.8 Kb.
#232260
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bosh psixologiya


Jamoa (lotincha „komandus“ so‘zining tarjimasi bo‘lib, yi-g‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini beradi) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy aha-miyatga ega, umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda „jamoa“ tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tash-kiliy guruhi tushuniladi (masalan, ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamoasi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. O‘quvchilar jamoasi o‘ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga ega. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz.

Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga yo‘nal-tirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xusu-siyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahami-yatga ega. Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining ya-gona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya’ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblandi. Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun mas’uliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga mansublik hissining paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, jamoa bilan munosa-batda bo‘lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida o‘zaro hissiy birlik (bir-birini yoqtirish hissi) yuzaga keladi. Ushbu munosabat, ko‘pincha, o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Jamoa a’zola-ri o‘rtasidagi ruhiy birlik mazmuni ular orasida hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir. Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim.


O‘quvchilar jamoasi — bu ijtimoiy ahvoli, shuningdek, say-lov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o‘zaro birlikka ega o‘quv-chilar guruhidir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi mu-nosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday gu-ruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator bel-gilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhidan ajratib turadi. Jamoani tashkil etish metodikasi oxirgi kunda ancha to‘liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etilgan jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash na-zariyasiga tayanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o‘quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo‘-ladigan munosabatlarini tahlil etish bilangina cheklanib bo‘l-maydi. Jamoada shaxsni yakka tartibda tarbiyalashdan maqsad maktab o‘quvchisini o‘z-o‘zini tarbiyalashga jalb etish, uni tegishli malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga bo‘yni yor bermaydigan tarbiyasi qiyin bolalar — bu, albatta, yomon o‘zlashtiruvchilar emas.

Zamonaviy sinf rahbari o‘quvchilarning yomon xulq-at-vori, past o‘zlashtirishlarining sabablarini puxta o‘rganadi. Bunda o‘quvchining sinfdoshlari bilan munosabatlari, bu munosabat-larning ma’naviy asoslari eng muhim masalalardan biridir. Jamoa munosabatlari, dastavval, muayyan tamoyillarga asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga yo‘naltirib turadigan o‘ta mas’uliyatli munosabatlardir. Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o‘quvchini ja-moa faoliyatiga jalb etishdan, jamoani esa mazkur o‘quvchi bilan qiziqtirib qo‘yishdan ham iborat


Jamoa faoliyatini tashkil etishda o‘quvchilarning shaxslararo real mavjud bo‘lgan aloqalarini hisobga olish ikki xil maqsadga erishish: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular o‘r-tasidagi muomalaga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Jami-yatning qanchalik rivojlanganligini oila farovonligida, shaxsning kamolotida ko‘rish mumkin. Yoki shaxsning barkamolligi, oila-ning to‘la-to‘kisligiga qarab, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma’-naviy-axloqiy ahvolini bilish mumkin. Chunki shaxs — oila — ja-miyat munosabatlari o‘zaro mustahkam bog‘langan. Shuning uchun shaxs oila, jamiyat muhitida shakllanadi, kamol topadi. Jamoa rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilar-dan biri — o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga ishtiyoqi chi-qindi qog‘oz (makulatura) yoki metallom (temir-tersak) to‘plash, kechaga tayyorgarlik ko‘rish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Sinf rahbari jamoa-ning rivojlanish darajasini belgilash uchun bolalarda ularning hozirgi va bo‘lajak hayotlarida ijtimoiy ahamiyatga molik maqsad-lari mavjudligini bilishi muhim, ya’ni jamoaning hayotiy faoli-yati istiqbollarini barcha yoki yarim o‘quvchilar qabul qilishini va bu istiqbollarning xususiyati qandayligini bilib olishi zarur.

Download 24.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling