Hasharotlarning ichki tuzilishi pptx


Download 1.97 Mb.
bet1/14
Sana10.11.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1764875
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Hasharotlar ichki tuzilishi

Hasharotlarning ichki tuzilishi

Reja:

  • Ovqat hazm qilish organlari sistemasi
  • Nafas olish sistemasi
  • Qon aylanish sistemasi
  • Ayirish sistemasi
  • Nerv sistemasi va sezgi organlari

Hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi

  • Hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi halqum, qizilo‘ngach, muskulli oshqozon, haqiqiy oshqozon, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak, to‘g‘ri ichakdan tashkil topgan bo‘lib, anal teshigi bilan tugaydi. Ba’zi hasharotlarda qizilo‘ngach kengayib yoki bir tomonga bo‘rtib chiqib, jig‘ildon hosil qiladi. Oldingi ichak halqum, qizilo‘ngach, jig‘ildon va muskulli oshqozonni o‘z ichiga oladi. Haqiqiy oshqozon o‘rta ichakni tashkil etadi. Orqa ichak o‘rta ichakdan anal teshigigacha bo‘lgan qismni tashkil etadi. Ovqat hazm qilish sistemasi organlari orasida eng ingichka va uzuni qizilo‘ngach bo‘lsa, eng yo‘g‘oni va kengi haqiqiy oshqozondir.

Ayrim hasharotlar ichagining diametri bir xilda bo‘ladi. Ularning uzunligi har xil hasharotlarda turlicha. Masalan, yirtqich hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi o‘simliklar shirasini so‘ruvchilarnikiga qaraganda kaltaroq bo‘ladi. Shu bilan birga chigirtkalar o‘simliklar bilan oziqlansa ham ichaklari kalta, lekin yo‘g‘on bo‘ladi. Hasharotlarning halqumi naysimon tuzilgan, ayrim qismlari kengaygan bo‘lib, ayniqsa, og‘iz apparati so‘ruvchi bo‘lganlarda halqum o‘simliklar shirasini so‘rishda nasos vazifasini bajaradi. Hasharotlar xartumi o‘simliklar to‘qimasiga sanchilgandan so‘ng so‘ruvchi halqumi muskullar yordamida kengayadi, suyuqlik o‘simliklar shirasi bosimi ostida siyraklashgan halqum bo‘shlig‘iga o‘tib, og‘iz organi naychasi orqali so‘rilish sodir bo‘ladi. Kemiruvchi hasharotlarning halqumi ovqatni hazm qilish organlariga o‘tkazish vazifasini bajaradi. Halqumda so‘lak bezlari naysimon, shingilsimon yoki xaltachasimon tuzilgan, ayrim hollarda so’lak bezlarida rezervuar holida bo’ladi.

  • Ayrim hasharotlar ichagining diametri bir xilda bo‘ladi. Ularning uzunligi har xil hasharotlarda turlicha. Masalan, yirtqich hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi o‘simliklar shirasini so‘ruvchilarnikiga qaraganda kaltaroq bo‘ladi. Shu bilan birga chigirtkalar o‘simliklar bilan oziqlansa ham ichaklari kalta, lekin yo‘g‘on bo‘ladi. Hasharotlarning halqumi naysimon tuzilgan, ayrim qismlari kengaygan bo‘lib, ayniqsa, og‘iz apparati so‘ruvchi bo‘lganlarda halqum o‘simliklar shirasini so‘rishda nasos vazifasini bajaradi. Hasharotlar xartumi o‘simliklar to‘qimasiga sanchilgandan so‘ng so‘ruvchi halqumi muskullar yordamida kengayadi, suyuqlik o‘simliklar shirasi bosimi ostida siyraklashgan halqum bo‘shlig‘iga o‘tib, og‘iz organi naychasi orqali so‘rilish sodir bo‘ladi. Kemiruvchi hasharotlarning halqumi ovqatni hazm qilish organlariga o‘tkazish vazifasini bajaradi. Halqumda so‘lak bezlari naysimon, shingilsimon yoki xaltachasimon tuzilgan, ayrim hollarda so’lak bezlarida rezervuar holida bo’ladi.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling