Hayotda qonun barchaga barobarmi?


Download 14.69 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi14.69 Kb.
#1387927
Bog'liq
esse, Hayotda qonun barchaga barobarmi


Hayotda qonun barchaga barobarmi?
Hayotimizni tartibga solish uchun turli xil qonun va qoidalar mavjud. Bu qoidalar yozilgan yoki yozilmagan qoidalar bo‘lishi mumkin. Xo‘sh rostdan ham bu qoidalar hamma uchun barobarmikan? Xo‘sh umuman davlat tomonidan yozilgan qoidalarni qo‘yib turaylik shunchaki inson ongida barcha barobarmi? Inson ongida rivojlangan, xalq orasidagi qonunlar barcha uchun barobarmi?
Siz aytishingiz mumkin ha barobar deb unda nega o‘g‘il farzand ko‘rsa katta to‘yu tomosha berishadi qiz tug‘ilsa aksincha ko‘pchillikni dili xira bo‘lishi menimcha ko‘pchilligimizga sir emas, aslida hamma ham birdek farzand emasmi! Unda nega sevimli farzandlar har doim jazodan qutilishadi boshqalari esa aksincha. Unda nega begonalarning aybini jar solishga, davlatga topshirishga shoshamiz va lekin yaqin qarindoshlarimizni yashiramiz. Unda nega amaldor shaxs kelsa ikki bukilib salom berishadi va davra to‘riga o‘tkazishadi mol boqarga (Oddiy va qora ish qiluvchi martaba nazarda tutilmoqda) esa qo‘l o‘rniga oyoq uzatiladi davra burchagi tugul va xato o‘z davraga qo‘shishmaydi. Unda nega hokim ko’chasi asfalt boshqa mahallada esa yo’llar tamir talab. Bu yerda tenglik ko‘rinayabdimi!? Nega endi bu yerda ko‘rinmagan tenglikni qonunlarda ko‘rishga urinishimiz kerak!?
Bir siyosatchi qonunlar haqida shunday degan ekan - "Qonun o‘rgimchak to‘riga o‘xshaydi mayda jonivorlarni ilib qoladi ammo katta jonivorlarga kuchi yetmaydi!". Qonun oddiy xalq uchun bu kundek ravshan. Kim diktator bo‘lsa o‘sha qonunni yozadi. Kim o‘z qo‘lini chopishni xohlardi. Kim o‘zinikilarni jazolashni xohlaydi. Balki qonun buzilmas u aylanib o‘tilar lekin shu maʼlumki bu narsalar oddiy xalq uchun mavhum narsalar, tepada nimalar bo‘layotganini pastdagilar bila olishmaydi va tepadagilar nimani ko‘rsatishsa nimani haq deyishsa shu bo‘ladi va shunga ishonishadi. Barchamiz kimningdur nog‘orasiga ochiqdan ochiq o‘ynab beramiz. Aslida tan olishimiz kerak bu jamiyatimizda hamma narsani pul va mansab boshqaradi. Navbat kutib turgan amaldorni ko‘rmaganmiz, hattoki postlarda to‘xtatilmaydi nomeri ko‘rindimi yo‘li ochiq. Bu esa jamiyatimizda tenglik yo‘qligini ko‘rsatadi.
Mansabdorlar old qatorda oddiy xalq ort qatorda o‘tirarkan tenglik mavjud bo‘lmaydi. Mansabdorlar navbat kutmasdan o‘z ishini bitta telefon bilan bitirsa oddiy xalq esa idorama-idora chopar ekan tenglik mavjud bo‘lmaydi. Amaldorlar og‘izga kelgan gapni gapirar ekan oddiy xalq esa o‘z dardini baralla ayta olmas ekan tenglik mavjud bo‘lmaydi. Mansabdorlar bilganini qilshsayu xalq bunga ko‘z yumib jazoga tortmas, torta olmas ekan tenglik mavjud bo‘lmaydi. Mansabdorlar issiq o‘rnida xalq esa sarsonu sargardon, elektr va gaz tanqis joylarda, metan quyish shaxobchalarida soatlab navbatda turar ekan bu yerda tenglik bo‘lmaydi
Download 14.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling