Lug`aviy ma’no va uning tarkibiy qismlari Reja: Leksemaning lug`aviy ma’nosi shakllanishi


Download 22.77 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi22.77 Kb.
#1120199
  1   2   3
Bog'liq
Lug`aviy ma’no va uning tarkibiy qismlari


Lug`aviy ma’no va uning tarkibiy qismlari
Reja:

  1. Leksemaning lug`aviy ma’nosi shakllanishi

  2. Semalar

  3. Grammatik va repertik atamalar lug'ati

Lug`aviy ma’no va uning tarkibiy qismlari
Leksemaning lug`aviy ma’nosi quyidagicha shakllanadi: inson o`z sezgi a’zolari orqali borliqdagi narsa, hodisa, belgi, harakat va boshqalar haqida tushuncha hosil qiladi. Bu tushuncha inson ongida muhrlanib qoladi. Xuddi shu tushunchaga atab qo`yilgan nom ham inson ongida saqlanib qoladi va natijada nom va tushuncha o`rtasida mustahkam aloqa yuzaga keladi.
Semasiologiya fanida leksemaning lug`aviy ma’nosi semema atamasi bilan ham beriladi. Semema ham o`z navbatida qismlarga bo`linadi. Bu qismlar semalar deb ataladi. Har bir sema tushunchaning turli belgilarini aks ettiradi. Masalan, quyosh leksemasining lug`aviy ma’nosini, ya’ni sememasini quyidagi semalar tashkil etadi: 1) yulduz; 2) issiqlik tarqatuvchi osmon jismi; 3) yorug`lik tarqatuvchi osmon jismi; 4) bir qancha sayyoralarni o`ziga birlashtirgan tizim markazi; 5) Yer sayyorasidagi hayot manbasi; Bu ro`yxatni o`z bilimimizga tayangan holda yana davom ettirish mumkin.
Semalar ma’no xususiyatlariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Atash semalari narsa, belgi, harakat, miqdor kabi tushunchalarni nomlaydigan semalardir. Masalan, ruchka, qalam, bo`r, flomaster kabi leksemalar uchun “yozish va chizish quroli “ semasi atash semasi bo`lib hisoblanadi.
2. Ifoda semalari atashdan tashqari tushunchaga munosabatni ifodalaydigan semalardir. Masalan, lab- leksemasidagi “betaraflik” semasi, dudoq leksemasidagi “kitobiylik” semasi ifoda semalariga misol bo`la oladi.
3. Vazifa semalari leksemalarning gapda qanday vazifa bajarishini, ya’ni qanday leksemalar bilan birika olishini belgilaydigan semalardir. Masalan, Bola kitob o`qidi gapidagi leksemalarni tahlil qilib ko`ramiz. Bola- leksemasi sememasida shu gap ichida “harakatni bajaruvchi” semasi bor, shuning uchun bu leksema ega bo`lib kelgan. Kitob- leksemasida “harakat o`tgan narsa” degan sema mavjud, shuning uchun u to`ldiruvchi bo`lib kelgan. O`qi- leksemasida esa “bajarilgan harakat” degan sema bor, shuning uchun u kesim vazifasida kelgan.

Grammatik va repertik atamalar lug'ati


Lug'aviy ma'no lug'atda keltirilgan so'zning ma'nosini (yoki ma'nosini ) anglatadi . Shuningdek, semantik ma'no , mazot ma'nosi va markaziy ma'no sifatida ham tanilgan. Grammatik ma'noda kontrast (yoki tizimli ma'no ).
Lingvistik ma'nolarni o'rganish bilan bog'liq tilshunoslik filiali leksik semantika deb ataladi.

Download 22.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling