Hayotning shoni, mazmuni hunarmandchilik


Download 16.29 Kb.
Sana13.11.2020
Hajmi16.29 Kb.
#144997
Bog'liq
Allohning eng ulug‘ nemati


HAYOTNING SHONI, MAZMUNI – HUNARMANDCHILIK
Alloh biringizni biringizdan biror ne'mat bilan ortiq qilib qo'ygan bo'lsa, sizlar uni (hasadgo'ylik bilan) orzu qilmang! Erkaklar ham o'z kasblaridan ulush olurlar, ayollar ham o'z kasblaridan ulush olurlar. (Hasad qilish o'rniga) Allohning fazlidan so'rangizlar. Albatta, Alloh hamma narsani biluvchidir. («Qur’oni Karim», «Niso» surasi, 32-oyat)

Allohning eng ulug‘ ne’mati
Allohning eng oliy ne’matlaridan,

Halollik, ezgulik quroli hunar.

Xalqimning qadimiy odatlaridan,

Hunarmandchilikdan el-u yurt unar.
Yurtboshim, tashabbus qilgani chog‘i,

Xalqning turmushida chaqnadi quyosh.

Ishoning, ko‘kargay go‘zallik bog‘i,

Shijoat-la mehnat qilsa keksa-yosh.
Biz yigirgan ipdan to‘qir liboslar,

Kimdir quygan g‘ishtdan, qad rostlar uylar.

Zargarning ishidan yonar olmoslar,

Sozanda sehriga aylanar kuylar.
Yo‘llarning sozligi, yo‘lsoz zahmati,

Cho‘llarning ozligi, dehqon mehnati.

Harbiylar ortidan tinchlik ne’mati,

Totuv millatlardan hayot ziynati.
Yillar o‘tgan sayin charxlanar inson,

Hunarning turlari ko‘payar hamon.

Kimningdir koriga yarasa ishing,

Bilki, halol hunar o‘sha, begumon.
Tabibmi, shifokor maqsadlari bir,

Qozimi, sudiya adolat ishi.

Binokor mehnati zahmati og‘ir,

Hunar ahli uchun xalqning olqishi.
Sartarosh, sangtarosh emasmi san’at?!

Bir chetdan tozalab qo‘ymas-ku, faqat!?

Qara, biri inson ustida ishi,

Birisi yaratmish toshdan qad- qomat.
Ertak, afsonaga aylangan hatto,

Ba’zi hunarlarning kelib chiqishi.

Boniy, Moniy, Qoran qildi-ku ato,

O‘z hunaridan Farhoddek kishi.
Kosibmi, tikuvchi, o‘ymakor usta,

Pichoqchi, bo‘yoqchi bir bo‘lsin ahdi.

Qachon o‘z ishini bilsalar puxta,

Yuksalib toparlar chinakam baxtni.
Novvoyning ishidan ko‘rkam dasturxon,

To‘ldirib tashlabdi mevaga bog‘bon!

Qozonni qaynatar, gar bilsang dehqon,

Shular ila hayoting doim farovon.
Mehnat ila inson sharafdir nomi,

Hayotning mazmuni, quvonchli oni.

Bir oz mashaqqatdir, lek ruh oromi,

Sening hunaringdan quchar samoni.

Yo‘q-yo‘q, tugamadi, yo‘qdir sanog‘i,

Ahir, hunar ahli, bu O‘zbekiston.

Yuksalar, mehnatdan, yurtim bayrog‘i,

Unda fozillarning hissasi ayon.
Hunarmand shahriga xush keling mehmon,

Sizning tashrifingiz bo‘lsin bardavom.

Sizlar ila yana, ko‘rkam, nurafshon,

Sizlar ila fayzli bugungi oqshom.
Dillar tillasharkan bundayin kecha,

Hayotning mazmuni yanada ortar.

Azizlarim, mendan shugina parcha,

Turfa san’atingiz sehri-da, tortar.
Hunarmand hunari o‘lmas hech qachon,

Dunyo turguncha u yashaydi omon.

Unda hayot qaynar, yuksalar zamon,

Taraqqiy etadi, hur O‘zbekiston!
Hamid Ikrom

(Pozilov Hamidjon Ikromjon o‘g‘li)
Download 16.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling