Mavzu: Mardlar qo’riqlaydi Vatanni Reja


Download 119.16 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi119.16 Kb.
#1020446
  1   2   3
Bog'liq
Mardlar qo’riqlaydi Vatanni


Mavzu: Mardlar qo’riqlaydi Vatanni


Reja:


Kirish
1. Vatan himoyasi — iymon ramzi
2. Mardlar qo’riqlaydi Vatanni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
1.Vatan himoyasi — iymon ramzi.
Tinchlik inson uchun muqaddas qadriyat. Ko’ngli xotirjam, turmushi osoyishta kishi ezgu maqsadlar yo’lida olg’a intiladi, hayotni on sayin, kun sayin, yil sayin obod qilish harakatida bo’ladi, o’z fidoyi mehnati samaralarini ko’rib, yanada g’ayratga kiradi.
Shukrki, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda, xalqimiz osuda va va farovon hayot kechirayotir. Bularning barchasi Prezidentimiz Islom Karimovning el-yurtimiz ravnaqi yo’lida amalga oshirayotgan buyuk mehnatlari va g’amxo’rligi samarasidir.
Har qaysi millat va xalq uchun muqaddas sajdagoh bo’lmish ona Vatanni qadrlash, uning erkinligi va ozodligini himoyalash, bu yo’lda, kerak bo’lsa, jon fido qilish – shu yurtning jasur o’g’lonlari, o’zini er yigit deb biladigan insonlar uchun qadim-qadimdan or-nomus va mardlik belgisi bo’lib kelgan. Ko’hna va shonli tariximizdan yaxshi bilamizki, xalqimiz mana shunday fidoiylik va qahramonlik namunasini ko’rsatkan farzandlarini hamisha yuksak qadrlagan, ularning jasorati va sadoqatini qo’shiq va dostonlarda tarannum etgan.
Vatan himoyachilari! Bu ikki so’z zamirida qanchalik teran ma’no borligiga har doim ham biz chuqur e’tibor beravermaymiz. Aslida esa bu so’zlarni shunchaki eshitilarli qilib tilimizda emas, balki har doim dilimizdan, yuragimiz qo’ridan chiqarib, chuqur his-hayajon bilan baralla aytmog’imiz lozim.
Kasbiy bayramlar orasida eng birinchilardan bo’lib belgilangan Vatan himoyachilari kuni bayrami — Qurolli kuchlar tashkil topgan kun — 14 yanvarni katta shodiyonalar bilan nishonlash yurtimizda an’anaga aylanib qoldi.
14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari — Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bu kunni nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o’z burchini o’tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan.
Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash o’ta murakkab va oliy darajadagi mas’uliyatdir. Shuning uchun ham Yurtboshimiz buni bot-bot takrorlaydilar:
“Har qaysi millat va xalq uchun muqaddas sajdagoh bo’lmish ona Vatanni qadrlash, uning erkinligi va ozоdligini himoyalash, bu yo’lda, kerak bo’lsa, jon fido qilish — shu yurtning jasur o’g’lonlari, o’zini er yigit deb biladigan insonlar uchun qadim-qadimdan or-nomus va mardlik belgisi bo’lib kelgan”. Prezidentimizning bu so’zlari harbiy xizmatning qanchalik ma’suliyatli, nufuzli va sharafli ish ekanligini yana bir bor ta’kidlaydi. Demak, mustaqil Vatan himoyachisi bo’lish — katta mas’uliyat va sharaf. Bugun Vatan himoyachilari o’zlariga yuklatilgan murakkab vazifalarni hal etmoqdalar va shuning uchun ham mas’uliyat yanada oshib boraveradi. Shu sharafli vazifani ado etishda xalqimizning minglab mard o’g’lonlari Vatan xizmatiga bel bog’lab, kunni kun, tunni tun demasdan, haqiqiy ixlos va sadoqat bilan xizmat qilmoqdalar.
Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.
Qurolli Kuchlarimiz doimo mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligining, keng miqyosdagi demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, muqaddas zaminimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning ishonchli kafolati bo’lib kelmoqda va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. O’z hayotini dunyodagi eng muhim va olijanob vazifa – Vatan himoyasi degan sharafli kasbga bag’ishlagan insonlar esa davlatimiz va jamiyatimizda hamisha yuksak hurmat va ehtiromga munosib bo’lib qolajak.
Har bir qadamida qat’iyat va matonat aks etayotgan mard va jasur yurt himoyachilari bor ekan, yurtimiz osmoni doimo musaffo bo’lib, tinch va osuda hayot kechirayotgan xalqimiz faravonligi abadiy bo’ladi. Vatan himoyachilari yurtimizning ming yillik tarixi davomida ulug’lanib kelgan va shunday bo’lib qoladi.

Download 119.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling