Paxtaobod tumani X
Download 67.5 Kb.
|
Xizmatingiz buyuk - biz uchun! Insho
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vatan himoyasi uchun jon berish - sharafdir!
- Vatanga qasamyod
XIZMATINGIZ BUYUK – BIZ UCHUN! SOLIYEV DILSHOD SOHIB O’G’LI Buxoro davlat universiteti Agronomiya va biotexnologiya fakulteti 13-2 O’HQ-21 guruh talabasi Tel: (93) 451-14-30 REJA: Kirish. 14- yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayramimiz tarixi Asosiy qism: Vatan himoyasi – muqaddas burch Vatan himoyasi uchun jon berish - sharafdir!Mamlakatimizda hozirgi kunda harbiy sohadagi yangiliklarHarbiy xizmatchilarimizga yaratilayotgan imkonyatlaring qay darajada olib borilayotganligiXulosa. Vatanga qasamyod14- yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bayram sanasi O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarixidagi quyidagi eng muhim voqealar bilan bog’liqdir: 1991- yilning 31- avgust kuni «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu muhim hujjat yosh respublikamizga o’zining harbiy siyosatini yuritish huquqini berdi. Shu kuni e’lon qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi bayonot esa milliy Qurolli Kuchlarimizni tashkil etish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qildi. 1991- yil 6- sentyabrdagi «Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sohaning ilk poydevori sanaladi. 1992- yil 3- iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 1992- yilning 14- yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o’quv muassasalari to’g’risida»gi qarori juda muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Mazkur qarorga ko’ra davlatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi. 1993- yil 29- dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o’z burchini o’tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o’tkaziladi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondonining Vatan himoyachilariga yo’llagan tabrigi chop etilib, unda Qurolli Kuchlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab beriladi. Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Biringiz o’g’ilsiz, biringiz yorsiz, Biringiz inimiz, ishda hamkorsiz. Og’irimiz yengil qilib doimo, Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz. Muhtojlik sezamiz himoyangizga, Va lek chidolmaymiz kinoyangizga. Yer va ko’kka sizni ishonmay, Doim aylanurmiz hamsoyangizga. Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling