Hikoya va novella masalasi


Download 58.29 Kb.
bet1/11
Sana21.02.2023
Hajmi58.29 Kb.
#1219447
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Chizma


Hikoya va novella masalasi
Reja:
1. Hikoya va novella janri haqidagi qarashlar.
2. Hikoya janrining o‘ziga xosliklari.
3. Novellaning badiiy xususiyatlari.
Novella janrining o‘ziga xosliklarini tekshirib ko‘rganimizda bahsli, munozarali savollarga duch kelamiz. Biz ko‘nikib qolgan qoliplarga tushmaydigan, sujet va kompozitsiyasi bilan o‘zgachalik kasb etayotgan hikoya va novellalar ham yo‘q emas. Ko‘rsatilgan belgilarning mazmun jihatidan bir-birini takrorlaydiganlari ham mavjud. Shunday bo‘lsa-da, barcha alomatlar egizak janrlarni tamoman ajratib ham tashlolmaydi, shuningdek ularning strukturasida qandaydir o‘ziga xosliklar borligini ham inkor etmaydi.
Masalan, “Ensiklopedik lug‘at”da: “Novella – prozaning kichik janri, hikoyaning bir turi; hikoyadan sujet va kompozitsiyasining qat‟iyligi, tavsifiylik va psixologik tasvirdan xoliligi, voqealarning g‘alati va hayratomuzligi, ramziy elementlarning mavjudligi va boshqalar bilan ajralib turadi” ,-deb fikr bildiriladi.
“Ensiklopedik lug‘at”ning yana birida esa: “Novella asosiy voqeaning tezkor rivoji, ko‘pincha hayotiy mazmunga zidligi, bayonning kamligi, sujet qurilishining qat‟iyligi bilan hikoyadan farq qiladi va voqeani badiiylashtirib, uning asosiy mohiyatini imkon qadar ochib beradi, hayotiy voqelikni bir hodisa ko‘lamiga keltiradi”. Bizningcha, har ikkala kitob ham lug‘at maqomida bo‘lganligi bois, shaxsiy qarashlarga emas umumiylikka suyanilgan. “Voqealarning g‘alati va hayratomuzligi”, “ko‘pincha hayotiy mazmunga zidligi” kabi mazmun jihatidan bir-biriga yaqin fikrlar ham borki, aynan shu holatlar – hikoya bilan novellani janriy o‘ziga xosliklarini belgilaydi.
Hikoya va novella janrlari ayrim mushtarak jihatlari bilan bir-birini to‘ldiradigan, boyitadigan janr hisoblanadi. “Adabiyotshunosligimizda novella alohida janr sifatida hali o‘zining ilmiy-nazariy asosini topmagan bo‘lsa-da, yuqoridagi fikrlarga tayanib Abdulla Qahhor hikoyasini (“Dahshat”) novella deb atash ma‟qulroq ko‘rinadi, deb yozadi Shavkat Hasanov. – Gap bu asarlarning qaysi janrga mansubligida emas, muhimi ularga bugungi adabiyotshunoslik yutuqlaridan kelib chiqib, to‘g‘ri baho berishda. Aslida janrlar orasiga devor o‘rnatib bo‘lmaydi. Har bir janrda ham o‘tuvchanlik, o‘zgaruvchanlik, o‘zlashtiruvchanlik xususiyatlari mavjud. Abdulla Qahhor hikoyalari tabiatidagi she‟rga, dramaga yaqinlik belgilari ularni novella deb atashimizga asos bo‘ladi” ,- deb dolzarb bir muammoni o‘rtaga tashlaydi. Demak, hikoya va novella janrlarining tipologik asoslarini o‘rganishdan maqsad, har ikki janrga xos farqli va o‘ziga xosliklarni tayin etishdan iboratdir.
N.D.Tamarchenko va boshqalar hikoya, novella janrlariga shunday ta‟rif berishadi: “Ushbu (hikoya, novella, qissa) janrlarni muqoyasa qilish maqsadga muvofiqdir: novella kanonik janr; qissa kanonlari XIX–XX asrlarda shakllangan, hikoya esa roman singari nokanonik janr hisoblanadi”. Bu o‘rinda adabiyotshunoslar novellaning qonunqoidalarini turg‘un va mustahkam tizimini hisobga oladi.
O‘zbek adabiyotiga, qolaversa, o‘zbek xalqi tabiatiga qaysi janr ko‘rinishidagi voqea-hodisalar ko‘proq mos tushadi deyilganda, ko‘pchilik hikoya janrini ko‘rsatishi turgan gap. Chunki O‘rta asrlarda arab ilm-fani qariyb butun dunyoni zabt etib ulgurgan edi. “Qur‟on”, “Hadis”lar va shu kabi muqaddas kitoblar, shuning zamirida paydo bo‘lgan islomiy tushunchalar, shariat qonun-qoidalari asosida yaratilgan axloq-odobga oid adabiyotlar bilan ma‟naviy ehtiyojini qondirib kelgan xalqimiz mentalitetiga mos tushadi. Shu ma‟noda G.N.Pospelov kichik epik janrlarni ikkiga: “novella” va “axloqiy hikoya” deb ajratib, to‘g‘ri yo‘l tutganini qayd etish zarur.
Hikoya so‘zining lug‘aviy ma‟nosi gapirib, so‘zlab berish; qissa, tarix ma‟nolarini anglatishi ham ushbu janrning qadimiyligidan darak beradi. Novella – so‘zining “yangilik” ma‟nosini berishining o‘zi ham qiziqarli, eshitilmagan, original, hayratlanarli kabi istilohiy tushunchalarni anglatadi. V. P. Skobelevning “Hikoya poetikasi” kitobida keltirilishicha, “hikoya” va “novella” atamalarining janriy o‘ziga xosliklari quyidagi holatlarda ko‘rinadi: “... novella o‘quvchida “qiziqish uyg‘otadigan g‘aroyib maishiy hodisa, sarguzashtni tasvirlashi zarur! Novelladan farqli o‘laroq hikoya – bu tipik maishiy munosabatlar va jamoat axloqiy holati haqidagi qisqa asar hisoblanadi. Hikoya qisqa sahnalarda kundalik hayot manzaralarini beradi. Novellada yozuvchi qahramonlar hayotidan g‘aroyib voqeani ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, hikoyada u aynan odatiy holga, ya‟ni, har kuni hayotda bo‘ladigan narsaga e‟tibor qaratiladi. ...novella – bu qahramonlar hayotida yuz bergan g‘ayriodatiy hodisa haqida hikoya qilishdir. Hikoya – ijtimoiy axloqning kichik manzarasidir.
Novella uchun o‘tkir intriga, kutilmagan yechim, voqeahodisalar tez rivojlanishi xosdir. Hikoya uchun tasviriy sahnalar, voqeahodisa sokinligi, qahramonlarning turg‘un, muvozanat holatidaligi xosdir”. Skobelev tadqiqotida hikoya va novellaning janriy o‘ziga xosliklarini to‘g‘ri ko‘rsatgan. Mazkur qoidalar asosida Abdulla Qahhorning “Bemor” asarini – hikoya va hajm jihatidan shu hikoyaga teng keladigan “San‟atkor” asarini – novella janriga ajratilishi fikrimizni asoslashi mumkin. Chunonchi, O‘tkir Hoshimovning “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasi (keyingi o‘rinlarda “novella” deb ataymiz) shunday yakunga ega. Mazkur novella bilan “Dehqonning bir kuni” hikoyasi o‘rtasidagi tipologik farqli jihatlarni qiyoslab ko‘raylik. Adabiy hodisalardagi bir-biriga bog‘liq janriy o‘xshashlik va farqli jihatlarning tipologik asoslarini o‘rganishda shu narsaga alohida e‟tibor berish zarurki, “ular (novella va hikoya) har qanday holatlarda ham, bir tur ramkasida yaratilishini” (V. P. Skobelev) unutmaslik kerak.
Matyoqub Qo‘shjonov: “Novellaning o‘ziga xos xususiyatlari ham yo‘q emas, ba‟zilar tasavvur qilganidek, asarning hajmi kichikligida emas, bir vaqtlar povest hajmidagi asarlarni ham novella deb atashgan. Hozirgi kun adabiyotshunosligida novellaning o‘ziga xosligi xarakterlar holati va voqealarning keskin burilishida ixcham, pishiq syujet, kutilmagan yechim asosida ko‘rsatib berishdan iborat deb hisoblanadi”, deb yozadi.



Download 58.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling