Himoyaga ruxsat kafedra mudiri “ ” 2023 y


Download 1.79 Mb.
bet1/21
Sana19.08.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1668489
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
karaozak tayyor (1)


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI




Himoyaga ruxsat

kafedra mudiri
_______________

___” _____________ 2023 y.


“Yuk transport tizimlari”


kafedrasi
MAVZU: Karao‘zak stansiyasining shoxobcha yo‘lini ishini samarali tashkil qilish

BITIRUV MALAKAVIY ISHI



Мuallif

_____________________ Jumamuradov D.R













Asosiy maslahatchi

_____________________ Samiyev F.Q.













Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha maslahatchi


_____________________ Kamilov X.M


Taqrizchi

_____________________ Gadayev A.I
.





TOSHKENT – 2023 y.

Kirish


Respublikamizda chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi zamonda transport turlarining о‘rni nihoyatda katta bо‘lib, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarning yetakchi tarmoqlari sifatida ahamiyatlidir. Transport, ayniqsa temir yо‘l transporti har qanday jamiyatning davlatchilik hududiy tuzilishining, ichki va tashqi bozorning shakllanishida kuchli hal qiluvchi omil sifatida о‘rin tutadi.
О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M. Mirziyoyev ma’ruzalarida temir yо‘l transporti haqida shunday deganlar: “Bugungi kunda О‘zbekiston temir yо‘llari transmintaqaviy transport koridorlarining eng muhim bо‘g‘ini sifatida xalqaro temir yо‘llar tashuvi tizimida munosib о‘rin egalladi. Bu borada amalga oshirilgan katta kо‘lamdagi ishlarning barchasi iqtisodiyotimizda Yuksak natijalarni qо‘lga kiritishga asos bо‘lmoqda. Temiryо‘lchilarimiz tomonidan istiqlol yillarida 1500 kilometrdan ortiq yangi temir yо‘llarning barpo etilgani, 1800 kilometrlik temir yо‘l liniyalarining elektrlashtirilgani mamlakatimizni modernizatsiya qilishda ulkan qadam bо‘ldi”[1,2].
О‘zbekiston Respublikasi Temir yо‘llari juda jadallik bilan rivojlanmoqda, buni yaqindagina Respublika hududida yagona temir yо‘l tarmoq tizimi barpo
etilgani va Respublikamizning istalgan viloyatiga temir yо‘l orqali qulay, xavfsiz va tez borish imkoniyati yaratilganidan bilib olishimiz mumkin. Kelajakda bu transport turi yanada rivojlanib insonlar hayotida muhim ahamiyatga ega transport turi bо‘lib qoladi.
Temir yo‘l stansiyalarida texnologik ish jarayonlari, harakatni tashkil etish va yuk va tijoriy ishlarining texnik jixozlardan unumli foydalanib, ilg‘or va zamonaviy ish uslubiga tayangan xolda transport logistikasi jarayonini samarali va sifatli hamda belgilangan muddatlarda, har qanday ob-havo sharoitlarida bajarilishi tartibini belgilaydi.
Yuk va yo‘lovchilar tashish hajmlarining ko‘payib borishi temir yo‘l transporti sohasida ham vagonlar aylanmasini yaxshilash va samarali hamda unumli foydalanishni taqozo etadi.
Bunday vazifalarni bajarish uchun yuklarni ortib- tushiruvchi stansiyalar, shaxobcha yo‘llarda zamonaviy texnikalar,qurilmalar va texnologiyalardan foydalangan holda yuklarni ortish va tushirish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish zarur.
Transport logistikasini texnologik ish jarayoni temir yo‘l nizomi va yuk tashish qoidalari, xarakat xavfsizligi va mehnat va texnika xavfsizligi qoidalari talablarini ta’minlagan holda yuk tashish, ish unumdorligini oshirish, yuk va yuk xujjatlarini qayta ishlash jarayonini sifatli jadallashtirish, vagon aylanmasini yanada yaxshilash, tashilayotgan yuklarning butligini ta’minlash xamda temir yo‘l transporti xizmatidan foydalanayotgan tashkilot va shaxslarga madaniyatli xizmat ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Logistik ish jarayonlari Karao‘zak stansiyasining mahalliy sharoitlarini, bajariladigan ishlar hajmini va xususiyatlarini hisobga olgan holda amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan stansiya ishini samarali, unumli va oqilona tashkillashtirish uchun ishlab chiqilgan.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling