Hisob(calculus) fanidan bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun sillabus


Download 83.47 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi83.47 Kb.
#1489391
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sillabus-HISOB(CALCULUS). 10.09.22 (2)


CALCULUS

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

"TASDIQLAYMAN"
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
“Oliy matematika” kafedrasi mudiri
____________ Qalandarov O‘.N.
“______” __________2022 yil

HISOB(CALCULUS) FANIDAN
bakalavriatning
barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun
SILLABUS

(Sillabus kafedraning 2022 yil “ 24 08 dagi
1 -sonli majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan)


Toshkent – 2022

«HISOB(CALCULUS)» FANINING SILLABUSI



Fanning nomi

Hisob(Calculus)

Fan turi

Majburiy

Fanning kodi

MTH1218

Bosqich

1

Semestr

1

Ta’lim shakli

Kunduzgi

Fanga ajratilgan o‘quv soatlarining o‘quv turlari bo‘yicha taqsimoti (soatda)

240

Ma’ruza

60

Amaliy mashg‘ulot

44

Mustaqil ta’lim

136

Sinov birligi miqdori

8

Baholash shakli

Imtihon

Fan tili

O‘zbek



Dastur muallifi

Qalandarov O‘tkir Namozovich

E-mail

utkir-kalandarov@rambler.ru

Telefon raqami

+(998)97 773-38-55

Tashkilot

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, “Dasturiy injiniring” fakulteti tarkibidagi “Oliy matematika” kafedrasi.



Kurs haqida qisqacha ma’lumot (QM)

QM1

Ushbu kurs talabaning matematik bilimlari asosi hisoblanadi. Ta’lim yo‘nalishlarini hisobga olgan holda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga, shuningdek, dasturiy ta’minotlardan foydalanib amaliy masalalarni kompyuterda ishlashga alohida e’tibor beriladi.
Bu kursni o‘rgatishdan maqsad – bo‘lg‘usi mutaxassislarda telekommunikatsiya, komp’yuter injiniringi, dasturiy injiniringi, komp’yuterlarga servis xizmati ko‘rsatish, iqtisod va axborot xavfsizligi sohalari uchun bilim va ko‘nikmalar hosil qilish uning natijasida soha mutaxassislarining kasbiy sifatini oshirish hamda ularning funksional majburiyatlarini bajarishlarini ta’minlashdan iborat.
Hisob(Calculus)“ fani apparatlari yordamida zamonaviy kompyuterlar yaratish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, avtomatlashtirilgan tizimli boshqarishni joriy etish va loyihalashdan iborat.
Ushbu fan umumkasbiy fanlar jumlasiga mansub bo‘lib, umumkasbiy va maxsus fanlarni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan bilimlar majmuidan iboratdir. Bu fandan olingan bilimlar yordamida “Algoritimlash asoslari va dasturlash”, “Ma’lumotlar bazasi”, kriptografiya bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha fanlar, “EHM arxitekturasi” va boshqa bir qancha fanlarni o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.
“Calculus(Hisob)“ fani yettita bo‘limdan tashkil topgan: Bir o‘zgaruvchili funksiyaning differensial hisobi; differensial hisobning tatbiqlari; aniqmas, aniq integral va uning tatbiqlari; sonli va funksional qatorlar; ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalar; karrali va egri chiziqli integrallar; sirt integrallari, vektor va skalyar maydonlar.




Download 83.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling