Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi
Download 122 Kb.
|
1515124569 69818
Temir yo’l tashkilotlarida hisobdor shaxslar bilan hisob-kitobning hisobi. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi Xarajatlami naqd pul bilan to'lash uchun bo'nak berilgan budjet tashkilotining xodimlari hisobdor shaxslar deb ataladi. Bo'naklar hisob berish sharti bilan muayyan tashkilotda ishlovchi shaxslargagina beriladi. Hisobdor shaxslarga beriladigan bo'nakning miqdori uning tayinlanishiga bog'liq bo'ladi. Bo'nak olish uchun hisobdor shaxslar budjet tashkiloti rahbariga bo'nakning maqsadi va summasini ko'rsatib yozma ariza beradi. Agar hisobdor shaxsning avval olgan bo'nak bo'yicha qarzi yo'q bo'lsa, u holda budjet tashkilotining buxgalteriyasida bu haqda arizaga belgi qiladi va xarajat qo'shilishi kerak bo'lgan modda qo'yadi. Keyin ariza bo'nak berish haqida farmoyish beradigan budjet tashkilotining rahbariga beriladi. Hisob berish sharti bilan berilgan summalami, bo'nak qanday maqsadga berilgan bo'lsa, faqat shu maqsadlargagina sarflash mumkin. Bo'nak hisobidan qilingan xarajatlar haqida hisobdor shaxslar ularni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan hisobot taqdim etadi. Bo‘nak hisoboti buxgalteriyada tekshiriladi, bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va budjet tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi uchun 160-«Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» subschyoti xizmat qiladi. Bu subschyot hisobdor shaxslar bilan ularga xizmat safari xarajatlariga va, agar budjet tashkilotida shtat jadvali bo'yicha kassir lavozimi ko'zda tutilmagan bo'lsa, mehnat haqi to'lashga va boshqalarga berilgan bo'naklarga doir hisob-kitoblar hisobi uchun tayinlangan. 160-«Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» subschyotining debetiga hisobdor shaxslarga berilgan summalar yoziladi, bu subschyotning kreditiga esa bo'nak hisobotlariga asosan hisobdor shaxslar tomonidan qilingan xarajatlaming hisobdan chiqarilgan summalari hamda hisobdor shaxslar tomonidan budjet tashkilotining kassasiga yoki to'g'ridan-to'g'ri bank muassasasiga qaytarilgan bo'nakdan qolgan summalar yoziladi. Budjet tashkilotining xodimlarini xizmat safariga yuborish budjet tashkiloti rahbarining buyrug'i va xizmat safari guvohnomasini berish bilan rasmiylashtiriladi. Xodimlami yuqori tashkilotga xizmat safariga yuborish bu tashkilotning chaqirishi yoki ular bilan kelishilishiga muvofiq amalga oshiriladi. Xizmat safariga yuborilgan xodimga boriladigan joygacha va u yerdan doimiy ish joyigacha yo'l xarajatlari va turarjoy xonasini ijaraga olish xarajatlari qoplanadi, hamda sutkalik pul to'lanadi. Xizmat safariga yuborilgan xodimlarga xizmat safari bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlar (telefon orqali so'zlashuvlar, telegraf xarajatlari va boshqalar), tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lganda qoplanadi. Xizmat safariga yuborilgan xodimga boriladigan joygacha va u yerdan doimiy ish joyigacha yo'l xarajatlari, taksidan tashqari, umumiy foydalanishdagi barcha transport turlarida (shu jumladan, ijaradagi va tijorat transportida ham) yurish qiymati, shuningdek, transportdagi majburiy davlat sug'urtasiga doir to'lovlar, yo'lda yurish hujjatlarining oldindan sotilganligi bo'yicha xizmatlar haqi, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lganida samolyot va poezddagi o'rinlarni bron qilish uchun xizmatlar ko'rsatilgani uchun haq o'rni qoplanadi. Agar stansiya, pristan, aeroport aholi punktidan tashqarida joylashgan bo'lsa, u holda ularga umumiy foydalanish transportida kelish bo'yicha xarajatlar ham qoplanadi. Ayrim hollarda (kech kelishi, umum foydalanish transport™ yo'qligi va hokazolarda) budjet tashkiloti rahbariga taksida kelish xarajatlarini ham to'lashga rozilik berish huquqi berilgan. Yo'lda yurish hujjatlari bo'lmaganida budjet tashkiloti rahbariga, har bir muayyan holatda, xizmat safariga yuborilgan xodimga yo'lda yurishdagi transport haqini to'lash haqidagi masalani hal qilish huquqi beriladi. Lekin budjet tashkiloti rahbarining ruxsati bilan beriladigan yo'l puli summasi temir yo'l transporti bo'yicha chipta qiymatidan ortiq bo'lmasligi hamda bu beriladigan summa aviachipta qiymatining 30 foizidan oshib ketmasligi kerak. Ayrim holatlarda safarga yuborilgan xodimga, tegishli tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda, budjet tashkiloti rahbarining ruxsati bilan yuklarini havo yo'llari, temir yo'llar, suv yo'llari va umumiy foydalanishdagi avtomobil tarnsportlarida tashish xarajatlari ham qoplanadi. Xizmat safarida bo'lingan joydagi turarjoy xonasini ijaraga olishga doir xarajatlar xizmat safariga yuborilgan xodimga yetib kelgan kunidan boshlab, chiqib ketgan kunigacha haqiqiy qilingan xarajatlar (luks toifadagi xonalardan tashqari), shu jumladan, mehmonxonalarda ko'rsatiladigan qo'shimcha xizmatlar, joylaming bron qilinganligi uchun xarajatlar bo'yicha tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lganida qoplanadi. Luks toifadagi xonalarda yashaganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda turarjoy xonasini ijaraga olganlik uchun haq to'lanishi bunday xonalar umumiy qiymatining 70 foizi miqdorida amalga oshiriladi. Tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda xizmat safariga yuborilgan xodimlarga turarjoy xonasini yollaganlik uchun haq, har bir kun uchun, belgilangan eng kam ish haqining 2 foizi miqdoridagi summa qoplanadi. Xizmat safarida bo'lgan va yo'lda yurgan vaqtdagi sutkalik xarajatlar xizmat safariga yuborilgan xodimlarga quyidagi miqdorda-O'zbekiston Respublikasidabelgilanganengkamishhaqimiqdoriningkoeffitsientlarida qoplanadi: Toshkent shahrida, 0‘zbekiston Respublikasi shaharlarida-viloyat markazlarida-0,1; boshqa shaharlarda va aholi yashaydigan punktlarda-0,08. Yuqorida ko'rsatilgan xarajatlaming qoplanishi haqiqiy xarajatlaming hujjatlar asosidagi tasdig‘isiz amalga oshiriladi. Safarga yuborilgan xodim har kuni o‘zi doim yashaydigan joyiga qaytib kelish imkoniyati bo'lganda, unga sutkali pul toianmaydi. Xodim har kuni safarga borgan joydan o'zi yashaydigan joyga kelishi mumkinligi, har bir aniq holda, oraliqning uzoq-yaqinligini, transport qatnashuvining holatini, bajariladigan topshiriqning xarakterini, xodimga dam olish uchun sharoit yaratish kerakligini hisobga olgan holda safarga yuborgan budjet tashkiloti rahbari hal qiladi. Xodimlarga hisobot berish sharti bilan kassadan pul berilganda, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 160 - «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblan) subschyoti; Kredit 120-«Kassa» subschyoti. Hisobdor shaxslar tomonidan qilingan haqiqiy, tasdiqlangan bo'nak hisobotlariga va tasdiqlovchi hujjatlarga asosan, xarajatlar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (GагпасШкка oJh sharoiUda:214-«Budjet mablag'lari hisobidar, qoplanadigan budjet mablaglari oJchUarningxarajatlari» subschyoti) yoki Debet 211 - «Maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlan> subschyoti; Kredit 160 - «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblan, subschyoti. Hisobdor shaxslar tomonidan hisob berish sharti bilan olingan bo'nakning sarf qilinmagan summasi kassaga qaytarilganda bu qaytarilgan summaga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 120 - «Kassa» subschyoti; Kredit 160 - «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» subschyoti. Bo'nak hisoboti va unga ilova qilingan tasdiqlovchi hujjatlar asosida hisobdor shaxslar soni ko'p bo'lmagan budjet tashkilotlarida buxgalteriya 274-shakldagi memorial-order tuzadi. Ko'p sonli hisobdor shaxslari bo'lgan budjet tashkilotlarida hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarning analitik hisobi 292-shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar hisobi kitobida, unda har bir hisobdor shaxsga alohida schyot ochilib yoki har bir hisobdor shaxsga ochiladigan 292-a-shakldagi kartochkalarda yuritiladi. Ko‘p sonli hisobdor shaxslari bo'lgan budjet tashkilotlarida hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblaming analitik hisobi 7-shakldagi memorial-order bilan qo'shilgan 386-shakldagi hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha yig‘ma vedomostda yuritiladi. Memorial-order asosida «Bosh-jumal kitobi»ga yozuv qilinadi. Bu vedomostga operatsiyalami yozish pozitsion usul asosida olib boriladi. Ya’ni, bir satrda budjet tashkilotining nomi, hisobdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, bo'nak berilgan sana va bo‘nak summasi, tasdiqlangan bo'nak hisoboti asosida xarajatlar summasi, kassaga qaytarilgan foydalanilmagan bo'nak summasi, hisobdor shaxsga qaytarib berilgan bo'nakdan ortiqcha sarflangan summa, oyning oxiriga bo'nakning qoldig'i ko'rsatiladi. Ijtimoiy ta’minot organlarida 160-«Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» subschyotida hisobdor shaxslar bilan pensionerlarga bir martalik nafaqalami to'lash uchun berilgan bo'naklar hisobga olinadi. Download 122 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling