Hisoblash texnikasi va mikroprosessor asoslari


Download 428.83 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi428.83 Kb.
#1593010
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hisoblash texnikasi va mikroprosessor asoslari


Hisoblash texnikasi va mikroprosessor asoslari.
 Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
Hisoblash texnikasi rivojlanish , bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga ega ekanligini ko’rish mumkin. Amaliy asos o’sha davrda texnika erishgan yutuqlar bo’lsa, nazariy asos fanlar sohasida olingan natijalardir. Hisoblash texnikasi nazariy tomondan pozitsiyali sanoq sistemasining rivoji, qat’iy tartib qoida va mantiq nazariyasiga asoslangan.
Eramizdan avval IV asrda yashab o’tgan Arastu (Aristotel) o’zining asarlarida inson fikrlashi va mantiqiy xulosalar chiqarish usullarini tahlil etgan. Bu yo’nalishning rivojiga Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716) belgili mantiq yo’nalishini kashf etish bilan katta xissa qo`shdi. Ingliz matematigi Jorj Bul (1815-1864) Leybnitsning bu g’oyasini “Mantiqning matematik tahlili” asarida (XIX asr) yanada rivojlantirdi. E’tiborli tomoni shundaki, Jorj Bulning asaridagi har qanday miqdor va mantiqiy amallar natijasi faqat 0 yoki 1 qiymatni qabul qiladi. Shunday qilib matematikada Bul algebrasi yo’nalishi vujudga keldi. Bul algebrasi hisoblash mashinalari kashfiyotchilari uchun juda katta imkoniyat ochib berdi. Chunki, zamonaviy kompyuterlar faqat 0 va 1 qiymatlarni tushunadi va shularga asoslanib mantiqiy bog’liqlik asosida ishlaydi.

Hisoblash texnikasining Muhammad al-Xorazmiy “Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”“Hind hisobi haqida kitob” va “Qo‘shish va ayirish haqida kitob” asarlari orqali (IX asr) katta hissa qo’shganligini e’tirof etmaslik mumkin emas. Muhammad al-Xorazmiy o’z asarlarida hindlarning sanoq sistemasini tartibga solgan va mukammallashtirgan, arifmetik amallarni bajarish tartib qoidalarini ishlab chiqqan hamda algoritm nazariyasiga turtki bergan va algebra faniga asos solgan. Al-Xorazmiy asarlari oradan 300 yil o’tgach Yevropaga tarqaldi va shundan keyin pozitsiyali sanoq sistemasi butun dunyoga yoyildi. Ma’lumki, zamonaviy kompyuterlarda pozitsiyali sanoq sistemalari qo’llaniladi.
Hisoblash texnikasi tarixi, asosan, 4 davrga bo’lingan. Ular bir-biridan hisoblash vositalarining ishlash prinsipi (tamoyili), tezligi va boshqa imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

1. Mexanik mashinalargacha bo'lgan davr;

2. Mexanik mashinalar davri;

3. Elektromexanik mashinalar davri;

4. Elektron hisoblash mashinalari davri.


Download 428.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling