Huquqiy davlatning asosiy belgilari va xususiyatlari


Download 99 Kb.
bet1/12
Sana23.03.2023
Hajmi99 Kb.
#1289913
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1557205824 74286

Huquqiy davlatning asosiy belgilari va xususiyatlari



Reja:

  1. Fuqarolik jamiyati tushunchasi va mohiyati


  2. Fuqarolik jamiyatining tuzilishi va asosiy prinsiplari


Huquqiy davlatning asosiy belgilari va xususiyatlari


Huquqiy davlatning asosiy belgisi – barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ta’minlanishidir1.
Huquqiy davlat – huquqning hukmronligi, qonunning ustuvorligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta’minlanadigan, inson huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat.
Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:

  1. Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo‘lgan barcha kishilar: ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyat idoralari barchasi huquqqa bo‘ysunadilar;

  2. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak;

  3. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, ularni himoya qilish va ta’minlash. Inson huquqlari va erkinliklari unga tug‘ilganidan tegishli bo‘lib, ular insondan ajralmasdir. Gap, eng avvalo, insonning yashash, erkinlikka, daxlsizlikka, xavfsizlikka ega bo‘lish huquqlari hamda boshqa huquq va erkinliklari to‘g‘risida bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar;

  4. Davlat va fuqaroning o‘zaro mas’uliyati. Davlat qonunlarda shaxs erkinligining me’yorini belgilab qo‘yar ekan, xuddi shu chegaralarda o‘zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo‘yadi;


  5. Download 99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling