I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida og’irlik o’lchovlarini o’rganish
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
3 SINF O\'QUVCHILARIGA OG\'IRLIK O\'LCHOVLARINI O\'RGATISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. 3-SINFDA MASSA O’LCHOVLARINI O’RGATISH METODIKASI
- Mavzuning dolzarbligi
3 SINF O'QUVCHILARIGA OG'IRLIK O'LCHOVLARINI O'RGATISH METODIKASI MUNDARIJA KIRISH I BOB. BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA OG’IRLIK O’LCHOVLARINI O’RGANISH. 1.1. Miqdоr tushunchasi. 1.2. Miqdоrlarni o‘lchash tushunchasi 1.3. Jismning massasi va uni o‘lchash. II BOB. 3-SINFDA MASSA O’LCHOVLARINI O’RGATISH METODIKASI 2.1.Miqdorlarni o’rganish bo’yicha darslarni tashkil etish rejasi 2.2. Massani o’lchashni o’rgatishda amaliy ishlar UMUMIY XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Oʼzbekistonda taʼlim islohotlarini amalga oshirish boʼyicha butunlay yangicha gʼoyalar, yondashuvlar, tamoyillar va yoʼnalishlarga asoslangan bosqichga qadam qoʼydi. Shu sababli Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan quyidagi vazifa qoʼyildi: “Taʼlim islohotlari orqali Oʼzbekistonda yangi Uygʼonish davri, yaʼni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni oʼzimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga uchinchi Murojaatnomasi va 2020 yil - “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilinishi, “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonuni tasdiqlandi va amalga kiritilishi, «Oʼzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish choratadbirlari toʼgʼrisida»gi Farmonining qabul qilinishi hamda Respublikamiz Prezidentining “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilang taʼlimga oid murojaat Nutqi ning ma’no – mazmunida ham keying yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O’zbekistonni yaratish maqsadida ta’lim sohasida amalga oshiriladigan islohotlar o’z aksini topgan . Bu muhim hujjatlar taʼlim islohotlarini yangi bosqichga koʼtardi va mutloqa yangi vazifalar belgilab berildi. Shu maʼnoda zamonaviy oʼqituvchilarga qoʼyiladigan kasbiy va ijtimoiy talablarni yangicha asoslarda qoʼyish ehtiyoji yuzaga keladi. Taraqqiyotimizning yuksalishi, yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berishdan boshlanadi. Kelajagi buyuk farzandlargina vatan ravnaqini yuksaklarga ko`tara oladilar. Ta’lim sifatini oshirish bilimli avlod vakillarini yetishtirish maqsadida mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasida to`rtinchi ustuvor yo`nalish aynan ta’lim soxasini inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgandi va 2023-yilni - «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili», – deb nomlanishi ta’limga bo`lgan e’tiborning yaqqol namunasidir. Ta’lim sifatini oshirish yosh avlodni fanga qiziqtirishning eng muhim omili bu yangi darslik va zamonaviy dars o‘tish uslublaridir. 16 yillik tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, yangi darslik o`quvchi uchun juda qulay ayniqsa elektron darsliklar o`quvchilarni darsga bo`lgan qiziqishlarini yana oshiradi va olingan bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari darsliklarning tayyorlashda PIZA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA kabi xalqaro dasturlardan namunaviy vazifalar asos qilib olingani biz o`qituvchilar uchun kelajakda xalqaro tadqiqotlarga boshqa davlatlar qatorida turishimizga katta imkon bag`ishlaydi. Darsliklar bilan birga mashg`ulot daftarlari, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar chop etilishi biz o`qituvchilarni ishtiyoq bilan ishlashimizga kuch bag`ishlaydi. An’anaga muvofiq, davlatimiz rahbarining parlament va xalqimizga murojaatnomalarida ko`tarilgan masalalar, ijrosini topmoqda. Biz ustozlardan qilinadigan talab o`z ustimizda ishlash yangi innovatsion metodlar orqali darslarni tashkil qilish o`quvchilarga psixologik yondashgan holda o`zlari qiziqgan kasb-hunarga yo`naltirishdan iborat. Bunda esa ayniqsa boshlang’ich sinf ustozlarining o`rni katta rol o`ynaydi. tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi. Bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. Matematika kursi asosiy kattaliklar va geometriya elementlari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Ular imkoniyat darajasiga ko’ra o’quvchilarning son arifmaetik amallar va matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarni yuqori darajada o’zlashtirishlariga yordam bera borib, arifmetik bilimlar tizimiga qo’shilad i. Boshlang’ich sinf matematika darslarida miqdorlar o’rgatiladi. Miqdorlardan massa o’lchovlarini o’rgatish metodikasini o’rgandik. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling