I bob. Inson huquqlarining himoyalash omillari
Download 398.58 Kb.
|
bmi hayotxon 12.06
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. SHAXS KAMOLOTIDA INSONPARVARLIK TUSHUNCHASI
- III BOB. IJTIMOIY ISH KASBIY FAOLIYATIDA INSON HUQUQLARI VA INSONPARVARLIK
- ……………………………………………………………………………….92 XULOSA VA TAKLIFLAR. …………………………………………………..97 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………....100
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
- Mavzuning o‘rganilish darajasi.
I INSON HUQUQLARINING HIMOYALANISHI VA INSONPARVARLIK TAMOYILINING USTUVORLIGI (IJTIMOIY ISH KASBI ORQALI) KIRISH…………………………………………………………………………… 2 I BOB. INSON HUQUQLARINING HIMOYALASH OMILLARI 1.1. Inson huquqlari tushunchasi jahon tajribasi misolida………………………6 1.2.Yangi O'zbekistonda inson huquqlarinining himoyalanish darajasi tahlili….12 II BOB. SHAXS KAMOLOTIDA INSONPARVARLIK TUSHUNCHASI 2.1. Bolalarda kichik yoshdan gumanizm g'oyalarini shakllantirish asoslari…..36 2.2.Sharq mutafakkirlarining insonparvarlik tushunchasi haqida. …………….43 2.3.O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari bo`yicha tashkilotlar faoliyati.50 III BOB. IJTIMOIY ISH KASBIY FAOLIYATIDA INSON HUQUQLARI VA INSONPARVARLIK 3.1. Ijtimoiy ish xodimining mijozlar bilan ishlash ko'nikmalari………………...63 3.2.Ijtimoiy himoya tizimini adolatli amalga oshirishda ijtimoiy xodimning o'rni va roli. ……………………………………………………………………………….92 XULOSA VA TAKLIFLAR. …………………………………………………..97 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………....100 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Inson huquqlari muammosi hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib, davlatning demokratik taraqqiyotini ko’rsatuvchi muhim mezon bo’lib xizmat qiladi. Inson huquqlari va erkinliklari g’oyasi asrlar davomida shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Bu g’oya rivojiga ko’plab mutafakkirlar o’z hissalarini qo’shganlar. Shu ma’noda ham inson huquq va erkinliklari butun insoniyat umumiy ma’naviy huquqiy merosining ajralmas tarkibiy qismi va qadriyatidir. Jumladan, Prezidentning 22.06.2020 yildagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning qabul qilinishi ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obro’si yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi”. Davlat mustaqilligiga erishish O’zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot, siyosiy, madaniy va ma'naviy yangilanishning ulkan istiqbollarini ochib berdi. Respublikasida rivojlangan fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurishning asosini respublikaning o’ziga hos xususiyatlari, xalq an'analarini hisobga olish va o’z rivojlanish yo’liga qat'iy va izchil amal qilish tashkil etadi. Inson huquqlarini himoya qilish mustaqillikning asosiy qomusi bo’lmish Konstitutsiyaning bosh g’oyasi, O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy tizimini tubdan isloh qilishning asosiy yo’nalishi va maqsadlaridan biridir. Inson huquqlari va erkinliklari himoya qilishda yangi davr boshlandi. Birlashgan Millatlar kurramizda "Inson huquqlari bo’yicha ta'lim o’n yilligi" deb e'lon qildi. So’nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, insosn huquqlari bo’yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon o’tgan qisqa muddat ichida taraqqiyot sari, demokratik huquqiy davlat qurish yo’lida dadil qadamlar qo’yilmoqda. Barcha sohalarda islohotlar chuqur ildiz otmoqda. Taraqqiyotning bu bosqichda qonunchilik va qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosi nazoratini yanada takomillashtirish katta ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda qonunlarni tayyorlash va qabul qilish, ularni hayotga to’la tadbiq etish, amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini huquqiy ta'minlashning samarali tizimi yaratilgan bo’lib, u o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar inson manfaatlariga xizmat qilmoqda. Ayni paytda, mamlakatimizda inson manfaatlarini yanada to’laroq ta'minlash va samarali kafolatlash yo’lida yangi qonun hujjatlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish vazifasi dolzarb bo’lib turibdi. O’zbekistonda inson huquq va erkinliklari Konstitutsiya, milliy qonunchilik hamda umum e’tirof etilgan xalqaro-huquqiy normalar bilan himoya qilinadi va kafolatlanadi. Tadqiqotning davriy chegarasi. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Inson huquqlari masalasi ilmiy tadqiqotlarda yangi mavzu emas. O’zbekistonda inson huquqlari bo`yicha ilmiy tadqiqotlar mustaqillik yillaridagina amalga oshirilayotgan bo’lsa-da, aslida bu masala huquqshunoslik va tarix fanida ko’p asrlardan beri huquqshunos, faylasuf, siyosatshunos va tarixchi olimlarning tafakkurini band etib kelmoqda. Binobarin inson huquqlari muammosi nafaqat huquq fanlari doirasida, balki tarix fanlari nuqtai nazaridan ham tadqiq qilinadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasida va boshqa xorijiy mamlakatlarda ko’plab asarlar yaratilgan, ilmiy tadqiqotlar o’tkazilib, ilmiy-nazariy konsepsiyalar ishlab chiqilgan. O’zbekistonda inson huquqlarini ilmiy mafkuraviy “izm”lardan xoli tadqiq etish asosan XXI asrning so’nggi o’n yilligida boshlandi. Ayniqsa, inson huquqlari, erkinliklarining umumiy masalalari va ularni himoya qilishning ayrim muammolari ko’plab olimlarning e’tiborini tortib kelmoqda.1 Xususan, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish masalalari va muammolarining ayrim jihatlari H.B.Boboyev, A.X.Saidov, S.A.Sultonov, A.X Saidov, A. Juzjoniy, G’. Axmedov, A.Sattorov, M.M. Fayziyev, F.M.Fayziyev, O.T. Husanov va boshqalar, A.R.Mo’minov, M.A.Tillabayev, A.Saidov, U.Tadjixanov, K. Bahriyev asarlarida hamda B.U.Tadjixanov, Z.R. Ruziyev, A.X. Sattarovlarning nomzodlik disertatsiyalarida o’rganilgan. Download 398.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling