I tergov va sud harakatlarining tushunchasi va huquqiy tabiati


Download 455.5 Kb.
bet1/6
Sana03.06.2020
Hajmi455.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6

MAVZU: JINOYAT PROTSESSIDA SO`ROQ QILISNING PROTSESSUAL TARTIBI VA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR

Reja:

Kirish

IBOB JINOYAT PROTSESSIDA DALILLARNI TO‘PLASH USULLARI

I.1. Tergov va sud harakatlarining tushunchasi va huquqiy tabiati

I.2. So‘roq qilish tushunchasi, ahamiyati va uning umumiy qoidalari

I.3. YUzlashtirish tergov harakatining vazifasi va uni o‘tkazishning protsessual tartibi

IIBOB. Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati

II.1.Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazish tartibi va turlari

II.2. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish

Xulosa

Adabiyotlar ro`yxati

Kirish

So‘roq qilish jinoyatni ochishda ham asosiy usullar bo‘lib xizmat qiladi. Tergov amaliyotida biror bir ochilgan jinoyat ishi yo‘qki, unda so‘roq qilish tergov harakati o‘tkazilmagan bo‘lsa.

So‘roq qilish tergov harakatining ahamiyati shundaki, jinoyat izlari sifatida qolgan va moddiy dunyoning inson ongidagi in'ikosidan isbot qilishda foydalaniladi. So‘roq qilish orqali tergov harakatini o‘tkazuvchi shaxs so‘roq qilinuvchidan muayyan holat yuzasidan ma’lumotni olishi va fikrini bilishi mumkin bo‘ladi. Qolaversa, ushbu tergov harakati so‘roq qilinuvchiga jinoyat ishi yoki uning muayyan holati yuzasidan bilganlarini boshqalarga ma’lum qilish va munosabatini bayon qilish imkonini beradi.

So‘roq qilish o‘zining tashqi ko‘rinishidan o‘xshash bo‘lgan harakatlar: tushuntirish talab qilish yoki olish, og‘zaki arizani qabul qilish (ya’ni dalil to‘plash usuli hisoblanmagan boshqa protsessual harakatlar) va fuqarolar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish, ma’lumotlar to‘plash (tezkor-qidiruv choralari)dan mazmuniga ko‘ra farq qiladi.



Dalillar to‘plashning mazkur usuli jinoyat protsessining turli ishtirokchilariga nisbatan o‘tkazilishi va uni o‘tkazishda jinoyat protsessual qoidalar, shu bilan birga turli milliy va xalqaro normalarni bevosita qo‘llash zarurligi uchun uni amalga oshirishning umumiy qoidalari belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 96-108-moddalar). So‘roq qilishning umumiy qoidalari – bu so‘roq qilishda qo‘llaniladigan umumiy normalar bo‘lib, ular odatda, har qanday shaxslarni so‘roq qilishda qo‘llaniladi.

qilinadigan shaxsning o‘qish, ishlash yoki turar joyida yoxud jinoyat sodir bo‘lgan joyda yoyinki jazoni o‘tayotgan shaxslarni jazoni o‘tash joylarida so‘roq qilinadi. So‘roq qilish joyini belgilash borasida shuni aytish mumkinki, so‘roqni amalga oshirish uchun sharoitlarga ega bo‘lgan joyda mazkur harakatni amalga oshirish mumkin.



So‘roq qilish uchun chaqiruv. So‘roq qilishdan oldin so‘roq qilinadigan shaxslar tergov harakati o‘tkaziladigan joyga yetib kelishini ta’minlash zarur bo‘ladi. So‘roq qilish tergov harakatida so‘roq qilinuvchi va so‘roq qilinuvchining bevosita yuzma-yuz bo‘lishi talab qilinadi22.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 97-moddasida so‘roq qilish uchun chaqiruv tartibi belgilangan. Bu qoidadan nafaqat so‘roq qilish balki boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish uchun chaqiruvda ham qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin harakatlanishi mumkin bo‘lgan shaxslar chaqiruv qog‘ozi orqali chaqirtiriladilar. Protsessual majburlov choralarini va jazoni o‘tayotgan shaxslar, shuningdek statsionar davolash muassasalar davolanayotgan shaxslar shu muassasalarning ma’muriyati orqali chaqirtiriladi.

Chaqiruv qog‘ozi pochta orqali jo‘natiladi yoki chopar orqali topshiriladi. So‘roq qilish uchun shaxsning qanday chaqirtirilganligidan ko‘ra, bu tergov harakatini o‘tkazish muhim. Shuning uchun chaqiruvni amalga oshirish uchun chaqiruv qog‘ozi o‘rniga boshqa vositalardan ham foydalansa bo‘ladi. Masalan, chaqiruv telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali ham bo‘lishi mumkin.

Chaqiruv qog‘ozida, chaqiruv maqsadidagi telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaksda shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning huzuriga chaqirilayotganligi, qaysi kunda va qaysi soatga yetib kelishi kerakligi, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‘y berishi ma’lum qilinishi lozim.

Chaqiruv qog‘ozi chaqiriluvchiga topshirilib, tilxat olinadi. Chaqiruv qog‘ozi olib borilganda chaqiriluvchi vaqtincha yo‘q bo‘lsa, unga berib qo‘yish uchun chaqiruv qog‘ozi u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga, yotoqxona ma’muriyatiga, uy egasiga yoki fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi.



So‘roq qilinuvchining shaxsini aniqlash. So‘roq qilishdan oldin so‘roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi, aniq tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, kuni), tug‘ilgan joyi, millati, fuqaroligi, ish joyi, mansabi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, sudlanganligi yoki sudlanmaganligi, doimiy yoki vaqtincha turar-joyi aniqlanadi. Ushbu ma’lumotlarning barchasi jinoyat ishidagi yoki so‘roq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi. Har qanday holda ham surishtiruvchi, tergovchi yoki sud so‘roq qilinuvchi o‘zini kim deb tanishtirgan bo‘lsa, aynan o‘sha shaxs ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 98-modda). Ish uchun ahamiyatli bo‘lgan hollarda so‘roq qilinuvchining shaxsiga bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham aniqlanishi mumkin. Masalan, qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar, og‘ir kasalligi bor-yo‘qligi, psixonevrologik va narkologik dispanserlar hisobida turish-turmasligi kabi ma’lumotlar shular jumlasidan.
15 Jahon tajribasidan ma'lumki, ayrim davlatlarda tergov harakatlari uzoq masofadan turib videokonferensiya orqali ham o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonunchiligida videokonferensiya yoki shunga o‘xshash vositalar yordamida uzoq masofadan turib tergov harakatlarini o‘tkazishni nazarda tutadigan qoida mavjud emas.


IBOB DALILLARNI TO‘PLASH USULLARI

I.1. Tergov va sud harakatlarining tushunchasi va huquqiy tabiati
Jinoyat ishini tergov qilish va hal etish uchun avvalo qonun talablari asosida dalillarni yig‘ish, jinoyat sodir qilgan shaxsni ta’qibga olish va ishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilish, keyinchalik bu shaxsning tergov hamda sudda qatnashi­shini ta’minlash uchun unga nisbatan tegishli choralar ko‘rish talab qilinadi. Mana shu harakatlar jinoyat protsessining dastlabki tergov deb atalgan bosqichini tashkil etadi.

Tergov harakatlari nafaqat dastlabki tergov bosqichida, balki, surishtiruv va sudda, qolaversa hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va ekspertiza o‘tkazish harakatlari jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ham o‘tkazilishi mumkin.

Tergov harakatlariga jinoyat-protsessual baho beradigan bo‘lsak, ular bir tomondan dastlabki tergovning asosiy qismini tashkil etsa, boshqa bir tomondan dalillarni to‘plash va tekshirish tizimida asosiy bo‘g‘inni egallaydi.

Tergov harakatlarining ahamiyati dalillarni to‘plashning asosiy usullari ekanligidan iboratligi bois, ular jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashda ham asosiy usul hisobla­nadi. Tergov harakatlari qat’iy, batafsil ishlab chiqilgan shaklga ega va davlat majburlovini qo‘llash kuchi bilan ta’minlanadi.

Biz quyida, keyingi mavzularda “tergov harakatlari” atama­si orqali O‘zbekiston Respublika Jinoyat-protsessul kodeksi­ning 87-moddasida ko‘rsatilgan va X-XXV boblari bag‘ish­langan dalillarni to‘plash va tekshirishga qaratilgan isbot qilish usullari xususida so‘z yuritamiz.

SHunday qilib, tergov harakatlari bu-dalillarni yig‘ish va tekshirishning qonun bilan tartibga solingan va davlat majburlov kuchini qo‘llash imkoniyatlari bilan ta’minlana­digan usullaridir.

Tergov harakatlarining turlari va tizimi. Tergov harakatlari turli mezonlarga ko‘ra tavsiflanadi.

Tergov harakatlarini tasniflash S.A. SHeyfer tomonidan tadqiq qilinib, tergov harakatlarini bilish usuli, ma’lumot­ni olish usuli va obe’ktlarni namoyon bo‘lish murakkabligiga ko‘ra turlarga bo‘linadi1.

Tergov harakatlari bilish usuliga ko‘ra:


  1. so‘rov shaklidagi tergov harakatlari;

  2. kuzatuv shaklidagi tergov harakatlari;

  3. kuzatuv va so‘rov shaklidagi tergov harakatlariga bo‘linadi.

So‘rov shaklidagi tergov harakatlarida shaxsda dalil bo‘la oladigan ma’lumotlar muloqot yoki so‘zlashuv (so‘rash) yo‘li bilan olinadi. Bunga misol qilib so‘roq qilish, yuzlashtirish tergov harakatlarini ko‘rsatish mumkin.

Kuzatuv shaklidagi tergov harakatlari muayyan ob’ekt yoki jarayonning tashqi belgilarini yoki ulardagi o‘zgarishlarni ko‘zatish orqali o‘tkaziladi. Misol tariqasida guvohlantirish, olib qo‘yish, eksperiment tergov harakatlarini ko‘rsatish mumkin.

Kuzatuv va so‘rov shaklidagi tergov harakatlari bir vaqtda bilishning ikkala usuli: ham kuzatuv, ham so‘rov bilan o‘tka­ziladigan tergov harakatlari hisoblanadi. Bunga ko‘rsatuv­larni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish misol bo‘ladi.

Bilish usullari jinoyat izlariga bog‘liq va ular tergov harakatlarining protsessual shakliga sezilarli ta’sir etadi. Masalan, kuzatuv usuli qo‘llaniladigan vaqtda xolislarning ishtiroki ob’ektivlik garovi sifatida talab qilinadi.

Ma’lumotni olish usuliga ko‘ra tergov harakatlari:

1) ma’lumotlarni bevosita olishga asoslangan tergov harakatlari;

2) yashirin ma’lumotlarni maxsus mutaxassislar yordamida, ya’ni bilvosita olishga asoslangan tergov harakatlariga bo‘linadi.

Ma’lumotlarni bevosita olishga asoslangan tergov harakat­larida tergovchi (yoki tergov harakatini o‘tkazayotgan boshqa shaxs) ma’lumotlarni shaxsan o‘zi bevosita qabul qiladi va qayd qiladi.

YAshirin axborotni mutaxassislar yordamida bilvosita olishga asoslangan tergov harakatlarida dalil sifatida olina­digan ma’lumotni olish uchun maxsus bilim talab qilinadi. Ekspertiza tayinlanishi lozim bo‘lgan hollarda, faqatgina ekspertiza orqali dalillar olinadi. Amaldagi jinoyat-protses­sual qonunchilikning mazmuniga ko‘ra ekspertiza tayinlanishi lozim bo‘ladigan holatlarda tergovchining tadqiqotni o‘tkazish va ma’lumotni olish qobiliyati borligidan qat’i nazar ekspertiza tayinlanishi shart.

Tergov harakatlarining fanda mazkur mezon asosida tas­niflanishi tartibi, ma’lumotni olish usuliga ko‘ra bir–biriga o‘xshash tergov harakatlarining qanday holatda o‘tkazi­lishini aniqlashga yordam beradi. Misol uchun bir holat yuzasi­dan tergov eksperimenti yo guvohlantirish o‘tkazish yoki eksper­tiza tayinlash kerakmi?-degan savollarga ma’lumotni olish usuliga ko‘ra tergov harakatlari turlarga ajratish orqali javob olish mumkin. CHunki mazkur tasniflash yuqorida sanab o‘tilgan tergov harakatlari o‘tkaziladigan holatlarning chega­rasini belgilab beradi.

Ob’ektlarining murakkabligiga ko‘ra tergov harakatlari ikki guruhga bo‘linadi. Bular:

1) bir ob’ektga qaratilgan tergov harakatlari;

2) bir necha ob’ektga qaratilgan tergov harakatlari.

Bir ob’ektga qaratilgan tergov harakatlarida ma’lumot manbasi bo‘lib bitta ob’ekt xizmat qiladi va bir mazmundagi harakatlar amalga oshiriladi. Misol uchun so‘roq qilishda bir shaxs so‘roq qilinadi. Ko‘zdan kechirishda faqat kuzatilib, ma’lumotlar olinadi. Tintuv va olib qo‘yishda esa daliliy ashyolar topiladi.

Bir necha ob’ektga qaratilgan tergov harakatlarida ma’lu­mot manbalari yoki olish usullari bir nechta bo‘ladi. YUzlash­tirish tergov harakatida ma’lumot manbasi sifatida ikki shaxsning ko‘rsatuvlari taqqoslanadi. Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirishda ham shaxs so‘roq qilingan bo‘ladi, ham uning ko‘rsatuvlari ob’ektiv holat bilan tekshiriladi.

Tergov harakatlari o‘zining maqsadiga ko‘ra:

1) dalillarni to‘plashga qaratilgan tergov harakatlari;

2) dalilarni tekshirishga qaratilgan tergov harakatlariga bo‘linadi.

Dalillarni to‘plashga qaratilgan tergov harakatlarida hali o‘rganilmagan ob’ekt xususida ma’lumot olinadi. So‘roq qilish (takroran, qo‘shimcha va qayta so‘roq qilishlar bundan mustasno), olib qo‘yish, tintuv va b.

Dalilarni tekshirishga qaratilgan tergov harakatlarida oldin tergov harakatlari orqali boshqa bir tergov harakatida yig‘ilgan dalilning haqiqiy holatga mos kelishi tekshiriladi. Bular yuzlashtirish, eksperiment o‘tkazish, tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatlaridir. SHuning uchun bunday tergov harakatlarini amalga oshirishdan oldin dastlabki kerakli dalillarni to‘plash zarur bo‘ladi.

Bulardan tashqari, fanda tergov harakatlarini tasnif­lashda ularni o‘tkazish paytiga ko‘ra (boshqa protsessual hara­katlarga nisbatan) kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakat­lari turi ajratilib ko‘rsatiladi.

Jinoyat protsessi nazariyasida “kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakati” tushunchasi ko‘plab ilmiy tortishuvlarga sabab bo‘ladi. CHunki olimlar bunday tergov harakatlarini turli xil talqin qilib, ularga mansub tergov harakatlarini o‘z nuqtai nazarlaridan kelib chiqib belgilaydilar.

Ayrim olimlar “kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakat-lari”ni kriminalistik tushuncha deb bilib, jinoyat tergov qilish taktikasiga ko‘ra jinoyat hali sovumagan izlaridan dalillarni olish va mustahkamlashga qaratilgan harakatlar­ning zaruriy birlamchilarini, ya’ni kechiktirilmagan holda (agar tezkorlik bilan olib borilmasa, dalillarning yo‘qoli­shi, soxtalashtirilishiga olib kelishi mumkin) o‘tkaziladigan tergov harakatlarini tushunadilar2.

Boshqa olimlar esa kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakat-larini jinoyat-protsessual tushuncha deb ta’kidlab, jinoyat ishini qo‘zg‘atish vaqtiga nisbatan, qolaversa jinoyat – protsessual qonunchiligida aynan “kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari” sifatida ko‘rsatilgan tergov harakatlarini ko‘rsatadilar3.

YAna bir guruh protsessualist olimlar “kechiktirib bo‘lmay­digan tergov harakatlari”ning ikki jihatini ko‘rsatib, uni ham kriminalistik, ham jinoyat-protsessual tushuncha deb hisoblaydilar4.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat–protsessual kodeksida kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarining ro‘yxati va hajmi haqida so‘z yuritilmagan.

Jinoyat-protsessual faoliyatni amalga oshiradigan surish­tiruvchi yoki tergovchi o‘z ish yurituvidagi jinoyat ishining murakkabligidan va jinoyatning kriminalistik guruhga mansubligi va uning boshqa tarkibiy xususiyatlaridan kelib chiqib, barcha tergov harakatlari orasidan “kechiktirib bo‘lmay­digan”larini o‘zi tanlab oladi. SHuning uchun ham, bizningcha, qonun chiqaruvchi kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakat­larining ro‘yxatini qat’iy belgilamasdan to‘g‘ri qilgan. CHunki muayyan hodisa yuzasidan aynan qaysi tergov harakatlari kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari bo‘lishini oldin­dan belgilashning imkoni yo‘q.

Tergov harakatlari tizimi xususida jinoyat-protsessual na­zariyasida hali hanuz munozaralar va yanglish fikrlar mavjud. Ayrim holda tergov harakatlari sirasiga gumon qilinuvchini ushlab turish, mulkni xatlash kabilarni kiritsa, boshqa bir hollarda masalan: telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish tergov harakatlariga kiritilmaydi5.

Amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligimizda quyidagi tergov harakatlari mavjud:


  1. so‘roq qilish;

  2. yuzlashtirish;

  3. tanib olish uchun ko‘rsatish;

  4. ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish;

  5. olib qo‘yish;

  6. tintuv;

  7. ko‘zdan kechirish;

  8. guvohlantirish;

  9. murdani eksgumatsiya qilish;

  10. eksperiment o‘tkazish;

  11. ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazish uchun namunalar olish;

  12. ekspertiza va taftish tayinlash;

  13. taqdim etilgan ashyolar va hujjatlarni qabul qilish;

  14. telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilgan so‘zlashuvlarni eshitib turish yo‘li bilan to‘planadi.

Tergov harakatlarining huquqiy asoslari va shartlari. Tergov harakati o‘tkazishning qoidalari ularni tartibga so­luvchi jinoyat-protsessual normalarda aks etadi. Jinoyat protsessida sudga qadar ish yuritishda tergov harakatlarini o‘tka­zishda Jinoyat – protsessual kodeksining 9-25 – boblaridagi normalar qo‘llaniladi. SHu o‘rinda alohida ta’kidlash lozim­ki, jinoyat protsessining sud bosqichlarida tergov harakatlari­ni o‘tkazishda esa ushbu normalar birga tergov harakatini sud tomonidan o‘kazilishiga doir normalar ham amal qiladi.

Tergov harakatlariga bag‘ishlangan normalarni uch guruhga ajratib ko‘rsatish mumkin:



  1. tergov harakatlarini o‘tkazish hollarini tartibga soluvchi normalar;

  2. tergov harakatlari protsessual tartibini belgilab beruvchi normalar;

  3. tergov harakatlari o‘tkazishni tasvirlovchi normalar.

Mana shu uch guruhdagi normalar tergov harakatlarini amalga oshirishning protsessual shaklini belgilab beradi.

Tergov harakatlari protsessual shaklining birinchi elemen­ti ularni o‘tkazishning shartlari hisoblanadi. Ular umumiy va maxsus shartlardan iborat.



Tergov harakatlari o‘tkazishning umumiy shartlari. Tergov harakatlari o‘tkazishning umumiy shartlari asosan quyida­gilar:

a) Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lishi kerak (hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, ekspertiza bundan mustasno (JPK, 329 – modda, 2-qism).

b) tergov harakatini o‘tkazishga vakolatli sub’ektning mavjud bo‘lishi (monesiz ishtirok etadigan va qonunda belgilangan tartibda ishni o‘z yurituviga qabul qilgan shaxs);

v) tergov harakatining o‘tkazilish vaqti va joyi.

Tergov harakatini o‘tkazish joyi, ya’ni, tergov qilish joyi hududiy jihatdan tergovga tegishlilik (JPK, 346-modda) bilan aniqlanadi. Zarur hollarda tergov harakatlari boshqa joylarda, tergovchining shaxsan o‘zi borishi yoki alohida topshiriq berishi bilan amalga oshiriladi.

Tergov harakatlari tungi vaqtda, ya’ni kech soat 22-00 dan ertalab soat 6-00 gacha tergov harakatlari olib borish. Tayyor­lanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish, ji­noyat izi yo‘qolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, eksperiment jarayonida tekshirilayotgan hodi­saning holatini qaytadan tiklash zarurati bo‘lgan hollar bundan mustasno (JPKning 88 moddasi 2-qismi 3-bandi).



Tergov harakatlarini o‘tkazishning maxsus shartlari. Ter­gov harakatlarini o‘tkazishning maxsus shartlari deganda muayyan holatda zaruriy tergov harakatini to‘g‘ri tanlashga yo‘l qo‘yadigan maxsus shart-sharoitlar nazarda tutiladi.

Ular sirasiga eng avvalo, tergov harakati o‘tkazish uchun asoslar: aynan shu harakatlar yordamida muayyan dalil turini olish zarurati to‘g‘risida ma’lumot (fikr) ning mavjudligi hisoblanadi. Asos sifatida aniq ma’lumotlar, ba’zi hollarda rahbar shaxsning ko‘rsatuvlari bo‘lishi mumkin (Misol uchun muayyan tergov harakatini o‘tkazish to‘g‘risida tergovchi yoki surishtiruvchiga prokurorning bergan ko‘rsatuvsi).

Tergov harakatining asoslarini noto‘g‘ri aniqlash tergov harakatlarini noqonuniy ravishda birining o‘rnini ikkinchi­si bilan almashtirishga sabab bo‘ladi. Amaliyotda guvohlanti­rish o‘rnida yuzlashtirish, ekspertiza o‘rnida tergov eksperi­menti, eksperiment o‘rnida esa, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatlari o‘tkazilganligi va shunga o‘xshash noxush holatlarni uchratish mumkin. Bu holatlarda tergov harakatlari asossiz o‘tkazilgan hisoblanadi va ularning natijalari o‘zining daliliy kuchini yo‘qotadi.

Tergov harakatlarining maxsus shartlariga, shuningdek, ular ishtirokchilarining doirasiga va ularning huquqiy maqomiga e’lon qilinadigan talablarni ham kiritish mumkin. Ular majburiy va fakultativ bo‘lishlari mumkin. Ba’zi hollarda tergov harakatlari ishtirokchilarining majburiy doirasi qonun tomonidan ham belgilangan, masalan, ayrim tergov harakatida xolislarning va tarjimon va himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan holatlar Jinoyat-protsessual kodeksda ko‘rsatilgan.

Ayblanuvchini so‘roq qilish uchun ayblov e’lon qilingan­ligi, tanib olish uchun ko‘rsatishda tanib oluvchi shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxs yoki predmet xususida, uni qaysi belgilariga ko‘ra tanib olishi to‘g‘risida so‘roq qilish maxsus shartlardan hisoblanadi. Ekspertiza o‘tkazish uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va ularning himoyachisi ekpertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror bilan dastlabki tanishuvi maxsus shart bo‘lib xizmat qiladi. (JPK, 179 – modda, 1-qism)

Maxsus shartlarning mavjudligini qonun tergov harakati­ni o‘tkazish to‘g‘risidagi yozma shaklda rasmiylashtirilgan qarorda aks ettirish talab qilinadi (bu tergov harakatining yuridik asosi deb ataladi).

Tergovchi qaroriga ko‘ra murdani eksgumatsiya qilish guvohlantirish, tintuv, olib qo‘yish, ekpertiza (shu jumladan, ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollar) o‘tkazish va boshqalar amalga oshiriladi.

JPKda belgilangan ayrim hollarda davlat sirlari bo‘lgan hujjatlar yoki narsalarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish va unga doir boshqa harakatlar faqat surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga yoxud sudning ajrimiga ko‘ra amalga oshirilishi qo‘shimcha ravishda nazarda tutiladi (JPK, 89-modda, 1-qism).

Tergov harakatlarining ikkinchi elementi bu ularning protsedurasi, ya’ni tergovga tegishlilik va tergov harakatini o‘tkazishning usullari hisoblanadi. Tergov harakatini o‘tkazish bir necha bosqichlardan iborat:

Birinchi bosqich – tayyorlov bosqichi. Bunda tergov harakati­ni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va rasmiylashti­riladi, tergov harakati o‘tkazishni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Ikkinchi bosqich protsess ishtirokchilarini tasdiqlash, ularning huquq va majburiyatlari, tergov harakati vazifalari va o‘tkazish tartibini tushuntirish bilan bog‘liq. SHaxsni tasdiqlash faqat hujjat bo‘yicha emas, tanib olish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin (agar tergovchi bilan protsessning ushbu ishtirokchisi oldindan tanish bo‘lsa, boshqacha usulda tanib olish uchun ko‘rsatish qo‘llanilishi mumkin). Muayyan tergov harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Guvoh, jabrlanuvchi va mutaxassis (agar ko‘rsatuv berayotgan bo‘lsa) ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik to‘g‘risida ogohlanti­riladi. Ekspert va tarjimon bila turib yolg‘on xulosa va bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganligi uchun ogohlantiriladi.

Uchinchi bosqichni bilish usullari va tadbirlari tashkil etadi.

To‘rtinchi bosqichda esa tergov harakati va natijalari qayd qilinadi.

Barcha tergov harakatlari uchun Jinoyat-protsessual qonun­chilik ularni o‘tkazishning quyidagi qoidalarini belgilagan:



  • ularni o‘tkazish chog‘ida fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muxofaza qilish va qo‘riqlash choralarini ko‘rish (JPK, 18-modda va 88 – modda, 1-qism);

  • shaxslarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakat­lar sodir etmaslik (JPK, 88 – modda, 2 – qism, 1-band);

  • zo‘rlik, po‘pisa qilish, aldash va qonunga xilof boshqa yo‘llar bilan ko‘rsatuv, tushuntirish, xulosalar olishga, ekspe­rimental harakatlarni bajarishga, hujjatlar yoki buyumlar tayyorlanishiga va berilishiga erishishga yo‘l qo‘yilmasligi (JPKning 88 – modda, 2 – qism, 2 – band);

  • tungi vaqtda, ya’ni kech soat 22-00 dan ertalab soat 6-00 gacha tergov harakatlari olib borish mumkin emasligi (JPK, 88 – modda, 2 – qism, 3 – band). Tayyorlanayotgan yoki sodir eti­layotgan jinoyatning oldini olish, jinoyat izi yo‘qolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, ekspe­riment jarayonida tekshirilayotgan hodisaning holatini qayta­dan tiklash zarurati bo‘lgan hollar bundan mustasno;

  • Tergov harakatlari o‘tkazilayotganda, shaxsni yalang‘och qilib echintirish bilan bog‘liq bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va ishda mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etayotgan shifokorlardan boshqa shaxslarning o‘zga jinsdagi shaxsni ishtirok etmasligi (JPK, 88 – modda, 2 -qism);

  • shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, shuningdek hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqat­siz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilmasligi (JPK, 17-modda, 1-qism);

  • tergov harakatlari o‘tkazish chog‘ida ham ayblov, ham oqlov xarakteridagi dalillarni yig‘ish (JPK, 22-modda);

  • JPKning 90-92-moddalariga asosan bayonnoma yuritilishi va boshqalar.

Tergov harakatlari protsessual shaklining uchinchi elementi – ularni ta’minlash choralaridir. Tergov harakatlari o‘tkazish­ning qoidalari, shartlari va asoslari to‘g‘risida protsessual normalarni buzish salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Ta’min­lash choralari protsess ishtirokchilari uchun majburlov chora­lari, jarima, hattoki jinoiy javobgarlik choralari bo‘lishi mumkin.

Download 455.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling