I tur Akademik va deputat Valeriy Kuzin bolaligida iqtidorli bola bo‘lgan. Uch yoshligida bolalar bog‘chasida u bir vaqtning o‘zida figurali uchish, musiqa, ingliz tili va shaxmat bilan shug‘ullangan. Biroq


Download 26.6 Kb.
bet1/4
Sana16.02.2023
Hajmi26.6 Kb.
#1203477
  1   2   3   4
Bog'liq
Maktab to\'garak 01.11.2022

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol

I tur


1. Akademik va deputat Valeriy Kuzin bolaligida iqtidorli bola bo‘lgan. Uch yoshligida bolalar bog‘chasida u bir vaqtning o‘zida figurali uchish, musiqa, ingliz tili va shaxmat bilan shug‘ullangan. Biroq, u tez orada shaxmat to‘garagiga borishni to‘xtatadi. Ota-onasi farzandini shaxmat to‘garagida qatnashishga hali biroz vaqtli ekanini tushunishadi.
Savol: Bola nima sababdan shaxmat darslarini to‘xtatgan?
Javob: Yozishni bilmagan. (Savodi bo‘lmagan)
Izoh: Murabbiy kichik shaxmatchiga o‘yin vaqtida partiyani yozib borish kerakligini aytgan. Bola esa endigina 3 yoshli bo‘lgan.


2. Rus imperiyasi flotida u shunday turlarga bo‘lingan: asosiy, tonggi, qo‘shimcha, rag‘batlantiruvchi, dastlabki, tungi qo‘shimcha va hatto yashirin.
Savol: Bular nimaning turlari?
Javob: Uyqu.


3. 1975-yil Stokgolmda ajoyib hodisa ro‘y beradi. Oynadan o‘zini tashlab suiqasd qilmoqchi bo‘lgan odamni vaqtida yetib kelgan o‘t o‘chiruvchi ko‘ylagidan ushlab qolib, qutqarib oladi. Tez orada ushbu o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan odam yaxshigina mablag‘ egasiga ham aylanadi.
Savol: Unga ushbu mablag‘ni kim bergan?
Javob: Ko‘ylakni ishlab chiqargan kompaniya.
Izoh: Ko‘ylak sifatliligini ajoyib tarzda reklama qilinganini guvohi bo‘lgan kompaniya unga pul beradi.


4. Xitoy donishmandlarining ta’kidlashicha, guruchning har bir boshog‘ida bir tomchi U bor ekan.
Savol: Uni bir bo‘g‘inli so‘z bilan yozib bering.
Javob: Ter.
Izoh: Donishmandlar har bir guruch boshog‘iga insonning mehnati singganini ta’riflashgan.


5. Arab tilida bunday harflar 28 ta, ivrit tilida 5 ta, grek tilida esa 1 ta ekan. Yevropa tillarida bunday harflar yo‘q.

Download 26.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling