I umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa tarbiyasi


Download 125.5 Kb.
bet1/8
Sana16.03.2023
Hajmi125.5 Kb.
#1279028
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi O\'rta sinflarda musiqa ta\'limi



Reja:
KIRISH
I bob. TA’LIM MUASSASALARIDAGI MUSIQA MASHG`ULOTLARI
I.1. Bolaning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish va musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi

I.2.Umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa tarbiyasi


II bob MUSIQA MASHG`ULOTLARIDA MUSIQANI IDROK ETISHNI O`RGATISH USLUBLARI

II.1.Umiumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa idroki mashg`ulotlarini tashkil etish

II.2.Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish.


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

KIRISH
Musiqa tarbiyasi haqida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda musiqaning bolalar tomonidan qanday qabul qilinishi, musiqaning ular tomonidan idrok etilishi bizni qiziqtirgan eng muhim masala bo`lib turadi. O`quvchi yoshlarnini badiiy-estetik tarbiyalashda, ularning ma’naviy jihatdan yetuk, barkamol inson bo`lib yetishishlarida musiqa tarbiyasining ahamiyati juda katta ekanligi hozirgi kunga kelib tobora ko`proq namoyon bo`lmoqda. Butun dunyoni o`zining dilbar milliy kuy-qo`shiqlari bilan maftun etayotgan o`zbek xalqining madaniy tarixiga bir nazar solsak, san’atsevar xalqimiz hayotida musiqa san’ati alohida muhim o`rin egallab kelayotganligining guvohi bo`lamiz.
Biz insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo`lmaydi. Kelajak avlod tarbiyasida san’atning, xususan, musiqa san’atining tutgan o`rni beqiyosligini nazarda tutib gapiradigan bo`lsak, musiqa haqida quydagilarni aytishimiz mumkin:
a.) Musiqa – o`z tabiatiga ko`ra hissiy va ruhiy kechinmalar uyg`otuvchi,
b.) Musiqa - kishilarda nozik didni tarbiyalovchi,
d.) Musiqa - tinglovchini ham, ijrochini ham nafosatga, ma’naviy barkamollikka undovchi kuchli vosita.
Musiqaning ana shu o`tkir tarbiyaviy kuchidan foydalanish, san’at vositasida yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash umumta’lim maktablari zimmasidagi eng muhim va doim dolzarb bo`lgan vazifalardan biridir. Muhtaram birinchi Prezidentimiz o`zining “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida: “Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta’sir ko`rsatmoqda”1, - deb musiqa san’atining yosh avlodning ma’naviy barkamol bo`lib yetishishidagi muhim ahamiyatini alohida ta’kidlab o`tganlar. Davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan rivojlantirish hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashda o`tmish merosimiz va milliy musiqiy qadriyatlarimizni o`rganish alohida muhim o`rin tutadi.
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni (1997), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997)da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta’limning ustivor deb e’lon qilinishi musiqa madaniyati, musiqiy pedagogika zimmasiga juda katta, ulug`vor vazifalarni yuklash bilan bir vaqtda zarur bo`lgan barcha imkoniyatlarni ham yaratib berdi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy-ma`naviy qadriyatlarimizga, ayniqsa ko`p asrlik milliy musiqiy merosimizga, uni o`rganishga va bu boradagi tadqiqotlarga hukumatimiz tomonidan juda katta e’tibor berildi. Porloq kelajak sari intilayotgan har bir xalq o`z tarixini, milliy an’analarini va madaniyatini e’zozlab, undagi boy, takrorlanmas manbalardan ijodiy foydalanishi lozimligi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Bolalar tomonidan musiqa idrokining chuqur o`zlashtirilishiga erishish, milliy musiqamizni jahon miqyosida keng targ`ib qilish, ulardagi ilg`or milliy-ma’naviy qarashlarni, yetuk g`oyalarni, progressiv dunyoqarashlarni o`sib kelayotgan yosh avlod ongiga va qalbiga singdirish, ularga musiqani to`gri yo`nalishda idrok etishni o`rgatish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb muammolardan biri bo`lib turibdi.

Download 125.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling