O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq barcha sohalarda
Download 41.39 Kb.
|
Tarix G\'afur
- Bu sahifa navigatsiya:
- “jamiyatni ma’naviy
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta‘lim sohasini rivojlantirish, yosh avlodni har ma‘nan ham jismonan yetuk kadrlar etib voyaga yetkazishga alohida e‘tibor qaratilib kelinmoqda. SHu maqsadda 1992 yilda ta‘lim to‘g‘risida qonun qabul qilindi va 1997 yil 29 avgustda ―Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun‖ning yangi tahriri va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ qabul qilinishi ta‘lim tizimini takomillashtirish va rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarni yaratdi. O‘zbekistonda olib borilayotgan ta‘lim sohasidagi tub islohatlar o‘ziga xos demokratik umummilliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tashkil topgan. Bu xaqda to‘xtalib,birinchi Prezidentimiz I.Karimov: ―Ta‘limtarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini lo‘nda qilib ifoda etish mumkin: bizga bitiruvchilar emas, maktab ta‘limini ko‘rgan shaxslar kerak... Ishonchim komil: agar bu islohotni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada biz hayotimizdagi ijobiy ma‘nodagi ―portlash efekti‖ga ya‘ni uning samarasiga erishamiz, deb ta‘kidlagan edi. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston bugun yoshlar ta‘limini rivojlantirish sohasida bu yo‘ldan dadil bormoqda. O‘zbekiston mustaqilligining yigirma ikki yilligiga respublikamiz xalq ta‘limi ulug‘ muvaffaqiyatlar bilan kelmoqda. Zero, istiqlol shunday tarixiy g‘alabaki, u ijtimoiy, jamiyatning ham, unda yashayotgan kishilarning ham siyosiy taqdirini, mavqeini o‘zgartirib yubordi. O‘zbekiston mustaqilligi – bu nafaqat siyosat, balki ma‘naviyat hamdir. O‘zbekiston mustaqilligi millatning tamoman yangi sifatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy istiqbolini belgilab berdi. Bunda respublika xalq ta‘limida amalga oshirilgan islohotlar va bu borada erishilgan muvaffaqiyatlar muhim tarixiy ahamiyat kasb etadi. Muhtaram birinchi prezidentimiz I.Karimov alohida ta‘kidlaganidek, “o’z – o’zidan ayonki, yangi davlat barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo’lidagi murakkab va keng ko’lamli vazifalarni hal etishga qodir bo’lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim prinsipial va hal qiluvchi ahamiyatga ega”. Demak, konstitutsiya – kadrlar tayyorlash milliy dasturining huquqiy asosi. Har bir davlatning kuch – qudrati, taraqqiyoti ijtimoiy – iqtisodiy faktorlari bilan bir qatorda aholisining, xususan, ziyoli qatlamining intellektual imkoniyatlariga, tafakkur darajasiga bog‘liq. SHuning uchun ham davlat mustaqilligining dastlabki yilidanoq yangicha, istiqloliy taffakurga ega bo‘lgan milliy kadrlar tayyorlash masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Milliy, ijtimoiy – siyosiy faol, yuksak aql – zakovatli ziyolilar masalasi har bir jamiyatda, har bir zamonda dolzarb vazifa bo‘lib kelgan. Lekin O‘zbekiston mustaqilligi uni tamoman yangicha sifat, mazmun darajasida talab qildi. Zero, sovetcha ma‘muriy – buyruqbozlik andozasidagi kadrlar nomenklaturasi O‘zbekiston mustaqilligining ham, milliy davlatchiligimizning ham ijtimoiy tabiatiga, maqsad mohiyatiga zid edi. Totalitarizmga, ulug‘ davlatchilikka asoslangan tuzum hech qachon kadrlar siyosatini milliy manfaatlari yo‘nalishida qo‘ymasligi endi har bir ziyoliga ma‘lum. Ana shuning uchun ham O‘zbekiston mustaqilligi milliy kadr masalasini davlat siyosati darajasida hal qilish vazifasini qo‘ydi. SHu munosabat bilan birinchi prezident I.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997) “jamiyatni ma’naviy Download 41.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling