Istiqlol davri o’zbek adabiyotida tarixiy drama janri haqida annotatsiya


Download 27.92 Kb.
Sana17.07.2023
Hajmi27.92 Kb.
#1660807
Bog'liq
Маъруза Истиқлол даври тарихий драма ҳақида


ISTIQLOL DAVRI O’ZBEK ADABIYOTIDA TARIXIY DRAMA JANRI HAQIDA
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada istiqlol davri o‘zbek adabiyotida yaratilgan tarixiy dramalar va buyuk sarkardalar, alloma shaxslarning yangicha badiiy talqiniga qisqacha ekskurs qilindi.
KALIT SO‘ZLAR: tarixiy drama, obraz, tarixiy shaxs, tarixiy haqiqat, istiqlol adabiyot.
АННОТАЦИЯ: В данной статье кратко исследована новая художественная интерпретация исторических драм и великих полководцев и известных личностей, созданная в узбекской литературе периода независимости.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: историческая драма, образ, историческая личность, историческая правда, самостоятельная литература.
ANNOTATION: In this article, a new artistic interpretation of historical dramas and great generals and famous personalities created in the Uzbek literature of the independence period was briefly explored.
KEY WORDS: historical drama, image, historical figure, historical truth, independent literature.
Istiqlol davri o’zbek adabiyotida boshqa tur va janrlar singari tarixiy drama janri ham rivojlandi. Zamonaviy o’zbek dramaturgiyasida tarixiy drama janrining ilk va mumtoz namunalarini M.Behbudiy, Fitrat, Uyg’un, I.Sulton, K.Yashin, M.Shayxzoda kabi yetuk ijodkorlar yaratishdi. Istiqlol davrida dramaturglar sho’ro davri tazyiqlari va cheklovlari tufayli sahna yuzini ko’ra olmayotgan buyuk tarixiy shaxslar, mutasavvuflar, hadisshunoslar, temuriy malikalar, qatag’on jabrdiydalari bo’lgan adiblarning mashaqqatli va ibratomus hayotini bugungi zamondosh- larimizga estetik ideal sifatida taqdim etdi. Mustaqillik sharofati bilan Imom Buxoriy, Ismoil Somoniy, Jaloliddin Manguberdi, Shayx Najmiddin Kubro, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Mashrab, Cho’lpon, Usmon Nosir, Muqimiy kabi buyuk tarixiy shaxslarning har biri haqida o’nlab tarixiy drama, tarixiy tragediyalar yaratildi. Xususan, bu tarixiy shaxslarning nomini va tarixdagi xizmatlarini qaytadan ijobiy baholash va tiriltirish maqsadida ularning yubiley sanalari munosabati bilan dramaturglar tanlov uchun tarixiy dramalar yaratishdi. Jumladan, buyuk sarkarda Amir Temurning 660 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida 1996-yilda ijodiy topshiriqlar, rejalar va maxsus farmonlar asosida ko’pgina tadbirlar o’tkazildi. Buyuk sarkarda Amir Temur haqida S. Po’latovning “ Sohibqiron vasiyati”, T.Zulfiqorovning “Temur va Hofiz”, N.Qobulovning “Amir Temur fojiasi”, A.Ikromovning “Buyuk Temur”, Sh.Pardayevning “Jahongir”, U.Sattorovning “Sohibqiron afsonasi”, H.Muhammadning “Temurning tug’ilishi”, E.Xushvaqtovning “Temurnoma”, T.Mardiyevaning “Sohibqiron kelini”, N.Abbosxon “ Sohibqiron onasi” kabi tarixiy dramalar qatoriga esa yaqin yillarda Usmon Azim “Adolat fasli”, Asror Samad “Sohibqiron Amir Temur yoxud adolat qilichi” kabi dramalar yozib yanada boyitdilar. Mazkur ikki drama ham shu yili sahna yuzini ko’rdi. Bundan tashqari, 1999-yilda Imom Buxoriyning 1225 yilligi munosabati bilan Imom Buxoriy shaxsiyatini abadiylashtirish va bugungi kun kishilariga ideal sifatida taqdim etish maqsadida jami sakkizta tarixiy drama yaratildi. Mazkur dramalar orasida U.Qo’chqorning “Imom Buxoriy” she’riy dramasi g’olib deb topildi. O’rta asrda yashagan bu buyuk hadisshunos olimning hayotini yoritib bera olgan. “ Dramaturg nafaqat musofirlikda, balki o’z yurtida ham ro’shnolik ko’rmagan insonning holati va qalb kechinmalarini turli vaziyatlarda aks ettirar ekan, har qanday vaziyatda ham o’z e’riqodi, haq yo’lidagi a’mollaridan qaytmaydigan alloma obrazini yarata oldi”1 deb ta’kidlaydi M.Fozilova . Yana shuningdek, Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi munosabati bilan Farg’oniy haqida yettita drama yaratildi. Istiqlol davri o’zbek dramaturgiyasi mavzu va g’oya jihatdan, mualliflar va janrlar nuqtai nazaridan ham nihoyatda sermazmun va boy bo’ldi. Yuqorida sanalganlardan tashqari, “Ismoil Somoniy” (Chorsham), “Ajdodlar qilichi”, “Yot hujra” (E.Samandar), “Shayx Najmiddin Kubro” (Omon Matjon), “Alg‘ul” (Xurshid Davron), “Guli va Navoiy” (Naim Karimov), “Samarqand sayqali” (Iqbol Mirzo), “Kunduzsiz kechalar”(Usmon Azim), “Oy tutilgan kechalar” (Olimjon Xoldor) “Majnun bo’lib elni sevaman” (Dilorom Karimova) , “Usmon Nosir” (Iqbol Mirzo), “Usmon shoir-osmon shoir” (To’ra Mirzo), “Usmon Nosir” (Javlon Jovliyev), “Usmon Nosir” (Nodira Rashidova) kabi tarixiy dramalar yozdi. Albatta, bu tarixiy dramalarining barchasi ham badiiy-g’oyaviy jihatdan mukammal emas. Ularning ba’zilari poytaxt va viloyat teatr sahnalarida teatrlashtirilib xalqimiz hukmiga havola etildi. Hatto, ba’zi tarixiy dramalar haqida ilmiy dissertatsiya, maqola va taqrizlarda ularning badiiy saviyasi haqida tadqiq va talqinlar qilindi. Masalan, shoir, tarjimon Usmon Qo’chqorning “Imom Buxoriy” she’riy dramasi N.Norova tomonidan “Uslub va ijodkor mahorati. ( Usmon Qo’chqor ijodi misolida)” dissertatsiyasida adibning “Imom Buxoriy” she’riy dramasi tahlil etilgan. Shuningdek, M.Fozilovaning “Usmon Azimning dramaturgik mahorati” monografiyasida dramaturgning o’ndan ziyod tarixiy dramalari tahlil etib berilgan. Istiqlol davri o’zbek adabiyotida yaratilgan tarixiy dramalar quyidagi badiiy g’oyaviy xususiyatlari bilan sho’ro davri dramaturgiyasidan farqlanib turadi: Istiqlol davri dramaturglari tarixiy drama janrini shakllantirishda sho’ro davrida yashab ijod etgan Fitrat, Uyg’un, K.Yashin, M.Shayxzodalarning boy ijodiy tajribasini davom ettirdi; Shuningdek, ular dramaturgiya sohasidagi jahon adabiy tajribalari va yangicha badiiy-uslubiy izlanishlarni o’zlari yaratgan dramalarda sintez qildi; Istiqlol davri o’zbek dramaturgiyasida tarixiy shaxslar va adabiiy siymolarga ijobiy ma’nodagi yangicha yondashuv paydo bo’ldi, chunki tarix qaytadan baholandi. Shu bois milliy tariximiz va adabiyotimiz, dinimiz, ma’naviyatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan Amir Temur, Bibixonim, Imom Buxoriy, Ahmad Farg’oniy, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Cho’lpon, Usmon Nosir, Mashrab, Muqimiy kabi tarixiy va adabiy shaxslar haqida yuzlab tarixiy drama, tarixiy fojia, she’riy drama, musiqiy drama na’munalari yaratildi va ularning ba’zilari sahnalashtirildi; Mazkur ekskurs natijasi shuni ko’rsatadiki, istiqlol davri o’zbek adabiyotida yaratilgan tarixiy drama janrini maxsus monografik tadqiqotda o’rganish, talqin va tadqiq etish bugungi adabiyotshunosligimizning bag’oyat muhim mavzusi ekani oydinlashadi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:

  1. Fazilova M.Usmon Azimning dramaturgik mahorati. T.2016.

  2. Norova N. “Uslub va ijodkor mahorati. (Usmon Qo’chqor ijodi misolida)” diss. Qarshi.2022.

  3. Soliyev A. O’zbek dramaturgiyasida inson talqini.T. 2006.

  4. Otajonova M .Izzat Sulton dramaturgiyasida zamon va qahramon.T.2008.

1 Fazilova M. Usmon Azimning dramaturgik mahorati.” Tafakkur qanoti” T. 2016. B.252.

Download 27.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling