Ichki sekretsiya bezlari. Qalqonsimon bez ayrisimon bez


Download 249.43 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi249.43 Kb.
#1613513
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI




Reja:



  1. ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI.

  2. QALQONSIMON BEZ

  3. AYRISIMON BEZ

  4. MIYANING PASTKI ORTIG’I – GIPOFIZ

  5. ORTIQSIMON TANA

  6. MEDA OSTI BEZINING INKRETOR QISMI



ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI

Ichki sekretsiya bezlari o‘zida sekret chiqaruvchi naylari bo‘lmasligi bilan tashqi sekretsiya bezlaridan farq qiladi. Ichki sekretsiya bezlarida ishlangan sekret (gormon) bevosita qonga shimiladi. Shuning uchun bunday bezlar endokrin (endocrino – ajrataman) bezlari deb ham ataladi.


Ichki sekretsiya bezlari odam organizmining turli joylarida o‘rnashgan bo‘lib, ular funksiyalariga qarab (hajmlari garchand kichkina bo‘lsa-da) juda ko‘p qon tomirlar bilan ta’minlangan. Jumladan buyrak usti beziga uch juft qon tomir orqali qon kelsa, qalqonsimon bezga to‘rt-beshta qon tomir keladi. Shu bilan birga endokrin bezlarni juda ko‘p nerv tolalari innervatsiya qiladi. Ular endokrin bezlarni idora qiluvchi markazlar bilan bog‘lanib turadi. Shunday qilib, bir tomondan endokrin bezlar funksiyasini nerv sistemasi boshqarib tursa, ikkinchi tomondan qonga shimilgan gormonlar o‘z navbatida nerv sistemasiga ta’sir qiladi. Ichki sekretsiya bezlari turlicha bo‘ladi. Shuning uchun organizm funksiyalarining gormonal regulyatsiyasi demasdan, balki neyrogumoral regulyatsiya deb atalishi maqsadga muvofiqdir.




Ichki sekretsiya bezlari.


1–corpus callosum; 2–corpus pineale; 3–tectum mesencephali; 4–cerebellum; 5–glomus caroticum; 6–larynx; 7–glandulae parathyroideae; 8–thymus; 9–corpora paraaortica; 10–hepar; 11–glandula suprarenalis; 12–pancreas; 13–glomus aorticum; 14–intestinum crassum; 15–v. cava inferior; 16–testis; 17–glomus coccygeum; 18–vesica urinaria; 19–aorta; 20–intestinum tenue; 21–ren; 22–cortex glandulae suprarenalis; 23–medulla glandulae suprarenalis; 24–pericardium; 25–pulmo; 26–trachea; 27–glandula thyroidea; 28–hypophysis; 29–infundibulum; 30–hemispherium cerebri.

Organizmning normal faoliyati uchun gormonlar qon tarkibida muayyan miqdorda bo‘lishi lozim. Gormonlar miqdorining qonda kamayish holatiga gipofunksiya deyilib, bu vaqtda turli kasalliklar paydo bo‘ladi. Gormonlar qon tarkibida butun organizmga tarqalib u yoki bu jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Download 249.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling