Ii bob. Abdulla qahhor hikoya janri ustasi


Download 35.85 Kb.
bet1/8
Sana05.04.2023
Hajmi35.85 Kb.
#1274870
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
хикоя.A. Qahhor. docx




MAVZU: MAKTABDA ABDULLA QAHHOR IJODINI O`RGANISH
MUNDARIJA

KIRISH

ASOSIY QISM

I BOB. ABDULLA QAHHOR HAYOTI VA IJODI BILAN TANISHTIRISHNING O`ZIGA XOS USULLARI.


II BOB. ABDULLA QAHHOR – HIKOYA JANRI USTASI.


III BOB. ABDULLA QAHHORNING “DAHSHAT” HIKOYASINI BAHS-MUNOAZAR USULIDA O`RGANISH” YUZASIDAN DARS ISHLANMASI.


XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Taniqli adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov: “Abdulla Qahhor o`zbek adabiyotining rivojiga katta hissa qo`shgan zabardast yozuvchilardan. Uning hikoya va ocherklari, qissa va romanlari, satirik komediya va lirik dramalari xalqimizning ma’naviy xazinasidan munosib o`rin olgan”, deb yozgan edi.


Darhaqiqat Abdulla Qahhor o`zbek xalqining hayoti, insonning ichki va ruhiy olami, umuminsoniy qadriyatlar to`g`risida o`lmas asarlar yaratgan iste’dodli adibdir. Biz yozuvchini XX asr o`zbek nasrining etakchi namoyandalaridan biri sifatida yaxshi bilamiz.
Abdulla Qahhor adabiyotga dastlab she’rlari va feletonlari bilan kirib keldi, keyin hikoyanavis sifatida shuhrat qozondi. U publisist, qissanavis va romannavis, satirik komediyalar va lirik dramaturgiya ustasi, jurnalist va tarjimon sifatida ham mashhur.
Adibning XX asrning 30-yillarida yozgan turkum hikoyalari, qator qissalari va “Sarob” romani o`zbek adabiyoti xazinasiga munosib durdonalar bo`lib qo`shilgan. Bu asarlar bugungi kun yoshlari ma’naviyatini yuksaltirishga, ularni komil insonlar etib tarbiyalashga ham xizmat qilishi shubhasiz. Negaki, Qahhor o`zbek o`quvchisiga mos o`zbekona nasr yarata bilgan so`z san’atkoridir. Shularni inobatga olgan holda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 8 yanvardagi “O`zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 100 yilligini nishonlash to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq 2007 yil sentyabr oyida mamlakatimiz miqyosida adib yubileyi keng nishonlandi.
Abdulla Qahhor ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida muhim ahamiyatga ega ekani nazarda tutilib, o`rta umumta’lim maktablari o`quv dasturidan adib hayoti va ijodini o`rganishga ham muayyan soatlar ajratilgan.

Bizning ushbu bitiruv ishimiz maktabda Abdulla Qahhor ijodini o`rganish muammolariga bag`ishlangan.


O`quvchilarni Abdulla Qahhor ijodiga qiziqtirishda uning o`z hayoti haqida bitilgan “O`tmishdan ertaklar” qissasi alohida o`rin tutadi. Qahhor hikoyalarini tushuntirishda uning hayoti bilan bog`liq voqea-hodisalarni tahlil qilish o`quvchilarda juda katta qiziqish uyg`otadi.
Bitiruv malaka ishida maktabda Abdulla Qahhor ijodini, xususan, hikoyalarini o`rganish metodikasiga oid fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Bitiruv ishi kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan.

Download 35.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling