Ijtimoiy fanlar fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi


Download 17.4 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi17.4 Kb.
#1537740
Bog'liq
APB QadamnazarovaX 4-amaliy mashg\'ulot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI

UMUMIY PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
60310903-PSIXOLOGIYA (AMALIY PSIXOLOGIYA) TA’LIM YO’NALISHI

UMUMIY PSIXODIAGNOSTIKA FANI

4-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: SHAXSNI PSIXODIAGNOSTIK BAHOLASH

BAJARDI: QADAMNAZAROVA XOLISA
QABUL QILDI: AZIZA HAMIDOVA
REJA:

  1. Shaxs nazariyalari.

  2. Shaxsning psixologik tuzilishi.

  3. Shaxs psixodiagnostikasida qo’llaniladigan metodikalar tavsifi.


Shaxs - ijtimoiy va shaxslararo munosabatlaming mahsuli, ongli
faoliyatning subyekti bo‘lmish individdir.
Shaxs o‘zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo‘lgan, o‘z e’tiqodi, qarash, munosabatlari, baholariga ega bo‘lgan subyekt. Shaxs jamiyatda ma’lum holatni egallovchi, muayyan ijtimoiy rolni bajaruvchi ongli individ. Shaxsga taalluqli boigan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo’lishlikdir.
Quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanuvchi insonni shaxs deb
atash mumkin:
Ijtimoiy mavjudot bo’lish;
Ong va o‘z-o‘zini anglashga ega bo’lish;
O’zini aktiv faoliyatda namoyon qilish.

Psixologiyada shaxs tushunchasi bilan bir qatorda inson,
individ,individuallik tushunchalari farqlanadi.
Inson tushunchasi barcha odamlarga xos bo’lgan insoniy
xususiyatlar majmuyini o‘z ichiga oladi. Bunda konkret insonda
ushbu xususiyatlar bor yoki yoqligi ahamiyatga ega emas.
Individ - biologik, jismoniy, ijtimoiy, psixologik xususiyatlarga ega bo’lgan alohida olingan inson.
Individ tushunchasiga insonni boshqalardan ajratib turuvchi
xususiyatlar bilan bir qatorda barcha insonlarga xos bo’lgan
sifatlarni ham kiritish mumkin.
Individuallik - insonni boshqalardan ajratib turuvchi
individlik va shaxslilik sifatlarini o‘z ichiga oladi.

K.K.Platonov bo’yicha shaxs tuzilishi:
4ta komponent
1-komponent. Shaxsning yo’nalishi.
2-komponent. Bilim, malaka, ko’nikma va odatlar.
3-komponent. Alohida psixik jarayonlarning individual xususiyatlari.
4-komponent. Shaxsning tipologik xususiyatlari.

Shaxs ko‘p qirrali tushuncha bo‘lgani sababli, uni ta’riflash
hamda diagnostika qilish ham juda murakkab. Shaxs to‘g‘risida
ma’lumot olish bo‘yicha psixodiagnostikada bir qator munosabat va mulohazalar mavjud bo‘lib, ularga ko‘ra turli usullar farqlanadi.

Shaxs psixodiagnostikasida qo’llaniladigan metodikalarni 2 ta
katta guruhga ajratish mumkin:
1 .So‘rovnomalar.
2.Proyektiv metodikalar.

Shaxs so‘rovnomalari - bu shaxsning alohida xususiyatlarini
aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladigan metodik vositalar
majmuidir. Ushbu metodning nazariy asosi - introspeksionizm
hisoblanadi.
So‘rovnoma metodi birinchi bo‘Iib F.Galton tomonidan shaxs
sifatlarini emas, balki insonning bilish sohasini baholash uchun
qo’llanilgan (ko'rish idroki, aqliy obraz)

Proyektiv texnikalar- ushbu metodikalar asosi so’zli assotsiatsiyalar metodi hisoblanadi. So’zli assotsiatsiyalar metodi F.Galton nomi bilan bog’langan. Assotsianizmdan tashqari bu metodlarning asosi psixoanalizga borib taqaladi.
Psixoanalizning asosiy tushunchasi ongsizlikdir. Dastavval, bu
tushuncha shaxsning yashirin harakatlantiruvchi kuchi, organizmning yashirin tubidan harakat qiluvchi motiv deb qaralgan. Aql ongsizlikka nisbatan yashirin mexanizm bo‘lib xizmat qiladi.
Ongsizlik sohasiga kirish, undagi yashirin tendensiyalami
tushunish uchun eksperiment davomida ongni o‘ziga xos topshiriqlarni hal qilishga qaratish Iozim bo’lgan. Bu esa shaxsda ongsizlikni ixtiyorsiz tarzda namoyon qilish imkonini yaratgan. Aynan mana shunday topshiriqlar proyektiv metodikalarga kiritilgan.
Shaxsning yetukligi darajasini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlaridan biri - mas’uliyatdir. Shaxsning muhim xususiyati birovlarga bog’liq bo’lmasligi, mustaqillik va o‘z maqsadlariga erishishda
insonning faolligi, bo’layotgan voqealarga nisbatan shaxsiy
javobgarlik hissining rivojlanishidir.
Download 17.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling